toshkent viloyati Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining
Qarori
Boʻstonliq tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 770-II-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II-sonli hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi “Toshkent viloyati mahalliy budjetining 2014-yil parametrlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻstonliq tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti daromadlari 59 mlrd 117,9 mln soʻm va xarajatlar qismi 59 mlrd. 117,9 mln. soʻm miqdorida tasdiqlansin.
2. Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2013-yil 30-dekabrdagi “Boʻstonliq tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 33/2-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Boʻstonliq tuman Kengashi raisi T. RAXMONOV
Gʻazalkent sh.,
2014-yil 4-fevral,
XXXIY/3-son