Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-iyun,
138-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining oʻtishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-bandning birinchi va ikkinchi jumlalaridagi “texnik roʻyxatga olish kadastr byurosi xizmati tomonidan” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandda:
toʻrtinchi xatboshidagi “xatlov” soʻzlari “kadastr” soʻzi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan beriladigan turar joyning begonalashtirish vaqtidagi texnikaviy holati va qiymati toʻgʻrisida belgilangan namunadagi maʼlumotnomani”;
v) 10-banddagi “xatlov byurosida roʻyxatdan oʻtkazilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 29-dekabrdagi 478-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 12-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-banddagi “Texnik roʻyxatga olish byurosi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Texnik roʻyxatga olish byurosi mahalliy organlari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Jismoniy shaxslarning mulki boʻlgan turar joylar, kvartiralar, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari aʼzolarining bogʻ uychalari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar soliq solish uchun baholash obyektlari hisoblanadi”;
g) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “egasiz” soʻzi “ega boʻlmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 7-banddagi “egasiz imoratlar roʻyxatini Texnik roʻyxatga olish byurosi organlari” soʻzlari “egasi boʻlmagan imoratlar roʻyxatini “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 14-bandning ikkinchi xatboshidagi “Texnik roʻyxatga olish byurosi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 16 va 18-bandlardagi “Texnik roʻyxatga olish byurosi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) Nizomga ilovadagi “199___ yil 1-yanvargacha boʻlgan holatiga koʻra” va “Texnik roʻyxatga olish byurosi boshligʻi” soʻzlari tegishli ravishda “201__ yil 1-yanvargacha boʻlgan holatiga koʻra” va “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshi va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-banddagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga” soʻzlari “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-banddagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining roʻyxatdan oʻtkazish idoralari” soʻzlari “tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “(keyingi oʻrinlarda binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish deb ataladi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
6-banddagi “Binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlar hamda uni amalga oshirishda qonun buzilishlarini aniqlaganlar” soʻzlari “binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshidagi “ularga tegishli boʻlgan binolar va inshootlarni” soʻzlari “ularga tegishli boʻlgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlgandan, oʻzgargandan va toʻxtagandan yoxud huquqiy holati oʻzgargandan keyin bino va inshootga kadastr yigʻmajildini tayyorlash va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma berishlari shart.
9. Tumanlar va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar boʻyicha binolar va inshootlarning davlat kadastrini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalariga yuklanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha kadastr maʼlumotlarini umumlashtirish tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman respublika boʻyicha kadastr maʼlumotlarini umumlashtirish, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik qilish, shu jumladan ularni metodik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi”;
10-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Binolar va inshootlarga huquqlarni davlat kadastrini yuritish boʻyicha ishlar ushbu binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun undiriladigan mablagʻlar va boshqa manbalar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Davlat mulki boʻlgan obyektlar boʻyicha binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ishlari davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi”;
III bob quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“III Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish
16. Binolar va inshootlarning kadastr yigʻmajildi maʼlumotlari binolar va inshootlar davlat kadastri maʼlumotlarining asosini tashkil qiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrida maʼlumotlar belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida ularning qurilishi tugallangandan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ular boʻyicha bitimlar tuzilgandan keyin hisobga olinadi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda kadastr daftarida binolar va inshootga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi) toʻgʻrisidagi, shuningdek obyektni tavsiflovchi boshqa maʼlumotlar qayd etiladi.
Maxfiylik rejimiga ega boʻlgan binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus kadastr daftarida qayd etiladi, ushbu daftarni yuritish xususiyatlari va mazkur obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha maʼlumotlardan foydalanish shartlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
17. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda binolar va inshootlarning huquqiy, xoʻjalik va arxitektura, qurilish maqomi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kadastr daftariga ilovaga muvofiq kiritiladi.
Binolar va inshootlar joylashgan joy, ularning mulkiy huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar bilan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishliligi, ushbu huquqlarning paydo boʻlish asoslari va muddatlari, ularning toʻxtatilish muddatlari, mulkiy huquqlarni va boshqa ashyoviy huquqlarni cheklash shartlari, ushbu obyektlarga uchinchi shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar binolar va inshootlarning huquqiy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hisoblanadi.
Binolar va inshootlarning qiymati, ulardan foydalanish xususiyatlari, ushbu obyektlarning ishlab chiqarishdagi maqsadlari, ulardan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi va boshqa maʼlumotlar binolar va inshootlar xoʻjalik maqomining asosini tashkil etadi.
Binolar va inshootlarning yer tuzish sxemalariga, shaharlarning bosh rejalariga, aholi yashash punktlarini joylashtirish loyihalariga, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi, binolar parametrlari (qavatlari, umumiy, yashash, ishlab chiqarish maydonlari), egallab turgan yer uchastkasi, qurilgan sanasi, muhandislik-texnik kommunikatsiyalarning mavjudligi, seysmik chidamliligi toʻgʻrisidagi va boshqa texnik maʼlumotlar binolar va inshootlarning arxitektura-qurilish maqomi hisoblanadi.
18. Kadastr maʼlumotlari asl hujjatlar yoki davlat organlari qarorlarining, shartnomalarning (oldi-sotdi, hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, renta va boshqalar), bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining, ilgari roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarning tegishli ravishda rasmiylashtirilgan nusxalari asosida tuziladi.
19. Har bir bino va inshoot kadastr daftariga muayyan kadastr raqami ostida yozib qoʻyiladi.
20. Kadastr daftaridagi yozuvlarni tuzatishga yoki toʻldirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar kadastr daftariga yozilgan maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki toʻldirish zaruriyati paydo boʻlsa, u holda ilgarigi yozuvlar bekor qilinadi va obyekt toʻgʻrisidagi yangi maʼlumotlar bilan aynan shu kadastr raqami ostida toʻldiriladi”;
23 — 26-bandlar tegishli ravishda 21 — 24-bandlar deb hisoblansin;
23-bandning birinchi xatboshidagi “reyestr” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1998-yil 31-dekabrdagi 543-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshi va 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-banddagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga” soʻzlari “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovada:
7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga yoki mulk etib olish huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish”;
10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiritish uchun yer-kadastr axborotining tarkibi va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
12-banddagi “shuningdek yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olganlik uchun undiriladigan mablagʻlar hisobiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar, ushbu huquqlarning paydo boʻlishi, boshqa shaxsga oʻtishi, cheklanishi va toʻxtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
16-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
21-bandning birinchi xatboshidagi “yerlarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda yoʻl qoʻyilgan nobudgarchilik va koʻrilgan zararlarni qoplash” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 221-band qoʻshilsin:
“221. Tuman (shahar)ning navbatchi yer-kadastr xaritasini yuritish davlat yer kadastrining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Navbatchi yer-kadastr xaritasi barcha yer uchastkalari chegaralarini yetarli darajada aniq koʻrsatish imkonini beradigan masshtabda, elektron va qogʻoz shaklida tayyorlanadi.
Navbatchi yer-kadastr xaritalarida barcha yer uchastkalarining chegaralari koʻrsatiladi. Keyinchalik xaritaga yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari tarkibida, shuningdek chegaralarda boʻlgan oʻzgarishlar muntazam ravishda kiritib boriladi.
Navbatchi yer-kadastr xaritasini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi”;
25-banddagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari” soʻzlari “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “davlat yer kadastrini yuritish zimmasiga yuklangan tegishli xizmatlarga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“27. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari”;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yer-kadastr daftarini va navbatchi yer-kadastr xaritasini tashkil qiladilar va yuritadilar, tuman (shahar) yer resurslarining mavjudligi va sifat boʻyicha holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini doimiy ravishda yangilab boradilar”;
28-bandning toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “keyinchalik ularni texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish” soʻzlari “keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan unga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “texnik roʻyxatdan oʻtkazish byurosi organlari tomonidan” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yoʻli bilan hisobga olish toʻgʻrisida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 5-modda):
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari faoliyatiga metodik rahbarlikni, shuningdek uy-joy fondi hisobi yuritilishini taʼminlasin”;
b) 1-ilovada:
uchinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasida binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “tumanlar va shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolariga” soʻzlari “tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5, 7, 10, 11, 13, 14 va 15-bandlardagi “tumanlar, shaharlar texnik inventarizatsiya kadastr byurolari”, “texnik inventarizatsiya byurosi tomonidan”, “texnik inventarizatsiya kadastr byurosining” soʻzlari tegishli ravishda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari”, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan”, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
7-banddagi “tuman va shahar texnik roʻyxatga olish kadastr byurosi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi turar joyga yoki kvartiraga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda bino va inshootga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomani beradi, u turar joy yoki kvartiraning uy-joy fondiga kiritilganligining tasdigʻi hisoblanadi.
10. Turar joylarga va kvartiralarga huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi;
g) 3-ilovada:
sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining vakili”;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan boshqa maqsadlarda turar joylar va kvartiralarni boshqa maqsadlarda foydalanish yoki buzib tashlash uchun qayta uskunalash tufayli uy-joy fondidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi munosabati bilan turar joylar va kvartiralarning maqsadi va parametrlariga oʻzgartirishlar Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 492-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududlarini kadastr boʻyicha boʻlish hamda yer uchastkalari, binolar va inshootlarning kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Yer uchastkalariga, binolar va inshootlarga, binolarning, inshootlarning bir qismiga kadastr raqamlari berish tuman (shahar) yer-kadastr daftarini toʻldirishda hamda binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari tomonidan amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 529-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 733-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 12-son, 97-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) II boʻlimning nomidagi “(realizatsiya qilish)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8-banddagi “2008-yil 1-yanvargacha” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kimoshdi savdosida sotiladi”;
g) III boʻlimning nomidagi “(realizatsiya qilishda)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 12-bandning ikkinchi xatboshidagi “yer uchastkasini” soʻzlari “yer uchastkasiga meros qilib qoldiradigan umrbod egalik qilish huquqini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 14-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi asosida sotilganda tuman (shahar) hokimi kimoshdi gʻolibiga ushbu huquq sotib olinganligi toʻgʻrisidagi davlat orderini beradi”;
j) 15-bandning birinchi xatboshida:
“hududiy organlari” soʻzlari “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ajratish va uning” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) 28-bandning uchinchi xatboshidagi “hududiy organi” soʻzlari “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 31-banddagi “hududiy organlari” soʻzlari “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
k) 32-bandda:
ikkinchi xatboshidan “(realizatsiya qilingan)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“berilgan yer uchastkasini berilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida oʻzlashtirishni boshlashga va qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin ikki oy mobaynida uy-joyga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasiga murojaat qilishga majburdir”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 8-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni turar joylar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17-bandi 4-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjudligi (yoʻqligi) haqidagi maʼlumotnomasi”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 26-noyabrdagi 268-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 11-son, 62-modda):
a) 1-ilovaning 13-bandi oltinchi xatboshidagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 13-bandi oltinchi xatboshidagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi birinchi xatboshida va 20-banddagi “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmatlari” soʻzlari “tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
16. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandi oltinchi xatboshidagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimining” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 13-sentabrdagi 256-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 77-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandi oltinchi xatboshidagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyundagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Bolalar uylari toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 10-bandidagi “yer resurslari va davlat kadastri boʻlimidan” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 13-modda):
a) 1-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarkibiga kiruvchi xoʻjalik hisobidagi davlat korxonalari” soʻzlari “tumanlar (shaharlar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
38-bandning birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
39-banddan “xoʻjalik hisobidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Tuman (shahar) xoʻjalik hisobidagi davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasi” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xoʻjalik hisobidagi davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasining” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xoʻjalik hisobidagi davlat yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasida obyektni” soʻzlari “obyektga boʻlgan huquqni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Obyektga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan yetti kun mobaynida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
1 va 2-ilovalardagi “Yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xoʻjalik hisobidagi xizmati” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovadagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatlari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Qurilish uchun yer uchastkasini tanlash va ajratish boʻyicha materiallarni tayyorlash va ularni vakolatli organlar bilan kelishish “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda davlat korxonalari deb ataladi) tomonidan “bir oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 9-bandning birinchi xatboshidagi, 16-banddagi, 19-bandning birinchi xatboshidagi, 20-bandning ikkinchi xatboshidagi, 21-bandning birinchi xatboshidagi, 22-banddagi, 29-bandning sakkizinchi xatboshidagi va 31-bandning oʻninchi xatboshidagi “xoʻjalik hisobidagi korxonalar”, “xoʻjalik hisobidagi korxona”, “xoʻjalik hisobidagi korxonaga”, “xoʻjalik hisobidagi korxonaning” soʻzlari tegishli ravishda “davlat korxonalari”, “davlat korxonasi”, “davlat korxonasiga”, “davlat korxonasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandning birinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi, 14-banddagi, 17-bandning birinchi xatboshidagi, 20-bandning birinchi xatboshidagi, 34-bandning birinchi xatboshidagi va 35-bandning birinchi xatboshidagi “Xoʻjalik hisobidagi korxona” va “Xoʻjalik hisobidagi korxonalar” soʻzlari tegishli ravishda “Davlat korxonasi”, “Davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning oltinchi xatboshidagi va 45-banddagi “xoʻjalik hisobidagi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Nizomga 1 va 2-ilovalardagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining xoʻjalik hisobidagi davlat korxonalari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-iyundagi 154-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 6-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“elektron hujjatni joʻnatuvchilar — qurilish uchun ruxsatnomalar berish toʻgʻrisida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar, yer uchastkalarini tanlash materiallarini vakolatli organlar bilan kelishib oladigan tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari), Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda davlat korxonalari deb ataladi), shuningdek obyektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda qurilish loyihasi deb ataladi) ishlab chiquvchi va ushbu hujjatlarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishuvchi loyiha tashkilotlari”;
b) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “xoʻjalik hisobidagi korxonalar” soʻzlari “davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi “xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar” soʻzlari “xoʻjalik hisobidagi korxonalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandning oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) hamda davlat korxonalari tuman (shahar) vakolatli tashkilotlari bilan kelishish tugallangandan keyin elektron hujjatni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga hamda viloyatlar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga joʻnatadilar;
g) Nizomga 1-ilovadagi “xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastr xizmati” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) Nizomga 2-ilovadagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining xoʻjalik hisobidagi davlat korxonalari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovadagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy xizmatlari” va “Obyektni roʻyxatdan oʻtkazish va mulkchilik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish — 7 kun” soʻzlari tegishli ravishda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” va “Obyektga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish va mulkchilik huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomani berish — 7 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 26-avgustdagi 234-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus industrial zonalar qatnashchilariga yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-banddagi va 9-bandning ikkinchi xatboshidagi, 10-banddagi “xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati”, 12-bandning birinchi xatboshidagi “xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmatlari”, 15-banddagi “xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmatiga”, 16, 18, 20 va 22-bandlardagi “xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmati” soʻzlari tegishli ravishda “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi”, “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonalari”, yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri korxonasiga”, “yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 21-banddagi “xoʻjalik hisobidagi xizmatda” soʻzlari “davlat korxonasida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Nizomga ilovadagi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining viloyatlardagi xoʻjalik hisobidagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri xizmatlari” soʻzlari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining viloyatlardagi yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son 1-modda), bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 42-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Xorijiy yuridik yoki jismoniy shaxsning mulki boʻlgan binolar va inshootlar sotilgan taqdirda binolar va inshootlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat binolar va inshootlarni sotishdan olingan daromadlar boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi, binolar va inshootlar Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan yuridik shaxsga sotilgan hollar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 269-modda; 2015-y., 40-son, 520-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 30-son, 733-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 03.07.2018-y., 09/18/493/1426-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 09/21/389/0587-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 12.09.2024-y., 09/24/555/0705-son; 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son)