Toshkent viloyati Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining
Qarori
Tumanda geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-sonli “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori hamda Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent viloyati komissiyasining 2014-yil 21-yanvardagi 1/8-5-244-sonli bayonnomasi ijrosini taʼminlash maqsadida, Xalq deputatlari Boʻstonliq tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Toshkent viloyati komissiyasining 2014-yil 21-yanvardagi 1/8-5-244-sonli bayonnomasi ijro uchun qabul qilinsin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
3. Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (Sh. Madazov), ichki ishlar boʻlimi (S. Saidaʼloyev)lar tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda geografik obyektlarning nomlari oʻzgartirilishi munosabati bilan hujjatlar rasmiylashtirilishini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish “Ijtimoiy madaniy rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya”si zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Boʻstonliq tuman Kengashi raisi T. RAXMONOV
Gʻazalkent sh.,
2014-yil 4-fevral,
XXXIY/5-son