OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2364-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 23-avgustdagi 19/13-sonli ““Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2364-6, 14.09.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori (roʻyxat raqami 2364, 2012-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 20-son, 223-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 19-may,
13/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 19-maydagi 13/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41.Mazkur nizomning 4-bandida belgilangan yigʻindidan quyida keltirilgan tartib va maqsadlarda berilgan kafolat summalari (benefitsiarga toʻlab berilgan mablagʻlar bundan mustasno) chegiriladi:
prinsipal tomonidan kafolat boʻyicha majburiyatlarning bajarilishiga taʼminot sifatida qoʻyilgan pul mablagʻlari. Mazkur pul mablagʻlari kafolat bergan tijorat bankida ochilgan alohida hisobvaraqda kafolat shartnomasi muddati tugagunga qadar saqlanishi lozim;
xorijiy va xalqaro tashkilotlarning kredit liniyalari va qarzlarini jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan kafolatlar;
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida berilgan kafolatlar.”.
2. 9-bandning ikkinchi xatboshisi “qogʻozlar” degan soʻzdan keyin “, pul mablagʻlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 276-modda)