OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 10-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1901]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 42, 71, 2014-23-sonli “Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1901-2, 13.06.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
11-son
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
64-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-yanvar,
2009-6-son
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 28-yanvardagi 11, 64, 2009-6-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Dividend tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisida
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan dividend tarzida olinadigan daromadlarga soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
dividend — aksiyalar boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan daromad; yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʻrtasida (ishtirokchilari, aʼzolari oʻrtasida ularning ulushlari, paylari, hissalari boʻyicha) taqsimlanadigan sof foydaning va (yoki) oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi; yuridik shaxs tugatilganda mol-mulkni taqsimlashdan olingan, shuningdek muassis (ishtirokchi, aʼzo) tomonidan yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini (payini, hissasini) olgandagi daromadlar, bundan muassis (ishtirokchi, aʼzo) ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida kiritgan mol-mulkning qiymati chegiriladi;
investitsiyalar — yuridik shaxslar tomonidan modernizatsiyalashga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, rekonstruksiya qilish va qurilishga yoʻnaltiriladigan, shuningdek boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitaliga (fondiga) qoʻyilma sifatida yoʻnaltiriladigan mablagʻlar;
kapitallashuv — yuridik shaxslar tomonidan oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) oshirishga mablagʻlarni yoʻnaltirish;
kredit — kredit tashkilotlari tomonidan yuridik shaxslarga muddatlilik va qaytarish shartlari asosida kredit tashkilotiga asosiy qarz summasi va ssudadan foydalanganlik uchun foizlar toʻlash sharti bilan beriladigan pul shaklidagi ssuda.
2. 2009-yil 1-yanvardan 2014-yilning 1-yanvarigacha:
jismoniy shaxslar — mikrofirma va kichik korxonalarning muassislari tomonidan olinadigan dividend tarzidagi daromadlari;
yuridik shaxslar tomonidan olinadigan dividend tarzidagi daromadlarning kapitallashuvga, investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yoʻnaltirilgan qismi soliq solishdan ozod etiladi.
Mazkur qoida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq doimiy xususiyatga ega boʻlgan yuridik shaxsdan olinib, uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoʻnaltiriladigan soliq solinmaydigan dividendlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan imtiyoz 2009-yilning 1-yanvaridan keyin va 2014-yilning 1-yanvariga qadar toʻlanadigan barcha dividendlar uchun, ular qaysi davr uchun hisoblanganligidan qatʼi nazar, tatbiq etiladi.
II. Jismoniy shaxslarga toʻlanadigan dividendlar boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi
4. Jismoniy shaxslar — muassislarga dividend tarzidagi daromad toʻlaydigan mikrofirma va kichik korxonalar toʻlov manbaida soliq ushlab qolmaydilar.
5. Imtiyoz mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan mustaqil tarzda, jismoniy shaxsning imtiyozni qoʻllash toʻgʻrisidagi arizasi taqdim etilmagan holda qoʻllaniladi.
III. Yuridik shaxslarga toʻlanadigan dividendlar boʻyicha imtiyoz qoʻllash tartibi
6. Dividend tarzida daromad toʻlovchi yuridik shaxslar (bundan buyon matnda toʻlov manbai deb yuritiladi) dividendlar tarzida daromad oluvchi yuridik shaxslar tomonidan ushbu Nizomda keltirilgan maqsadlarga mazkur mablagʻlarni yoʻnaltirgan taqdirda foyda soligʻini toʻlov manbaida ushlab qolmaydilar.
7. Dividendlar tarzidagi daromadlarni toʻlov manbaida soliq solishdan ozod etish uchun yuridik shaxs toʻlov manbaiga mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda ariza taqdim etadi. Mazkur ariza har bir dividend toʻlanishida taqdim etiladi. Ariza toʻlov manbai tomonidan dividend tarzidagi daromad toʻlanguniga qadar yuridik shaxs tomonidan beriladi. Arizani taqdim etish toʻlov manbaida soliq ushlab qolmaslik uchun asos boʻladi.
8. Toʻlov manbaida soliq solinmagan dividendlar tarzidagi daromadlar oluvchi yuridik shaxslar bankda ochilgan maxsus hisobvaraqda (22626 “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” alohida hisobvaragʻi) ushbu mablagʻlarni jamlaydilar. Dividendlar tarzidagi daromadlar tushumi yuridik shaxsning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1) hisoblangan dividendlar:
4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvaragʻining debeti;
9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” schyotining krediti;
2) dividendlarni maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi:
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar” hisobvaragʻining debeti;
4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvaragʻining krediti.
9. Dividendlar tarzida daromadlar olgan yuridik shaxslar maxsus hisobvaraqdagi mablagʻlardan faqat ushbu Nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalanadilar. Yuridik shaxslar mablagʻlarni oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) kapitallashtirishga yoʻnaltirganda, jamlangan summa maxsus hisobvaraqdan hisob-kitob varagʻiga kapitallashuv summasi miqdorida oʻtkaziladi.
10. Yuridik shaxslar Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi hisob-kitobini topshirish uchun nazarda tutilgan muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizom 2-ilovasida keltirilgan shaklda dividend tarzida olingan va toʻlov manbaida soliq solinmagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida hisob-kitob taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 10-sentabrdagi 84, 48, 2013-39-sonli qarori (roʻyxat raqami 1901-1, 18.09.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 38-son, 502-modda)
11. Toʻlov manbaida foyda soligʻi ushlab qolinmagan dividend tarzida daromad olgan yuridik shaxs mablagʻlarni maqsadli ravishda foydalanmagan yoki 2014-yilning 1-yanvar holatiga maxsus hisobvaraqda foydalanmagan mablagʻlar qoldigʻiga ega boʻlgan taqdirda, mazkur mablagʻlarga dividend tarzidagi daromad sifatida tan olinib foyda soligʻi solinadi, yaʼni mazkur mablagʻlar boʻyicha foyda soligʻini toʻlash majburiyati, majburiyatlar vujudga kelgan paytda belgilangan stavka boʻyicha dividend olgan yuridik shaxsda vujudga keladi.
Bunda, pul mablagʻlarini maqsadga muvofiq foydalanilmagan yoki 2014-yil 1-yanvar holatiga maxsus hisobvaraqda mablagʻlar qoldigʻi mavjud boʻlgan chorakdan keyingi oyning 25-kuni, yuridik shaxs davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklda toʻlov manbaida foyda soligʻi solinmagan dividendlar boʻyicha foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etadi.
IV. Yakuniy qoida
12. Ushbu Nizomda koʻrsatilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Dividendlar tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Izoh: mazkur ariza ikki nusxada taqdim etiladi. Dividend tarzida daromad toʻlovchi yuridik shaxs arizani olganligi haqida belgi qoʻyadi va bir nusxasini ariza beruvchiga qaytarib beradi.
Dividendlar tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Dividendlar tarzidagi daromadlarni soliq solishdan ozod etish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 7-son, 72-modda; 2013-y., 38-son, 502-modda)