Jizzax viloyati xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining
Qarori
Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi kutilayotgan ijrosi va 2014-yilga mahalliy budjetning belgilangan asosiy istiqbol koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi daromadlari va xarajatlari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlaridan kutilayotgan ijrosi hamda 2014-yilga belgilangan asosiy parametrlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman mahalliy budjetining 2013-yilgi daromadlar va xarajatlar boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarining kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi tuman hokimligi moliya boʻlimi mudirining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tuman mahalliy budjeti 2014-yil asosiy istiqbol koʻrsatkichlarining daromadlar qismi 21 607,0 mln soʻm, xarajatlar qismi 21 607,0 mln soʻm, maqsadli subvensiya miqdori 13 881,6 mln soʻm qilib belgilanganligi maʼqullansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari S. Bolqiboyev, tuman Davlat soliq inspeksiyasi (Oʻ. Turdiyev) va Moliya boʻlimi (O. Xusanov) birgalikda tuman mahalliy budjeti daromadlar qismini soliq turlari boʻyicha belgilangan rejalarini oshirib bajarishni taʼminlasin.
4. Tuman Moliya boʻlimi (O. Xusanov)ga:
2014-yilning “Sogʻlom bola yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tuman mahalliy budjetining 2014-yil birinchi choragi, yarim yillik va toʻqqiz oylik ijrosi yakunlariga muvofiq rejadan ortiqcha tushadigan daromadlar hisobidan tuman aholisini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan zaruriy tuzatishlarni kiritib borish;
budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi va ularning asossiz sarflanishini bartaraf etish yuzasidan gʻaznachilik ijrosi tizimi vositasida qatʼiy nazorat qilinishini taʼminlash vazifalari yuklatilsin.
5. Tuman hokimi oʻrinbosari S. Bolqiboyevga mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda budjet daromadlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlasinlar, mintaqalarning soliq solish bazasi kengaytirilishi va moliyaviy salohiyati mustahkamlanishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar koʻrsinlar, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar.
6. Ushbu qaror “Zafar yoʻlidan” gazetasida eʼlon qilinsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S. Bolqiboyev va xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror 2014-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining raisi R. ERGAShEV
Zafarobod t.,
2013-yil 28-dekabr,
111/21-04-son