Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining
Qarori
Arnasoy tumanida 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Jizzax viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi “2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tizimli tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini tashkil qilish asosida tuman aholisini arzon va sifatli meva-sabzavot, poliz va boshqa turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli majlis bayoni va viloyat hokimining 2013-yil 28-avgustdagi 192-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman aholisi hamda ijtimoiy soha muassasalarini 2013-2014-yil qish-bahor oylarida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash maqsadida ushbu turdagi mahsulotlarni zaxira omborlariga jamgʻarish hajmlari va turlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Shundan kelib chiqib, tuman Iqtisodiyot boʻlimi (R. Ergashev) joriy yilning 30-dekabriga qadar Moliya boʻlimi, Xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi, Tibbiyot birlashmasi, tegishli tashkilotlar bilan birgalikda, joriy yil mavsumida:
1a-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — aholi ehtiyojlari uchun ichki isteʼmol bozoriga grafik asosida savdoga chiqarish;
1b-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — yirik korxonalar va tashkilotlarning oʻz ishchi xodimlari ehtiyojlarini qondirish;
1v-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — tibbiyot birlashmasining ehtiyojlariga yetkazib berish;
1g-ilovaga* muvofiq mahsulotlar hajmlari — xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi ehtiyojlarini taʼminlash maqsadlari uchun zaxira omborlariga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlariga aniqlik kiritib, tuman hokimligiga taqdim etsin.
3. 2013-2014-yil qish-bahor oylarida tuman ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan kafolatli toʻldirish hisobiga oziq-ovqat xavfsizligi hamda narxlar barqarorligini taʼminlash, shuningdek zaxira tadbirlarini tizimli va samarali tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman ishchi guruhining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Joriy yilning 30-dekabriga qadar, 2013-2014-yil qish va bahor mavsumi uchun jamgʻarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini tayyorlov tashkilotlari hamda ijtimoiy sohalar muassasalarigacha yetkazilishini taʼminlash;
zaxiraga jamgʻariladigan mahsulotlar hajmlaridan kelib chiqqan holda, ularni qish-bahor oylarida sifatli saqlanishini taʼminlash maqsadida, mahsulotlarni joylashtiradigan omborlar va sovutkichli sigʻimlarni manzilli roʻyxatini (dislokatsiyasini) aniqlab, ularni joriy yilning 30-dekabriga qadar mavsumga tayyor holga keltirish ishlarini tashkil qilish va nazorat qilish;
joriy yilning 30-dekabriga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxonalar va tashkilotlar, tibbiyot birlashmasi, xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining manzilli roʻyxatini tuzib, ularga zaxira hajmlarini belgilab berish hamda mahsulot saqlashga ixtisoslashgan omborlar va sovutkichli sigʻimlarga biriktirib berilishini nazorat qilish;
joriy yilning 30-dekabriga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, yirik korxonalar va tashkilotlar, tibbiyot birlashmasi, xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari bilan shartnomalar tuzilishini va boʻnak mablagʻlari ajratilishini taʼminlash va nazorat qilish;
zaxira tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot birlashmasi, xalq taʼlimi muassasalarini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar-may oylarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlari smetasiga kiritilgan mablagʻlarni tuman moliya boʻlimi tomonidan ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrish;
joylardagi ishchi-xodimlari koʻp boʻlgan yirik korxonalar va tashkilotlar tomonidan qish va bahor oylarida oʻzlarining ishchi-xodimlari sonidan kelib chiqqan holda, asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxira omborlariga amalda qoʻyilishini nazorat qilish;
joriy yilning 30-dekabriga kadar, 1-ilovaga muvofiq 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun jamgʻarilishi rejalashtirilgan mahsulotlar turlari va hajmlarini tayyorlov tashkilotlari hamda ijtimoiy soha muassasalari kesimida 1a, 1b, 1v, 1g va 3-ilovaga* muvofiq tayyorlab viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga yetkazilishini taʼminlash;
joriy yilning 30-dekabriga qadar, tuzilgan shartnomalar asosida 4-ilovaga* muvofiq tayyorlovchi savdo tashkilotlarining moliyaviy imkoniyatlarini tahlil qilib, ularni bank kreditlari va naqd pul mablagʻlariga boʻlgan talabini banklar kesimida aniqlash, banklarga buyurtmalar berilishini tashkil qilish va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida masalani hal qilish choralarini koʻrish;
qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish topshirigʻini tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari kesimida bajarilishini muhokama qilib, tahlil maʼlumotlarini 5*, 6-ilovalarga* muvofiq shakllarda hamda zaxiraga qoʻyilgan mahsulotlarni ichki isteʼmol bozoridagi vaziyatdan kelib chiqqan holda, joriy yilning 30-dekabridan boshlab 2014-yilning iyun oyigacha savdoga chiqarish boʻyicha 10 kunlik grafik ishlab chiqib, mahsulotlarga narxlarni aholiga maqbul darajada belgilash kabi masalalarni nazorat qilish va 7-ilovaga* muvofiq tahlil maʼlumotlarini har 10 kunda viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasiga taqdim etib borish;
qayd etilgan asosiy vazifalar hamda joylarda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish ishlarini borishi, ichki isteʼmol bozorida oziq-ovqat xavfsizligini hamda narx-navolarni barqaror saqlanishini taʼminlanishi yuzasidan maxsus muhokamalar oʻtkazish va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimligiga axborot berib borish.
5. 2013-2014-yil zaxira tadbirlarini borishini tahlil qilish va bu masalada oʻtkaziladigan muhokamalarda hisobotlar berish, moliyalashtirish va boshqa muammoli masalalar yuzasidan maʼlumotlar bazasini toʻplash, tahlil qilish va joriy yilning 30-dekabridan boshlab har hafta yakuni bilan tuman hokimligiga maʼlumot taqdim etib borish maqsadida 8-ilovaga* muvofiq tarkibda tuman Monitoring guruhi, 9-ilovaga* muvofiq tarkibda banklar tomonidan tayyorlovchi savdo tashkilotlarini moliyalashtirilishini tahlil qilish guruhi tuzilsin.
* 1 — 9-ilovalar berilmaydi.
6. Tuman hududidagi mahalla va qishloq fuqarolar yigʻini raislari hamda faollari boshchiligida ishchi guruhi tuzilib, aholi oʻrtasida 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilsin.
7. Mahalla va qishloq fuqarolar yigʻinida tuzilgan ishchi guruh masalaga aloqador tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda, aholi tomonidan asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun zaxiraga jamgʻarilishini xatlovdan (inventarizatsiya) oʻtkazib borsin.
8. Tijorat banklari boshqaruvchilariga:
2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan tashkilot, korxona va muassasalarga belgilangan tartibda kredit mablagʻlari ajratilishi tavsiya etilsin.
9. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2012-yil 2-avgustdagi 412-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Isanov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim F. SALOXIDDINOV
Arnasoy t.,
2013-yil 31-dekabr,
820-son