Samarqand viloyati Xalq deputatlari Samarqand tuman kengashining
Qarori
Tumandagi ayrim geografik obyektlar nomlari toʻgʻrisida
Tumanda milliy gʻoya va mentalityetimizni yanada mustahkamlash hamda Samarqand viloyat kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi 257-29-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasiga asoslanib xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi 257-29 sonli “Samarqand viloyati hududidagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga mos kelmaydigan nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida”gi qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
1—4-ilovalar berilmaydi.
3. Mutasaddi tashkilotlarga nomlari oʻzgargan geografik obyektlarning nomlanishi bogʻliq boʻlgan hujjatlarni bir oy muddatda rasmiylashtirish topshirilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlantirish masalalari doimiy komissiya (J. Sayfiddinov) hamda oʻz zimmamda qoldiraman.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Samarqand viloyati Xalq deputatlari Samarqand tuman Kengashining raisi B. SADULLAYEV
Samarqand t.,
2014-yil 7-mart,
18/100-q-son