29.10.2010 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.05.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga koʻra har bir insonga uning huquq va erkinliklari, shu jumladan jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka boʻlgan huquqi himoyasi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nomusga tegish deganda (JK 118-moddasi), ayol jinsidagi shaxs bilan uning erkiga qarshi yoki erkidan tashqari zoʻrlik ishlatib, qoʻrqitib (bundan buyon matnda-tahdid etib) yoxud jabrlanuvchining ojizligidan foydalanib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilish tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oʻsha holatlarda aybdorning harakatlari jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan boʻlsa, qilmish JK 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak. Bunda qonunning mazkur moddasi bilan jinoiy javobgarlik bunday harakatlar ayol jinsidagi shaxsga nisbatan ham, erkak jinsidagi shaxsga nisbatan ham sodir etilganda kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishda zoʻrlik ishlatish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengishga qaratilgan harakatlarni sodir etish, masalan, zarbalar berish, nafas yoʻllarini siqish, oyoqlari, qoʻllarini ushlab turish, kiyimlarini yirtish va h.k.lar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazilishi tegishlicha JK 118-moddasi yoki 119-moddasi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va JK 105, 109-moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. Agar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchiga ogʻir shikast yetkazilsa, aybdorning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi va JK 104-moddasining tegishli qismi majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tahdid etish deganda jabrlanuvchining qarshiligini yengish maqsadida uni jismoniy zoʻrlik ishlatish niyati aniqligini ifodalovchi harakatlar yoki soʻzlar bilan qoʻrqitish tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahdid etish, jumladan oʻldirish bilan tahdid etish nomusga tegish, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish paytida jabrlanuvchining qarshiligini yengish usullaridan biri ekanligi sababli, aybdorning harakatlari JK 112-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, zoʻrlik, tahdid barcha hollarda jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishdan oldin sodir etilgan boʻlishi kerak va nafaqat jabrlanuvchiga, balki uning yaqin qarindoshlariga hamda jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan masʼuliyat mavjud shaxslarga nisbatan (masalan, oʻqituvchi — oʻquvchilarga, tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga va h.k.larga nisbatan) ham qoʻllanilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda, agar oʻldirish, zoʻrlik ishlatish yoki mol-mulkni yoqib yuborish, portlatish yoki boshqa atrofdagilar uchun xavfli usulda nobud qilish bilan tahdid etish nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati sodir etilgandan keyin, masalan, jabrlanuvchini qoʻrqitish va voqea oshkora boʻlishining oldini olish maqsadida bildirilgan boʻlib, bunday tahdid amalga oshirilishidan xavfsirashga doir yetarli asoslar mavjud boʻlsa, qilmish Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ojiz ahvol deganda, jabrlanuvchining shunday ahvoli tushunilishi kerakki, bunday paytda u oʻzining fiziologik, jismoniy yoki ruhiy holati (jismoniy nuqsoni, ruhiyati buzilganligi, juda yoshligi yoki keksaligi, qattiq ogʻriq yoki behushlik holati, alkogol, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalar taʼsirida oʻta mastlik holati)ga koʻra oʻzini oʻzi himoya qilish, aybdorga faol qarshilik koʻrsatish yoki oʻziga nisbatan sodir etilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini tushunish yoki oʻz harakatlarini boshqarish imkoniyatiga ega boʻlmaydi. Bunda aybdor jabrlanuvchi ojiz ahvolda ekanligini anglagan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ojiz ahvol sifatida, jumladan alkogolli ichimliklar, narkotik vositalar yoki psixotrop moddalar taʼsirida kelib chiqqan shunday darajadagi mastlik holati tan olinishi mumkinki, bunda jabrlanuvchi atrof-vaziyatni anglay olmagan va bu holat uni aybdorga qarshilik koʻrsatish imkoniyatidan mahrum qilgan boʻladi. Ish boʻyicha jabrlanuvchi bunday holatga aybdor tomonidan tushirilganligi (masalan, spirtli ichimliklar ichirgan, narkotik, uyqudori bergan va h.k.) yoki aybdorning harakatlariga bogʻliq boʻlmagan tarzda ojiz ahvolda boʻlganligi ahamiyat kasb etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchini ojiz ahvolga solish uchun aybdor tomonidan narkotik vositalar, psixotrop, kuchli taʼsir etuvchi, zaharli yoki odamning aql-idrokiga taʼsir etuvchi boshqa moddalar qoʻllanilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda, ularning xususiyati va inson organizmiga taʼsiri darajasi ekspertiza tayinlash, mutaxassislarni soʻroq qilish yoʻli bilan aniqlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra, aybdor tomonidan tayyorlanishi, qayta ishlanishi, olinishi, saqlanishi, tashilishi, joʻnatilishi yoki oʻtkazilishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan vositalar yoki moddalardan foydalanilganligi aniqlansa, uning harakatlari Jinoyat kodeksining qayd etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari va JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblarini JK 128-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibidan farqlashlari, bunda JK 128-moddasi boʻyicha jinoiy javobgarlik oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish zoʻrlik yoki tahdid qoʻllamagan holda amalga oshirilayotgan harakatlar xususiyati va mohiyatini anglagan jabrlanuvchining roziligi bilan sodir etilgan holdagina kelib chiqishini eʼtiborga olishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati tegishli jinoyat tarkibining obyektiv tomoni sifatida nazarda tutilgan jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan harakatlar boshlangan paytdan, ular tugatilganligidan va kelib chiqqan oqibatlardan qatʼiy nazar, tamom boʻlgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning harakatlarida tamom boʻlgan jinoyat tarkibi yoki faqat jinoyatga suiqasd qilish alomatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi masalani hal etishda, sudlar shaxs nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish maqsadida harakat qilgan-qilmaganligini, qoʻllanilgan zoʻrlik aybdorga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra amalga oshirilmay qolgan bunday maqsadga erishish vositasi boʻlgan-boʻlmaganligini aniqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zoʻrlik, tahdid qoʻllamagan yoki jabrlanuvchining ojiz ahvolidan foydalanmagan holda shilqimlik, aldash yoʻli bilan yoki shunga oʻxshash boshqa usul bilan jabrlanuvchini jinsiy aloqa qilishga yoki jinsiy ehtiyojini gʻayritabiiy usulda qondirishga koʻndirgan shaxsning harakatlari JK 118-moddasi yoki 119-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga suiqasdni shaxsning jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishidan (JK 26-moddasi) farqlashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxs jinoiy harakatlarini oxiriga yetkazishga imkoniyati boʻla turib, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishdan ixtiyoriy ravishda va uzil-kesil voz kechgan boʻlsa, qilmish voz kechish sabablaridan qatʼi nazar, u haqiqatda sodir etgan harakatlar boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi, basharti ularda boshqa jinoyat tarkibi (masalan, bezorilik, badanga shikast yetkazish, mulkni nobud qilish yoki unga zarar yetkazish va h.k.) mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agar shaxs nomusga tegish vaqtida birin-ketin bir necha marta jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojini gʻayritabiiy usulda qondirgan boʻlsa va ish holatlari aybdorda muayyan bir shaxsga nisbatan mazkur aynan oʻxshash harakatlarni sodir etishga nisbatan yagona qasd mavjudligidan dalolat bersa, qilmish JK 118-moddasi yoki 119-moddasining tegishli qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan bitta davomli jinoyat sifatida koʻrilishi lozim. Shunga oʻxshash bir necha shaxsga nisbatan sodir etilganda takroran jinoyat belgisi mavjud boʻladi (JK 32-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki va undan ortiq marta nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyoj gʻayritabiiy usulda qondirish sodir etilgan boʻlib, buning uchun Jinoyat kodeksining 118-moddasi yoki 119-moddasining turli qismlarida jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek bir holda bunday jinoyatlarga suiqasd, yoki ularda ishtirokchilik, boshqa holda esa, tugatilgan jinoyat sodir etilgan boʻlsa, aybdorning harakatlari mazkur jinoyatlarning har biri boʻyicha mustaqil kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar aybdorning qasdi bilan aynan bir jabrlanuvchiga nisbatan ham nomusga tegish, ham jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etish (turli ketma-ketlikda) qamrab olingan boʻlsa, ularni sodir etishda vaqt jihatdan uzilish boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, qilmish JK 118-moddasi va 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui sifatida baholanmogʻi lozim. Bunday harakatlarni ilgari shunga oʻxshash jinoyatlar sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan (JK 118-moddasi yoki 119-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi) deb baholab boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. JK 118-moddasi yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyat u nafaqat bir necha shaxs tomonidan bitta jabrlanuvchiga nisbatan sodir etilgan hollarda, balki aybdor shaxslar hamjihatlikda bir necha jabrlanuvchiga nisbatan harakat qilib va zoʻrlik yoki tahdid qoʻllab, soʻngra jabrlanuvchilardan har biri yoki hech boʻlmaganda biri bilan zoʻrlab jinsiy aloqa qilgan yoki jinsiy ehtiyojlarini gʻayritabiiy usulda qondirganda ham guruh shaxslar (oldindan til biriktirgan guruh shaxslar) tomonidan sodir etilgan deb topilishi lozim. Jinoyat ishtirokchilaridan biri qonunga koʻra jinoyat subyekti boʻlmagan hollarda ham (JK 17, 18-moddalari) ikkinchi ishtirokchining harakatlari guruh tarkibida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 118-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan, nafaqat bevosita nomusga tekkan yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirgan shaxslarning harakatlari, balki jabrlanuvchiga nisbatan zoʻrlik yoki tahdid qoʻllash orqali ularga koʻmaklashgan shaxslarning harakatlari ham kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda qayd etilgan jinoyat tarkiblari obyektiv tomonida nazarda tutilgan harakatlarni shaxsan sodir etmagan, biroq zoʻrlik yoki tahdid qoʻllash orqali boshqa shaxslarga jinoyat sodir etishda koʻmaklashgan shaxslarning harakatlari guruh boʻlib nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatining sherik ijrochisi sifatida JK 28-moddasiga havola qilinmagan holda kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi bilan bevosita jinsiy aloqa qilmagan yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish harakatlarini sodir etmagan va boshqa shaxslar tomonidan bunday harakatlar sodir etilganda jabrlanuvchiga nisbatan zoʻrlik yoki tahdid qoʻllamagan, biroq jinoyatni sodir etishda aybdorga faqat maslahatlari, koʻrsatmalari, maʼlumotlar berishi va h.k. lar bilan koʻmaklashgan shaxsning harakatlari yordamchi sifatida JK 28-moddasi beshinchi qismiga havola qilingan holda kvalifikatsiya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. JK 118-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi yoki 119-moddasi ikkinchi qismi “g” bandida nazarda tutilgan oʻldirish bilan tahdid etish deganda, nafaqat aybdorning jabrlanuvchiga, uning yaqin qarindoshlariga yoki jabrlanuvchida ularga nisbatan muayyan masʼuliyat mavjud shaxslarga nisbatan darhol jismoniy zoʻrlik ishlatish niyati ochiqdan-ochiq bildirilgan soʻzlari, balki aybdorning, masalan, qurol yoki qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan predmetlar (pichoq, ustara, bolta va sh.k. lar) namoyishi singari tahdid soluvchi harakatlari ham tushunilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan (JK 118-moddasi uchinchi qismi “a” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “a” bandi) yoki oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan (JK 118-moddasi toʻrtinchi qismi yoki 119-moddasi toʻrtinchi qismi) shaxsga nisbatan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyatini sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik, faqat, aybdor jabrlanuvchining yoshi toʻgʻrisida mazkur jinoyatlarni sodir etgunga qadar aniq bilgan (qarindosh, tanish, qoʻshni boʻlgan va h.k.) holda yoki jabrlanuvchining tashqi qiyofasi uning yoshidan aniq dalolat bergan holda kelib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchi oʻzining yoshiga nisbatan ulgʻayganroq koʻrinishi asosida kelib chiqqan insofli yanglishish aybdor shaxsga nisbatan mazkur kvalifikatsiya belgilari qoʻyilishini istisno etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Aybdorning harakatlarini JK 118-moddasi uchinchi qismi “b” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilishda sudlar Jinoyat kodeksining sakkizinchi boʻlimida bayon etilgan “yaqin qarindoshlar” tushunchasiga asoslanishlari, bunda mazkur tushunchani keng sharhlash mumkin emasligini inobatga olishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. JK 118-moddasi uchinchi qismi “d” bandi yoki 119-moddasi uchinchi qismi “d” bandida nazarda tutilgan “ogʻir oqibatlar” deganda, homilador boʻlish yoki homilaning tushishi, ruhiy kasallik, OIV/OITS yuqishi, jabrlanuvchi tomonidan tanlangan jinoyatdan himoyalanish usuli oqibatida olingan tan jarohatlari (masalan, koʻp qavatli binodan, yurib ketayotgan avtomobildan, poyezddan sakraganda), jinoyat natijasida jabrlanuvchining oʻzini oʻzi oʻldirishi va h.k.lar tushunilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sudlar kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlmagan holda sodir etilgan nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir (JK 118-moddasi birinchi qismi yoki 119-moddasi birinchi qismi) jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishning oʻziga xos protsessual xususiyatlarini inobatga olib, bunday ishlarni qoʻzgʻatish tartibiga rioya etilishiga nisbatan talabchanlikni oshirishlari lozim. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, jabrlanuvchining yozma shikoyati boʻlmagan hollarda mazkur toifaga doir ishlarni qoʻzgʻatish uchun, faqat, jabrlanuvchining JPK 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda bayonnomaga kiritilgan ogʻzaki shikoyati asos sifatida olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kvalifikatsiya belgilari mavjud holda nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati uchun ayblanayotgan sudlanuvchining harakatlarini JK 118-moddasining birinchi qismi yoki 119-moddasining birinchi qismiga qayta kvalifikatsiya qilingan hollarda, agar ishda jabrlanuvchining yozma shikoyati boʻlmasa yoki jabrlanuvchi sud majlisida bunday shikoyat berishdan bosh tortsa, sud jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 6-bandiga asosan tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlarni koʻrishda sudlar JPK 19-moddasiga muvofiq har bir holda ish boʻyicha yopiq sud majlisi oʻtkazilishi zarurligini muhokama etishlari va protsess ishtirokchilari hisoblanmagan oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar sud majlisi zalida boʻlmasliklari yuzasidan tegishli choralar koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur toifaga doir ishlarning oʻziga xosligini inobatga olgan holda, sudlar ishning barcha holatlarini har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirilishi yuzasidan choralar koʻrish bilan birga ishga daxldor boʻlmagan va jabrlanuvchining shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi barcha savollarni bartaraf etishlari, oʻz vaqtida protsess ishtirokchilari oʻrinsiz xatti-harakatlarining oldini olishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga doir ishlarni muttasil umumlashtirishlari va natijasi boʻyicha sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatishga qaratilgan choralar koʻrsinlar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi V. NAZAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son