13.12.2012 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 13.12.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud amaliyotida jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllash bilan bogʻliq masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda sudlar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan xatolarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning eʼtibori har bir jinoyat ishi boʻyicha ashyoviy dalillarga oid jinoyat-protsessual qonuni normalariga qatʼiy rioya etilishi zarurligiga qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 203 va 211-moddalari mazmuniga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashga xizmat qilishi mumkin boʻlgan hamda fizikaviy alomatlar yoki belgilarga ega har qanday narsa ashyoviy dalil deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalil sifatida, jumladan, quyidagilar eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jinoyat qurollari-jinoyatga tayyorgarlik koʻrish yoki jinoyat sodir etish uchun maxsus moʻljallangan, tayyorlangan yoki moslashtirilgan narsalar yoxud bevosita jinoyat sodir etish jarayonida jinoiy maqsadga erishish uchun foydalanilgan narsalar (masalan, odam oʻldirish qurollari, qimmatliklarni talon-toroj qilish yoki egallashda vosita boʻlgan narsalar, oʻqotar qurol, brakonyerlik qurollari-qopqonlar, toʻrlar, soxta hujjat va h. k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻzida jinoyat izlarini saqlab qolgan narsalar (masalan, qon izlari mavjud kiyim, narsalar yoki jinoyat sodir etilishi jarayonida yirtilgan kiyim, narsalar, oʻq otilishi yoki portlash natijasida shikastlangan narsalar, qoʻlning, transportning, buzish qurollarining izlari va h. k.);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jinoiy harakatlar obyekti boʻlgan narsalar (masalan, olib qochilgan avtomobil, talon-toroj qilingan pullar, qimmatli qogʻozlar, qurol, giyohvandlik vositalari, boshqa moddiy qimmatliklar, buyumlar va h. k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻlar evaziga topilgan mol-mulk, pullar va boshqa qimmatliklar (masalan, oʻgʻirlangan pullarga sotib olingan qimmatbaho buyumlar, jinoiy faoliyat natijasida, jumladan, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik bilan shugʻullanishdan topilgan naqd pullar, nodir metallar va toshlardan iborat xom ashyo va buyumlar, boshqa qimmatliklar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shuni nazarda tutish lozimki, ashyoviy dalillarni olish usullari qonunda qatʼiy belgilangan. JPK 205-moddasiga koʻra, ashyoviy dalillar surishtiruvchi, tergovchi tomonidan (hodisa sodir boʻlgan joyni, binoni koʻzdan kechirish, tanib olish uchun koʻrsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, koʻrsatuvni hodisa sodir boʻlgan joyda tekshirish, olib qoʻyish, tintuv yoki eksperiment oʻtkazish paytida) olinishi yoinki surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga JPK 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda himoyachi yoxud boshqa shaxslar, (fuqarolar, korxona, muassasa, tashkilotlar mansabdor shaxslari) tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushuntirilsinki, surishtiruv, tergov harakatlarini yuritish paytida topilgan, olingan yoki boshqa shaxslardan qabul qilingan narsalar faqat quyidagi protsessual harakatlar amalga oshirilganidan keyin ashyoviy dalil maʼnosini kasb etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish uchun ahamiyatli boʻlgan narsani topish, olish yoki qabul qilish fakti rasmiylashtirilganidan (bayonnoma tuzilganidan yoki sud bayonnomasida aks ettirilganidan);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narsaning ishga daxldorligi toʻgʻrisida xulosaga kelish va uni individuallashtirish uchun zarur belgilarni aniqlash maqsadida uni JPK 135 — 137, 139 va 140-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga binoan darhol koʻzdan kechirilganidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narsani ashyoviy dalil deb eʼtirof etish toʻgʻrisida qaror (ajrim) chiqarilganidan va u ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilganidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv yoki dastlabki tergov organlari tomonidan belgilangan tartibda olib qoʻyilgan hamda ish boʻyicha haqiqatni aniqlash uchun ahamiyatli boʻlgan, biroq ashyoviy dalil deb topilmagan narsalar prokuror yoki sud tomonidan JPK 207-moddasiga muvofiq ashyoviy dalil deb eʼtirof etilishi va jinoyat ishiga qoʻshib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ashyoviy dalillarning jinoyat ishini toʻgʻri hal etish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, prokuror, sud ashyoviy dalillarning yoʻqotilishi, shikastlanishi, buzilishi, bir-biriga qoʻshilib yoki aralashib ketishining oldini olish yuzasidan JPK 208, 209-moddalarida nazarda tutilgan choralarni koʻrishga majburdirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2009-yil 15-iyulda 200-son bilan tasdiqlangan “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 29-dekabrda 2174-son bilan roʻyxatga olingan “Surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi davomida ashyoviy dalillar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulkni olib qoʻyish (qabul qilish), hisobga olish, saqlash, berish, sotish, qaytarish, yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ham qatʼiy rioya etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ashyoviy dalillar hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yoki jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi ajrim yoki qaror ustidan shikoyat berish muddati oʻtgunga qadar saqlanadi. Shu bilan birga, JPK 210-moddasi birinchi qismi talabiga koʻra, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud zarur protsessual harakatlar amalga oshirilgandan soʻng ayrim ashyoviy dalillarni, jumladan, tez buziluvchi narsalar, kundalik roʻzgʻorda zarur boʻladigan narsalar, uy hayvonlari, parrandalar va boqish lozim boʻlgan boshqa hayvonlarni tegishliligi boʻyicha darhol qaytarib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart (mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlarning eʼtibori ashyoviy dalillarni sinchkovlik bilan tekshirish ish boʻyicha haqiqiy holatlarni aniqlash uchun oʻta muhim ahamiyatga ega ekanligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillar sud majlisida ish boʻyicha boshqa dalillar bilan bir qatorda koʻzdan kechirish yoʻli bilan tekshirilishi lozim. Ashyoviy dalillar protsess ishtirokchilariga koʻrsatilganda, ular ashyoviy dalillarni tekshirish bilan bogʻliq u yoki bu holatlarga sudning eʼtiborini jalb etishlari mumkin. Ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish boʻyicha sud amalga oshirgan barcha harakatlar sud majlisi bayonnomasida aks ettirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ashyoviy dalillar ish boʻyicha boshqa dalillar bilan birgalikda, eng avvalo, ularni olish holatlari va tekshirish natijalari qayd etilgan hujjatlar bilan birga baholanishi lozim. Masalan, oʻgʻirlangan buyum uni ayblanuvchidan yoki boshqa shaxsdan olib qoʻyish qayd etilgan bayonnoma, buyumning jabrlanuvchiga tegishliligini tasdiqlagan shaxslarni soʻroq qilish bayonnomasi yoxud mazkur buyum jabrlanuvchi tomonidan tanib olinganligi toʻgʻrisidagi bayonnoma bilan birgalikda dalil hisoblanadi. Shu kabi, barmoq yoki oyoq kiyimi izi faqat uni tekshirish natijalari qayd etilgan ekspert xulosasi bilan birgalikda dalil kuchiga ega va h. k.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ashyoviy dalillarni baholashda sudlar JPK 95-moddasida nazarda tutilgan talablarga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 24-sentabrdagi “Dalillar maqbulligiga oid jinoyat protsessual qonuni normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga rioya etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jinoyat-protsessual kodeksi 211-moddasiga muvofiq jinoyat ishini yuritish tamom boʻlganda (ishni tugatish yoki ish boʻyicha hukm chiqarishda) surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud ashyoviy dalil sifatida ishga qoʻshib qoʻyilgan narsalar va hujjatlarning taqdirini belgilashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra, ashyoviy dalillarga oid masala quyidagi qoidalarga rioya etilgan holda hal etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat qurollari, kimga tegishliligidan qatʼiy nazar, musodara qilinishi kerak va tegishli muassasalarga topshiriladi yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomaladan chiqarilgan ashyolar (masalan, giyohvandlik vositalari, qurol, portlovchi yoki psixotrop moddalar) tegishli muassasalarga berilishi lozim yoki yoʻq qilib yuboriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hech qanday qimmatga ega boʻlmagan ashyolar yoʻq qilib yuboriladi, manfaatdor shaxslar yoki muassasalar iltimos qilgan hollarda esa, ularga berilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat yoki boshqa gʻayrihuquqiy harakatlar sodir qilinishi natijasida qonuniy egasi va mulkdoridan mahrum boʻlib qolgan pullar yoki boshqa qimmatliklar qonuniy egalariga, mulkdorlariga yoki ularning huquqiy vorislariga, shuningdek, merosxoʻrlariga qaytarib berilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin jinoyat yoʻli bilan topilgan mablagʻlar hisobidan orttirilgan pullar va boshqa qimmatliklar sudning hukmiga binoan jinoyat natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplashga oʻtkaziladi, mulkiy zarar mavjud boʻlmagan yoki toʻliq qoplangan hollarda, davlat foydasiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy dalil deb eʼtirof etilgan hujjatlar, audio-video yozuvlar ishni saqlash butkul muddati davomida asrab turiladi yoki manfaatdor shaxslarga yoxud muassasalarga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov yuritilishi davrida olib qoʻyilgan yoki xatlangan, biroq ashyoviy dalil deb eʼtirof etilmagan va ishga aloqador boʻlmagan narsalar surishtiruv, dastlabki tergov organi yoki sud tomonidan tegishliligi boʻyicha qaytarilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, baʼzi hollarda ayrim qilmishlar, masalan, kontrabanda, tovar yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda tashish, odam oʻgʻirlash va h.k. uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar jinoyat sodir etishda foydalangan avtomashinalar, mototsikllar va boshqa transport vositalari jinoyat quroli deb eʼtirof etilishi mumkin. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, ushbu transport vositalarini jinoyat quroli deb eʼtirof etish uchun transport vositasidan, faqat ulov sifatida emas (masalan, aybdor tomonidan qonunga xilof ravishda baliqchilik jinoyati qarmoqlar va toʻrlardan foydalanilgan holda sodir etilgan boʻlib, avtomobildan faqat ulov sifatida foydalanilgan boʻlsa), balki, qasddan jinoyat sodir etishda aynan qurol sifatida foydalanilganligi soʻzsiz aniqlangan boʻlishi zarur (masalan, talon-toroj jinoyatini sodir etishda oʻgʻirlangan katta hajmdagi tovarlar avtomobilda olib chiqib ketilgan boʻlsa).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jinoyat ishlarini koʻrish vaqtida sudlar surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan ashyoviy dalillarga oid qonunchilikka rioya etilganligini aniqlashlari lozim. Protsessual qonunchilik normalari buzilishi aniqlangan hollarda, sudlar unga jinoyat ishini yuritishga masʼul davlat organlari mansabdor shaxslariga nisbatan xususiy ajrim chiqarish orqali munosabat bildirishlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllash boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud sudyasi, Plenum kotibi A. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 13-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son