20.07.2011 yildagi 05-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan meros huquqiga oid qonunchilikning qoʻllash amaliyoti sudlar vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni asosan toʻgʻri hal etishayotganliklarini koʻrsatadi. Shu bilan birga, sudlar faoliyatida mazkur qonunchilikni qoʻllashda xatoliklar ham mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros huquqiga oid qonunchilikning sudlar tomonidan toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, vorislik munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarning oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etilishi mulk daxlsizligi va meros huquqi qoʻriqlanishiga doir konstitutsiyaviy kafolatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi) taʼminlanishining oʻta muhim vositasi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi 257-I sonli Qaroriga muvofiq Fuqarolik kodeksi 1112 — 1157-moddalari qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan boʻlib, biroq 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi boʻyicha davlat yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan biri tomonidan qabul qilib olingan yoki davlatning yoxud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkiga oʻtkazilgan hollarda kelib chiqqan nizolar 1963-yilgi Fuqarolik kodeksi normalariga muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli boʻlgan koʻchar va koʻchmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning oʻlimidan keyin ham bekor boʻlmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga boʻlgan huquq, dehqon xoʻjaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (“Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 4-moddasi), yer uchastkasini ijaraga olish huquqi (“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasi) va h.k. lar kiradi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga koʻra (FK 1113-moddasi ikkinchi qismi), meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan quyidagi huquq va majburiyatlar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga aʼzolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari asosida pensiya, nafaqa va boshqa toʻlovlar olish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy huquqlar bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar (FK sakkizinchi bobi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Meros tarkibiga faqat meros qoldiruvchiga qonuniy asoslarda tegishli boʻlgan mulk kirishi tufayli, oʻzboshimchalik bilan qurilgan yoki tegishli tarzda rasmiylashtirilmagan imoratlar meros tarkibiga faqat marhumning mazkur imoratlarga nisbatan mulk huquqi belgilangan tartibda eʼtirof etilgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchi tomonidan tuzilgan oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va shu kabi bitimlar uning oʻlimidan soʻng haqiqiy emas deb topilganda, qaytarilgan mulk ham meros tarkibiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi umumiy mulk ishtirokchisi vafot etgan taqdirda meros uning hissasiga toʻgʻri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan, mol-mulkni natura holida boʻlishning iloji boʻlmaganda esa, bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga muvofiq vorislik vasiyat va qonun boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyat va qonun boʻyicha vorislar sifatida, jumladan, meros ochilgan paytda hayot boʻlgan shaxslar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotligi paytida homila holida boʻlib, meros ochilgandan soʻng tirik tugʻilgan bolalari boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolik kodeksi 1119-moddasining birinchi qismiga koʻra, noloyiq merosxoʻr deb topilishi mumkin boʻlgan shaxslarning vorisligiga oid nizolarni koʻrishda shuni nazarda tutish lozimki, ularning qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangan, vorislikka chaqirilishga imkon yaratgan qonunga xilof harakatlari, faqat bu harakatlar qasddan sodir etilgandagina merosdan mahrum etish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan jinoyati uchun sudlangan shaxsga nisbatan FK 1119-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan qoida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻr faqat sudning hal qiluv qaroriga koʻra va faqat merosdan chetlatish oʻzi uchun vorislik bilan bogʻliq mulkiy oqibatlar tugʻdiradigan shaxsning daʼvosi boʻyicha noloyiq deb topilishi va merosdan chetlatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vasiyatnoma haqiqiy emas deb topilgan hollarda, unda merosxoʻr tariqasida koʻrsatilgan, biroq tegishli navbatdagi qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiradigan shaxs umumiy asoslarda qonun boʻyicha vorislik huquqidan mahrum etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday hollarda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan vasiyatnomaga koʻra merosdan mahrum etilgan qonun boʻyicha merosxoʻr ham umumiy asoslarda vorislik huquqiga ega boʻladi (FK 1130-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlarga tushuntirilsinki, vasiyatnoma qonunda belgilangan tartibda tuzilgan va vasiyat qiluvchining vafotidan soʻng muayyan oqibatlar kelib chiqishini nazarda tutuvchi bir tomonlama bitim hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunga binoan vasiyat qiluvchi oʻz mulkini toʻliq yoki qisman har qanday shaxs yoxud bir necha shaxsga, shuningdek yuridik shaxslarga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoxud davlatga vasiyat qilishi, yoinki bir, bir necha yoki barcha qonun boʻyicha merosxoʻrlarni merosdan mahrum qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiyatnomani haqiqiy emas deb topishga oid daʼvolarni koʻrishda, sudlar Fuqarolik kodeksining bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun asoslarni nazarda tutuvchi normalariga amal qilishlari lozim (FK 113 — 128-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Meros qoldiruvchi tomonidan zimmasiga biror bir majburiyat bajarilishi yuklatilgan vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻr va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi oʻrtasidagi nizolarni koʻrishda, sudlar FK 1132-moddasi talablariga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda shuni nazarda tutish lozimki, merosxoʻrning meros mulkidan foydalanishga boʻlgan ehtiyoji (masalan, turar joyga nisbatan shaxsiy ehtiyoji), shuningdek mulk huquqining merosxoʻrdan boshqa shaxsga oʻtishi, bunday oʻtish asoslaridan (sotish, hadya, ayirboshlash va h.k.) qatʼi nazar, vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi huquqlariga taʼsir etmaydi, chunki bunday huquqlar hajmi meros qoldiruvchi tomonidan vasiyatnomani tuzish paytida belgilanib, uning merosxoʻrlari tomonidan oʻzgartirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, vasiyatnoma va uning asosida berilgan merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma faqat sudning hal qiluv qarori bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday talablar boʻyicha sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlanishiga, u qonunga zid boʻlishi tufayli (FPK 169-moddasining birinchi qismi) yoʻl qoʻyilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolik kodeksi 1112-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq qonun boʻyicha vorislik faqat vasiyatnoma mavjud boʻlmagan yoki meros taqdirini toʻla belgilamagan, shuningdek Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun boʻyicha merosxoʻrlarga FK 1135 — 1141-moddalarida koʻrsatilgan va navbat tartibida vorislikka chaqiriladigan shaxslar kiradi. Qonunda (FK 1138-moddasi) toʻrtinchi navbatda vorislikka chaqiriluvchi shaxslar doirasi aniq koʻrsatilmaganligi sababli, sudlar toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi darajadagi qarindoshlarga kiruvchi merosxoʻrlarni aniqlashda Oila kodeksi 57-moddasiga rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FK 1142-moddasiga muvofiq vasiyat qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz (shu jumladan, farzandlikka olingan) bolalari, uning mehnatga qobiliyatsiz eri(xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) ham qonun boʻyicha merosxoʻr boʻladilar. Bu oʻrinda shuni nazarda tutish lozimki, taqdim qilish huquqi boʻyicha merosxoʻrlar, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, ikkinchi va undan keyingi navbatdagi vorislar majburiy ulush olish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tushuntirilsinki, majburiy ulush miqdori qonunda belgilanganligi sababli vasiyat qiluvchi merosxoʻrlarning bu ulushga nisbatan huquqlarini oʻzgartirishga yoki boshqacha tarzda unga taʼsir etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy ulush belgilashda qonun boʻyicha vorislikka chaqirilishi mumkin boʻlgan barcha merosxoʻrlar inobatga olinishi va meros tarkibiga kiruvchi barcha mol-mulkdan kelib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosxoʻrga majburiy ulush tayinlashda u meros tariqasida biron-bir asosga koʻra olayotgan barcha narsa, shu jumladan oddiy uy jihozlari va roʻzgʻor buyumlaridan iborat mol-mulkning qiymati ham, bunday merosxoʻr foydasiga qilingan vasiyat majburiyatining qiymati ham inobatga olinadi (FK 1142-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, quyidagi hollarda ham qonun boʻyicha vorislik mavjud boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik (FK 1140-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros transmissiyasi tartibida vorislik (FK 11401-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari tomonidan vorislik (FK 1141-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Taqdim qilish huquqi boʻyicha vorislik qonun boʻyicha merosxoʻr meros ochilgunga qadar vafot etgan taqdirda, unga tegishli ulush uning avlodlariga oʻtishini nazarda tutadi. Bunda ulush taqdim qilinayotgan qonun boʻyicha merosxoʻr bilan birdek darajada qarindosh boʻlgan avlodlar oʻrtasida teng taqsimlanadi. Masalan, agar oʻgʻil (qiz) otasi yoki onasidan oldin vafot etgan boʻlsa, uning bolalari bobosi yoki buvisining vafotidan soʻng qolgan merosga nisbatan taqdim qilish huquqi boʻyicha merosxoʻr boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun boʻyicha marhum merosxoʻrning eri(xotini) taqdim qilish huquqi boʻyicha voris boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Meros transmissiyasi tartibida vorislik vasiyatnoma yoki qonun boʻyicha vorislikka chaqirilgan merosxoʻr (transmittent) meros ochilganidan keyin, lekin uni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etgan hollarda amalga oshiriladi. Bunday hollarda unga tegishi kerak boʻlgan merosni qabul qilib olish huquqi uning qonun boʻyicha merosxoʻrlariga, agar barcha meros mol-mulk vasiyat qilingan boʻlsa, uning vasiyat boʻyicha merosxoʻrlariga (transmissarlariga) oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros transmissiyasi quyidagi shartlarda vujudga keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan paytda vorislik huquqiga ega boʻlgan vasiyat yoki qonun boʻyicha merosxoʻrning borligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiyat yoki qonun boʻyicha merosxoʻr merosni qabul qilib olishga ulgurmasdan vafot etganligi sababli uning merosdagi ulushi taqdirini hal qilish zarurati paydo boʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan merosxoʻr uning merosxoʻrlari bilan almashtirilishi mumkinligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolik kodeksi 1141-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni qonun boʻyicha merosxoʻr deb topish uchun bir vaqtning oʻzida ikki holatning mavjud boʻlishi, yaʼni bunday shaxslarning bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlishi va meros qoldiruvchi bilan uning vafotiga qadar bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida birga yashagan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi navbatdagi qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasiga kiruvchi mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga kelganda esa, ular vorislikka chaqirilishi uchun faqat ularning meros qoldiruvchi vafotiga qadar uning qaramogʻida bir yildan kam boʻlmagan muddat ichida boʻlganligini aniqlashning oʻzi kifoya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchining qaramogʻida bir yildan kam muddat ichida boʻlgan va u bilan bir yildan kam muddat ichida birga yashagan yoki u bilan birga yashamagan mehnatga qobiliyatsiz shaxslar FK 1139-moddasiga muvofiq beshinchi navbatda vorislikka chaqiriladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi qoidalariga koʻra, vorislik amalga oshirilganda, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan kunga kelib 55 yoshga kirgan ayollar, 60 yoshga kirgan erkaklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan kunga kelib belgilangan tartibda birinchi yoki ikkinchi guruh nogironlari deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros ochilgan kunga kelib 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar, 18 yoshga toʻlmagan oʻquvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatga qobiliyatsiz shaxsni meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlgan deb topish uchun bunday shaxs meros qoldiruvchining toʻliq taʼminotida boʻlganligi yoki undan olib turilgan moddiy yordam uning hayot kechirishi uchun asosiy va doimiy manba boʻlganligi fakti aniqlanishi lozim. Meros qoldiruvchining qaramogʻida boʻlganlik fakti fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, ish (xizmat) joyi maʼmuriyati, ijtimoiy taʼminot boʻlimi tomonidan berilgan hujjatlar, shuningdek guvohlarning koʻrsatuvlari bilan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma, vorislik vasiyat yoki qonun boʻyicha ekanligidan qatʼi nazar, meros ochilgan kundan boshlab olti oy oʻtgandan soʻng meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi, FK 1146-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnomani olish merosxoʻrning majburiyati emas, balki huquqi boʻlganligi sababli, qonunda merosxoʻr bunday guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilishi shart boʻlgan muddat belgilanmagan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notariusning merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berishni rad etishi ustidan merosxoʻr tomonidan sudga shikoyat berilishi mumkin boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ish ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksida belgilangan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar notarius tomonidan rad etilishi boshqa shaxsga merosga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi guvohnoma berilganligi yoki meros mulki FK 1157-moddasiga asosan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki davlatga oʻtkazilganligi bilan bogʻliq boʻlsa, ariza daʼvo ishi yuritish tartibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vasiyat va qonun boʻyicha vorislikda merosxoʻr meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish yoʻli bilan merosdan voz kechishga haqli. Qonunda meros ochilgandan keyin bunday ariza bilan murojaat qilish mumkin boʻlgan vaqt chegaralanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosning bir qismidan voz kechilishiga, merosdan izohotlar yoki shart bilan voz kechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, FK 1148-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Merosdan voz kechish toʻgʻrisida ariza bergan merosxoʻr keyinchalik uni bekor qilishi yoki qaytarib olishi mumkin emas. Bunday voz kechish faqat sudning hal qiluv qarori bilan va qonunda bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun belgilangan asoslarga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin (FK 113 — 128-moddalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Fuqarolik kodeksi 1150-moddasiga muvofiq, merosxoʻrlar oʻrtasida merosni taqsimlash, undan ulush ajratish toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan taqdirda, taqsimot ulardan istalgan birining talabi boʻyicha sud tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday nizolarni hal etishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, meros ochilgunga qadar uch yil mobaynida meros qoldiruvchi bilan birgalikda yashagan merosxoʻrlar meros tarkibidan uy-joy, kvartira yoki boshqa turar joyni, shuningdek uy-joy ashyolari va roʻzgʻor buyumlarini olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar (FK 1153-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros qoldiruvchi bilan umumiy mulk huquqiga ega boʻlgan merosxoʻrlar ham meros tarkibidan mol-mulkni asl holida (natura shaklida) olishda imtiyozli huquqdan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli huquqlar amalga oshirilganda meros taqsimotida ishtirok etayotgan boshqa merosxoʻrlarning mulkiy manfaatlariga rioya etilishi shart. Agar mazkur huquqlarni amalga oshirish natijasida merosni tashkil qiluvchi mol-mulk boshqa merosxoʻrlarga tegishli ulushlarni berish uchun yetarli boʻlmasa, imtiyozli huquqni amalga oshirayotgan merosxoʻr ularga tegishli pul yoki mol-mulk tovonini toʻlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Merosxoʻrlar oʻrtasida vorislik huquqini belgilash bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, sud qonun talabidan kelib chiqqan holda har bir merosxoʻrning ulushini belgilashi lozim boʻlganligi sababli, ish boʻyicha hal qiluv qarorida mazkur ulushlar foiz koʻrinishida emas, balki kasr koʻrinishida (masalan, 1/4, 1/3, 1/2 va h.k.) ifodalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qonun boʻyicha ham, vasiyatnoma boʻyicha ham merosxoʻrlar boʻlmagan yoki merosxoʻrlardan hech qaysisi vorislik huquqiga ega boʻlmagan yoxud ularning hammasi merosdan voz kechgan hollarda meros mol-mulk sudning hal qiluv qaroriga asosan egasiz deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros mol-mulk meros ochilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin, egasiz deb topiladi, uni qoʻriqlash va boshqarish bilan bogʻliq xarajatlar uning qiymatidan oshib ketgan hollarda ushbu muddat oʻtishidan oldin ham egasiz deb topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros mol-mulkni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi ariza mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi talabiga koʻra, FPK 327 — 330-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha alohida ish yuritish tartibida koʻriladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Egasiz mol-mulk u turgan joydagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mulkdorligiga, mazkur organ mol-mulkdan voz kechganda esa, davlat mulkdorligiga oʻtadi. Bunday ishlar yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarorining xulosa qismi egasiz mol-mulk tarkibi va u kimning mulkdorligiga oʻtishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meros mol-mulkni egasiz deb topish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori ustidan marhumning merosxoʻri tomonidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudlar vorislikka oid ishlarni koʻrishda merosni rasmiylashtirish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonunchilik buzilishi faktlariga nisbatan xususiy ajrim (FPK 275-moddasi) chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari, shuningdek fuqarolar va yuridik shaxslar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar koʻrishlari kerak.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 22-dekabrdagi “Meros huquqiga oid qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 33-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
05-son