14.02.2014 yildagi 74-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Bekobod shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekobod shahri hududida qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) asosan shahar hududidagi qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda shahar hududida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar, shahar hududidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalar hamda ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilar boʻyicha chiqindi chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-sonli “Aholi turar-joy hududlarini qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash toʻgʻrisida”gi sanitariya qoidalari va meʼyorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida shartnomalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-sonli “Aholi turar-joy hududlarini qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash toʻgʻrisida”gi sanitariya qoidalari va meʼyorlari asosida tayyorlangan shahar Moliya boʻlimining taklifiga muvofiq quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun doimiy roʻyxatdan oʻtgan har bir kishi boshiga har oyda 1500 soʻmdan toʻlov haqi undirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib ketilganligi uchun 1 m. kub hajmida 17000 soʻmdan toʻlov haqi undirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi yuk tashuvchi transport vositasi boʻlgan korxona, tashkilot va muassasalar hamda chiqindi chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chiqindilar tashlash poligoniga olib borilgan qattiq va maishiy chiqindilar uchun xoʻjalik hisobidagi “Maishiy-Chiqindilardan-Tozalash” Davlat unitar korxonasi bilan tuzilgan shartnoma asosida 1 m. kub hajmidagi tashlangan chiqindiga 6500 soʻmdan toʻlov haqi undirilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bekobod shahar hokimining 2013-yil 4-martdagi 77-sonli “Bekobod shahri hududida qattiq va maishiy chiqindilarni olib ketish, toʻplash, utilizatsiya qilish xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining oʻrinbosari T. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim M. BUXARBOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekobod sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 14-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-son