Andijon viloyati Marxamat tumani hokimining qarori, 31.01.2014 yildagi 49-q-son
Кучга кириш санаси
31.01.2014
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 31.01.2014 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Andijon viloyati MarHamat tumani hokimining | Andijon viloyati MarHamat tumani hokimining |
Qarori | Qarori |
Marhamat tumani hududida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida | Marhamat tumani hududida qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi ijrosini taminlash yuzasidan Marhamat tumani hududida mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, asbob-uskunalarni hisobga olish va ularning texnik holatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi ijrosini taminlash yuzasidan Marhamat tumani hududida mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalariga asosan qaror qilaman: |
1. Marhamat tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorining 2014-yil 13-yanvardagi 1-sonli xati inobatga olinsin. | 1. Marhamat tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektorining 2014-yil 13-yanvardagi 1-sonli xati inobatga olinsin. |
Marhamat tumani hududida 2014-yil fevral oyidan 12-mart kunigacha mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish belgilansin. | Marhamat tumani hududida 2014-yil fevral oyidan 12-mart kunigacha mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va fuqarolarga tegishli boʻlgan barcha qishloq xoʻjalik texnikalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish belgilansin. |
2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. | 2. Texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuzilgan komissiya tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. |
3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin. | 3. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga* asosan tasdiqlansin. |
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi. | * 1 va 2-ilovalar berilmaydi. |
4. Marhamat tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori S. Fozilovga texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilishini taminlash topshirilsin. | 4. Marhamat tumani qishloq xoʻjaligi texnikasi boʻyicha davlat inspektori S. Fozilovga texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilishini taminlash topshirilsin. |
5. Tumandagi barcha muqobil mashina-traktor parklari, tashkilotlar rahbarlariga: | 5. Tumandagi barcha muqobil mashina-traktor parklari, tashkilotlar rahbarlariga: |
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga tayyorlash va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taminlash; | Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga tayyorlash va belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taminlash; |
Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga oʻtkazib berilishini taminlash vazifalari topshirilsin. | Texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlovlarni oʻz vaqtida “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasining maxsus hisob raqamiga oʻtkazib berilishini taminlash vazifalari topshirilsin. |
6. Komissiya azolari joylarda 2014-yil texnik koʻrik muddati tugagach, texnik koʻrikdan oʻtmagan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalardan foydalanish mumkin emasligini maʼsul xodimlar orqali tushuntirib borish vazifasi yuklatilsin. | 6. Komissiya azolari joylarda 2014-yil texnik koʻrik muddati tugagach, texnik koʻrikdan oʻtmagan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalardan foydalanish mumkin emasligini maʼsul xodimlar orqali tushuntirib borish vazifasi yuklatilsin. |
7. Tuman “Oq-oltin” gazetasi muharririyati (A. Xojimatov)ga mazkur qaror matnini matbuotda eʼlon qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni gazeta sahifalarida muntazam yoritib berish vazifasi topshirilsin. | 7. Tuman “Oq-oltin” gazetasi muharririyati (A. Xojimatov)ga mazkur qaror matnini matbuotda eʼlon qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni gazeta sahifalarida muntazam yoritib berish vazifasi topshirilsin. |
8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 8. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Nasriddinov zimmasiga yuklatilsin. | 9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Nasriddinov zimmasiga yuklatilsin. |
Hokim X. SULTONOV | Hokim X. SULTONOV |
Marhamat sh., | Marhamat sh., |
2014-yil 31-yanvar, | 2014-yil 31-yanvar, |
49-q-son | 49-q-son |