Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani hokimining
Qarori
2014-yil uchun mol-mulk va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish, soliq hisoblash va ularga imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi hamda “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman hududidagi jismoniy shaxslar tasarrufida boʻlgan mol-mulk, yer soligʻi obyektlar va subyektlari shuningdek, yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliqlarni hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllash hamda belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga tushumlar tushishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. 2014-yilda mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, soliq hisoblash, tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllashni toʻliq va sifatli oʻtkazish ularga tegishli boʻlgan maʼlumotlarni mutasaddi idoralar tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyalariga toʻliq taqdim etilishini taʼminlash maqsadida 2014-yil 20-fevraldan 2014-yil 1-martga qadar “Soliq toʻlovchilarni hisobga olish” davri etib belgilansin.
2. Tuman Davlat soliq inspeksiyasi (N. Namozov)ga:
soliq toʻlovchilarni hisobga olish davrida tuman hududidagi mol- mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq roʻyxatga olish, ularga soliq hisoblash va soliq qonunchiligida belgilangan imtiyozlarni koʻllash;
barcha mahallalarda soliqlarning ahamiyati, ayrim toifadagi jismoniy shaxslarga soliqlardan beriladigan imtiyozlar toʻgʻrisida, 2014-yil uchun-toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlash haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish;
aholi oʻrtasida Oʻzbekiston 'Respublikasi soliq qonunchiligi boʻyicha amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning mohiyati yuzasidan qishloq va mahalla fuqarolar yigʻini raisi va faollari ishtirokida muntazam ravishda seminar yigʻilishlar oʻtkazish yuklatilsin.
3. Tuman hududida faoliyat yuritayotgan qishloq fuqarolar yigʻini hamda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, jamoat tashkilotlari, kommunal xoʻjalik boʻlimlari, uy-joy mulkdorlar shirkatlari, korxona va tashkilotlarning rahbarlari jismoniy shaxslarni roʻyxatga olish, hisoblangan soliqlarni belgilangan muddatlarda mahalliy budjetga undirilishi yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi uchastka soliq inspektorlariga doimiy ravishda yaqindan amaliy yordam berish vazifasi yuklatilsin.
4. “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” davrini keng qamrovli va sifatli oʻtkazilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunlariga asosan, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan mol-mulk, yer soligʻi obyektlari va subyektlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni toʻliq hisobga olish, soliq hisoblash hamda tegishli imtiyozlarni toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida:
tuman “Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri” boʻlimi (R. Mansurov) va Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati (F. Gulmurodov) joriy yil 1-martga qadar 1-ilovaga* muvofiq, tuman hududida jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan yer maydoni miqdori, bino inshootlar bilan band boʻlgan yer maydonlari, garajlar, dala hovlilari, chorbogʻlar va ularning qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman bosh arxitektori (Sh. Moʻminov) joriy yil 1-martiga qadar 2-ilovaga* muvofiq, 2013-yilda fuqarolarga tuman hududida (tadbirkorlik, yakka tartibda uy joy qurilishi uchun, dehqon xoʻjaligi va boshqalar) 2014-yil 1-yanvar holatiga ajratilgan yer maydonlari va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi (Q. Qarshiyev) joriy yil 1-martiga qadar 3-ilovaga* muvofiq, tumanda istiqomat qiluvchi, I-II-guruh nogironlari, pensionyerlar, yolgʻiz pensionyerlar va boshqa nafaqa oluvchi sifatida roʻyxatga olingan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman mudofaa ishlari boʻlimi (F. Begimov) joriy yil 1-martga qadar 4-ilovaga* muvofiq, 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, Afgʻonistonda harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolar va boshqa mavjud maʼlumotlarni;
tuman Davlat Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi (D. Normurodova) hamda Veterinariya xizmati (I.Boliyev) joriy yil 1-martiga qadar 7-ilovaga* muvofiq, belgilangan tartibda sanitariya ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Tuman gaz idoralari (I. Boʻriyev, R. Norboyev) 8-ilovaga* muvofiq, joriy yil 1-martga qadar hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan gaz isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Pastdargʻom va Goʻzalkent elektr korxonalari (E. Ziyatov, J. Niyazov) joriy yil 1-martga qadar 9-ilovaga* muvofiq, hududda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar bilan elektr isteʼmoli uchun tuzilgan shartnomalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
tuman Ichki ishlar boʻlimi (S. Baxromov) va Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi (A. Normamatov) joriy yil 1-martga qadar Davlat soliq inspeksiyasiga 10-ilovaga* muvofiq, hududdagi shaxsiy yuk avtotransport vositalari egalari toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga qishloq (mahalla) fuqarolar yigʻinlari kesimida 2014-yil 1-yanvar oyi holatiga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish (FXDYo) boʻlimlari (M. Mallayeva va F. Botirova) 5-ilovaga* muvofiq, tuman hududida 2012-2013-yillarda vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
tuman Davlat notarial idorasi notariuslari 6-ilovaga* muvofiq 2013 — yil davomida jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk ijara shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga oʻtayotgan mol-mulk qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tuman Davlat soliq inspeksiyasiga oʻz vaqtida taqdim etib borishi tavsiya qilinsin.
6. “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (N. Aliyev), Qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari “Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni hisobga olish” oyligi tadbirini oʻtkazishda faol qatnashishi va joylarda uchastka soliq inspektorlari bilan jismoniy shaxslarni soliq organlarida roʻyxatga olish tadbirlarini hamkorlikda amalga oshirilishi tavsiya etilsin.
7. Qishloq mahalla fuqarolar yigʻini raislari, uchastka davlat soliq inspektori va Yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi xodimlari bilan birgalikda hisobga olingan soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotni 11-ilovaga* muvofiq dalolatnoma asosida rasmiylashtirish topshirilsin.
1—11-ilovalar berilmaydi.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari v.b. U. Amirov zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Hokim V. RAXIMOV
Juma sh.,
2014-yil 18-fevral,
229-q-son