Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun Payariq tumanidagi tashkilot, korxona va muassasalardagi xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan (ilovaga* asosan) 876 kishini tashkil etadigan 7 foizi miqdorida, shu jumladan:
Ilova berilmaydi.
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 26.7 foiz (234 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun 394 kishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining 2014-yil 11-yanvardagi 13-q-sonli qarori tahririda)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlarga 114 kishi;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining 2014-yil 11-yanvardagi 13-q-sonli qarori tahririda)
nogironlar uchun 3 foiz (26 kishi);
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 0.01 foiz (8 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 0.002 foiz ( 2 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun 0.11 foiz (92 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilanganligi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
odam savdosidan jabrlanganlar uchun 10 kishi.
(1-band Samarqand viloyati Payariq tumani hokimining 2014-yil 11-yanvardagi 13-q-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
2. Tumandagi korxona, tashkilot, muassasalarga 2013-yilning har choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi axborotni 2-ilovaga* muvofiq Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga taqdim etib borish topshirilsin.
1-2-ilovalar berilmaydi.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarilishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishligi taʼminlansin. Jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni tashkillashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab etmaydigan ish oʻrinlari belgilansin.
4. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
vrach, iqtisodchi, hisobchi, moliyachi, injener, hamshira, oʻqituvchi, tarbiyachi, EHM operatori, kotiba, qorovul, farrosh, ishchi hamda boshqa kasb, lavozim egalari.
5. Tashkilot rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
6. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarimaga tortilsin.
7. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan koʻrsatkichdan ortiqcha ish oʻrinlari band qilgan korxona, tashkilot, muassasalar uchun ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy boʻlmagan binolar birinchi navbatda ajratiladi.
8. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bir hafta muddat ichida ushbu qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazilsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
9. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Sulaymanov zimmasiga yuklatilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. JOʻRAYEV
Payariq sh.,
2013-yil 24-sentabr,
926-q-son