Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar hokimining
Qarori
Sanitar tozalik xizmatlarining chegaralangan tariflarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) asosan, Kattaqoʻrgʻon shahar obodonlashtirish boshqarmasining 2013-yil 30-avgustdagi 28-sonli xati va qattiq va suyuq chiqindilarni chiqarish boʻyicha texnika sarf xarajatlari, ishchilarning oylik maoshi, yoqilgʻi tannarxi oshganligi haqidagi kalkulatsiyasini inobatga olib qaror qilaman:
1. Kattaqoʻrgʻon shahar hududida 2013-yil 20-sentabrdan boshlab, qattiq va suyuq chiqindilarni chiqarish boʻyicha toʻlovlar tarifi bir oyda:
bir kishiga — 600 soʻm,
bir qora molga — 12545 soʻm,
mayda shoxli mollar uchun — 1293 soʻm,
parranda uchun — 89 soʻm miqdorida belgilansin.
2. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari M. Babayev zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim v.v.b. M. BABAYEV
Kattaqoʻrgʻon sh.,
2013-yil 20-sentabr,
636-q-son