OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
“Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 13-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1901-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 11, 64, 2009-6-son “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1901, 2009-yil 10-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 72-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-sentabrdagi 84, 48, 2013-39-son “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1901-1, 2013-yil 18-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 502-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
42-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
71-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
2014-23-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 302-modda)