O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sug‘urtalashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 9-apreldagi PF-4609-son Farmoni)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-avgustdagi 477-sonli “Kapital, tovar va xizmatlar (ishlar) eksporti hamda eksportni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq faoliyatni sug‘urta qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 9-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq hamda mahalliy tadbirkorlar-eksport qiluvchilarning ishonchli sug‘urta himoyasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 2-iyun,
136-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 2-iyundagi 136-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Milliy eksport qiluvchilarni sug‘urtalashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 167-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Eksport yuk tashishlarni sug‘urta qilish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga hamda “Inkoterms” xalqaro qoidalariga muvofiq tijorat tashkilotlari bo‘lgan va tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”.
2. Sarmoya, tovarlar va xizmatlarni eksport qiluvchilarga sug‘urta qoplamasi berish tartibida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Tijorat tashkilotlari bo‘lgan va tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan hamda sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxslar sug‘urta tashkilotlari deb e’tirof etiladi”;
b) 4-bandda:
birinchi va o‘n birinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishli ravishda birinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi jumla qo‘shilsin:
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan ushbu ma’lumotnoma taqdim etish talab qilinmaydi”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sug‘urta mukofotini to‘lash shartlari sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urta tashkiloti o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomasida qayd etiladi”;
to‘qqizinchi xatboshidagi “sug‘urta haqi uning joriy schyotiga” so‘zlari “sug‘urta mukofoti uning hisob raqamlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 8-bandda:
o‘n birinchi xatboshidagi “sug‘urta haqi” so‘zlari “sug‘urta mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n sakkizinchi xatboshiga “tashkilotiga” so‘zidan keyin “mazkur Tartibning 121-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi talabnoma yo‘llaydi, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin;
o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshiga “tashkilotiga” so‘zidan keyin “mazkur Tartibning 121-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni ilova qilgan holda sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yo‘llaydi, shuningdek” so‘zlari qo‘shilsin.
g) IV bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“IV. Sug‘urta mukofotini va sug‘urta tovonini to‘lash”;
d) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Tavakkalchiliklarni qoplash sug‘urta tashkiloti tomonidan franshiza belgilanmagan holda xorijiy valyutada amalga oshiriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun tavakkalchiliklarni qoplash sug‘urta tashkiloti tomonidan milliy valyutada ham amalga oshirilishi mumkin”;
e) 10-banddagi “Sug‘urta to‘lovi (sug‘urta mukofoti)” so‘zlari “Sug‘urta mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
j) 11-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
z) 12-banddagi “Sug‘urta to‘lovini” so‘zlari “Sug‘urta mukofotini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
i) quyidagi mazmundagi 121-band qo‘shilsin:
“121. Sug‘urta tovonini to‘lash to‘g‘risidagi qaror sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta tashkilotiga taqdim etiladigan, sug‘urta hodisasini va uning sababini hamda yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi quyidagi hujjatlar asosida sug‘urtalanuvchining birinchi talabiga ko‘ra qabul qilinadi:
sug‘urtalanuvchining eksport kontrakti yoki kredit bitimi bo‘yicha pul mablag‘lari tushmaganligi to‘g‘risidagi arizasi;
eksport kontrakti bo‘yicha tushum tushmagan invoyslar nusxalari;
eksport qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi bankning eksport kontrakti bo‘yicha tushmagan pul mablag‘lari miqdori to‘g‘risidagi xati;
eksport kontrakti bo‘yicha yuk xatlari (eksportga sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar) va bojxona yuk deklaratsiyalari nusxalari;
kredit bitimi bo‘yicha vakolatli tijorat banki — O‘zbekiston Respublikasi rezidenti tomonidan xorijiy hamkorga pul mablag‘lari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtalanuvchi quyidagi hujjatlardan birini:
eksport kontraktlari bajarilishi bilan bog‘liq siyosiy tavakkalchiliklar yuzaga kelganda: xorijiy hamkor mamlakatining normativ-huquqiy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy hamkor mamlakatidagi vakolatxonasi xati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati, ommaviy axborot vositalaridagi, internetdagi yangiliklar yoki ko‘rsatilgan tavakkalchiliklarning yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. Xorijiy hamkor mamlakatida konvertatsiya qilinadigan valyuta yetishmasligi tufayli transfert kechiktirilsa, O‘zbekiston bilan xorijiy hamkor mamlakati o‘rtasidagi to‘lovlarni cheklab qo‘yuvchi xorijiy hamkor mamlakatining tashqi qarziga xizmat ko‘rsatishga O‘zbekistonga moratoriy e’lon qilinganda sug‘urtalanuvchi yuqorida keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda xorijiy hamkorga xizmat ko‘rsatuvchi bankning xorijiy hamkor hisob raqamidagi yetarli mablag‘ deponentga qo‘yilganligi va xorijiy hamkor mamlakatining hukumati yoki boshqa vakolatli organining qarori tufayli eksport kontrakti bo‘yicha eksport qiluvchiga valyuta o‘tkazishning imkoniyati mavjud emasligi to‘g‘risidagi xatini;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishi bilan bog‘liq siyosiy tavakkalchiliklar yuzaga kelganda: xorijiy hamkor mamlakatining normativ-huquqiy hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy hamkor mamlakatidagi vakolatxonasi xati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xati, ommaviy axborot vositalaridagi, internetdagi yangiliklar, xorijiy hamkor mamlakati sudining qarorlari yoki ko‘rsatilgan tavakkalchiliklarning yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni;
tijorat tavakkalchiliklari yuzaga kelganda: eksport kontrakti yoki kredit bitimi bo‘yicha tushmagan pul mablag‘lari xorijiy hamkorning qarzdorlikni tan olganligi to‘g‘risidagi xati, sudning xorijiy hamkorni bankrot deb e’tirof etish to‘g‘risidagi sudning qarori yoki xorijiy hamkor mamlakati qonunchiligiga muvofiq xorijiy hamkor tomonidan kontrakt bo‘yicha qabul qilingan moliyaviy majburiyatlar bajarilishi imkonsizligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni qo‘shimcha ravishda taqdim etadi.
Sug‘urta tashkilotlariga sug‘urtalanuvchidan ushbu Tartibning mazkur bandida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.”;
k) quyidagi mazmundagi 14-band qo‘shilsin:
“14. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun berilgan sug‘urta qoplamasi bo‘yicha sug‘urta tovoni, ushbu Tartibning 121-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, sug‘urta voqeasi yuz bergan sanadan boshlab 60 kun ichida to‘lanadi, bundan ushbu Tartibning 13-bandi “j” kichik bandida nazarda tutilgan holat mustasno”;
l) A-ilovada:
1-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha agentlik” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Sug‘urta to‘lovi” so‘zlari “Sug‘urta mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Eksport qiluvchiga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki/Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” bloki chiqarib tashlansin.
m) B-ilovada:
3-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha agentlik” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Sug‘urta to‘lovi” so‘zlari “Sug‘urta mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
n) V-ilovada:
4-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha agentlik” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Sug‘urta to‘lovi” so‘zlari “Sug‘urta mukofoti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 23-son, 267-modda)