Toshkent viloyati Xalq deputatlari Oʻrtachirchiq tumani Kengashining
Qarori
Oʻrtachirchiq tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2013-yil 14-noyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida»gi 770-II-sonli hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 5-dekabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida»gi SQ-399-II-sonli hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi «Toshkent viloyatining 2014-yil mahalliy budjeti toʻgʻrisida»gi qarorlariga muvofiq, Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻrtachirchiq tumanining 2014-yilgi mahalliy budjeti daromadlari 69768.1 mln. soʻm va xarajatlari 69768.1 mln. soʻm miqdorida tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror 2014-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B. IBRAGIMOV
Toʻytepa sh.,
2013-yil 31-dekabr,
23/1-son