Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2015 10.01.2014 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2015
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yunusobod tumanida 2014-yilda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining 2015-yil 13-yanvardagi 31-sonli “Yunusobod tumanida 2015-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mashina va asbob-uskunalarning texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi nizomi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 229-modda) ijrosini taʼminlash hamda tumanda 2014-yilda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini (bundan buyon matnda texnika deb yuritiladi) har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yunusobod tumanida 2014-yilda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda qishloq hoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 1-ilovaga* va komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha davlat inspektori (komissiya raisi) M. Karimqulovaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslarga (bundan buyon matnda mulkdor deb yuritiladi) texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani texnik koʻrik oʻtkazish kunidan kamida oʻttiz kun oldin yuborishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalarni yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejasi va komissiya tarkibini yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha rusumdagi qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish” maydonchalariga yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berilishi va qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun oʻn kundan kam boʻlmagan muddatni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan holda tuman hokimligiga maʼlumot berish ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boshqa tumanlarda foydalanilayotgan texnika ushbu manzildagi davlat inspektori tomonidan texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan davlat inspektorining soʻrovnomasiga asosan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkdorlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bildirishnomani olgandan soʻng texnik koʻrik oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalar toʻgʻrisida dalolatnoma toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni texnika doimiy roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat inspektoriga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Davtexnazorat” inspeksiyasi (S. Xaitov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorni toʻliq bajarish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror 2014-yil 15-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Salixov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. AZIMDJANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son