OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRINING
buyrugʻi
ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-1, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2591]
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-1, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1994-yil 20-oktabrdagi 268-sonli “Ixtisoslashtirilgan axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni giyohvandlikdan majburiy davolashni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. AXMEDBAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-may,
65-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-1, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-ijroiya kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, alkogolizm, giyohvandlik va zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslarga (bundan buyon matnda hukm qilingan shaxslar deb yuritiladi) nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-1, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 96-moddasiga asosan, alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka yoʻliqqan shaxslar tomonidan jinoyat sodir etilgani taqdirda, agar tibbiy xulosa mavjud boʻlsa, sud jazo tayinlash bilan birga ularga tibbiy yoʻsindagi choralarni ham tayinlashi mumkin.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilingan boʻlsa, tibbiy muassasalarda majburiy davolanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslar ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan boʻlsa, ularni davolash jazoni oʻtayotgan joyda amalga oshiriladi, jazoni oʻtab boʻlganidan keyin agarda davolashni davom ettirishga zarurat boʻlsa, umumiy asosda tibbiy muassasalarda davolanadi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 30-yanvardagi 25-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2591-1, 12.02.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Hukm qilingan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ularni davolash maqsadida qoʻllaniladi.
3. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini ijro etish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi yoki ajrimi asos boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash
4. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar jazoni ijro etish muassasalarining qabul boʻlimida shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan roʻyxatga olinadi va 3 kun ichida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar klinik, anamnestik, psixopatologik, somatonevrologik va laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkaziladi va ularga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr tomonidan tashxis qoʻyiladi hamda individual ravishda davolash rejasi belgilanadi.
6. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga muvofiq davolash rejasiga asosan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
7. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslar dori vositalari hamda psixoterapevtik taʼsir oʻtkazish choralari bilan davolanadi.
Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga motivatsion intervyu, kognitiv-axloqiy, suggestiv, ratsional va psixologik (ijtimoiy psixologik va retsidivga qarshi) treninglar orqali psixoterapiya, tibbiy-ijtimoiy hamda kasbiy reabilitatsiya usullari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarda faol sil kasalligi mavjudligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash faol sil kasalligiga ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish muassasalarida amalga oshiriladi.
9. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga shifokor-narkolog yoki shifokor-psixiatr xulosasiga asosan statsionar yoki ambulatoriya kuzatuvi tayinlanadi.
10. Statsionar kuzatuvda dori vositalarini qoʻllagan holda patogenetik va simptomatik davolash amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Statsionar kuzatuv yakunlangandan soʻng, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxslarga ambulator kuzatuv tayinlanadi va tegishli davolash ishlari amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Statsionar yoki ambulator kuzatuv davrida shaxsda unga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllashga toʻsqinlik qiluvchi kasallik mavjudligi aniqlangan taqdirda, tibbiy komissiya tomonidan berilgan xulosaga muvofiq tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash vaqtinchalik toʻxtatib turiladi.
13. Hukm qilingan shaxs tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortsa, tibbiyot boʻlimi boshligʻi jazoni ijro etish muassasasi boshligʻini bu haqda yozma ravishda darhol xabardor qiladi. Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishidan bosh tortgan hukm qilingan shaxsga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq choralar qoʻrilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash jazoni ijro etish muassasasi tibbiy komissiyasining xulosasiga asosan yakunlanadi.
15. Jazoni ijro etish muassasasi boshligʻi tibbiy komissiya xulosasiga asosan oʻn kun ichida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini tugatishni soʻrab tegishli sudga yozma ravishda murojaat qiladi. Bunda tibbiy xulosa va tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildi mazkur murojaatga ilova qilinishi lozim.
16. Tibbiy xulosadagi maʼlumotlar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator varaqasiga qayd etiladi.
17. Jazoni ijro etish muassasasining maʼmuriyati alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash kursini tugallamagan shaxslarga nisbatan — viloyat, shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari) yoki sogʻliqni saqlash organlarining davolash muassasalarini ularning ozod etilganligi toʻgʻrisida oldindan xabardor etadi. Bunda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilgan hukm qilingan shaxsning tibbiy ambulator kartasidan koʻchirma ham yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 2-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 275-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2591-1/0691-son)