Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021 28.12.2013 yildagi 278/4-32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining 2014-yilgi mahalliy budjeti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013-yil 12-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi SQ-399-II sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli qarorlariga asosan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar hokimining 2013-yil 28-dekabrdagi 1051-sonli qarori bilan qabul qilingan Toshkent shahrining 2014-yilgi mahalliy budjeti parametri tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent shahar mahalliy budjetining 2013-yildagi kutilayotgan ijrosi toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar va tuman hokimlarining qaror va farmoyishlari bilan 2013-yil davomida mahalliy budjetga kiritilgan oʻzgartirishlar, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomalar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshkent shahar mahalliy budjetining 2012-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga koʻra, budjetning daromad qismi 1 206 914,1 (bir trillion ikki yuz olti milliard toʻqqiz yuz oʻn toʻrt million bir yuz ming) mln. soʻmga, xarajat qismi 1 056 360,9 (bir trillion ellik olti milliard uch yuz oltmish million toʻqqiz yuz ming) mln.soʻmga ijro etilgani, yaʼni daromadlar xarajatlardan 150 553,2 (bir yuz ellik milliard besh yuz ellik uch million ikki yuz ming) mln.soʻmga koʻp tushganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimi (R. Usmanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar va tuman hokimliklari budjet daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlasin, soliq bazasini kengaytirish hamda iqtisodiy salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “ToshBoshPlanLITI” instituti, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda, bir hafta muddatda yer soligʻi toʻlovi stavkalari boʻyicha zonalar chegaralarining sxemasini tasdiqlash uchun Toshkent shahar hokimligiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bir hafta muddatda, chegaralarning sxemasi asosida yer soligʻi toʻlovi stavkalari boʻyicha zonalarning tavsiflarini tasdiqlash uchun Toshkent shahar hokimligiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tegishli boshqarma, muassasa va tashkilotlar oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toshkent shahar Moliya bosh boshqarmasiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining bildirishnomasiga koʻra, budjetning daromad va xarajat qismiga oʻzgartirishlar kiritilishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qaror ijrosining nazorati xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278/4-32-son