Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimining
Qarori
Bekobod tuman hududida qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun tariflar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining Oliy majlisining Axbrotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda), Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-sonli “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) asosan tuman hududidagi qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini takomillashtirish hamda tuman hududida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
1. Qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlari uchun doimiy roʻyxatdan oʻtgan fuqarolar, tuman hududidagi barcha korxona, tashkilotlar va muassasalar hamda ularning mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilar boʻyicha chiqindi chiqarish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat santariya epidemologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-sonli “Aholi turar joy hududlarni qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash” toʻgʻrisidagi sanitariya qoidalari va meʼyorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida shartnomalar tuzilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya epidemologiya nazorat markazi tomonidan 2011-yil 27-avgustda tasdiqlangan 0297-11-sonli “Aholi turar joy hududlarini qattiq va maishiy chiqindilardan tozalash” toʻgʻrisidagi sanitariya qoidalari va meʼyorlari asosida tayyorlangan tuman Moliya boʻlimining taklifiga muovfiq quyidagilar belgilansin:
qattiq va maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish va utilizatsiya qilish xizmatlarini doimiy roʻyxatdan oʻtgan har bir kishi boshiga har oyda 1100 soʻmdan toʻlov haqi undirilishi;
tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda toʻplangan qattiq va maishiy chiqindilarni tashish xizmatlari bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib ketilganligi uchun 1 m. kub hajmida 17000 soʻmdan toʻlov haqi undirilishi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboroan kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdushukurov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Sh. XAMRAYEV
Bekobod t.,
2014-yil 28-fevral,
103-son