24.01.2014 yildagi 17-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyat hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va aholi dam olish markazlarini faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi “2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 178-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda madaniyat va aholi dam olish markazlari tomonidan koʻrsatilayotgan madaniy-ommaviy xizmatlar bilan aholining keng qatlamlarini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatdagi mavjud 159 ta madaniyat uylari va klub muassasalari negizida, viloyat boʻyicha 1-ilovaga* muvofiq zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari tashkil etilishi munosabati bilan 2-ilovaga* muvofiq joylardagi madaniyat uylari va klub muassasalari faoliyati toʻxtatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror chiqgan kundan boshlab zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari toʻliq faoliyat yuritilishi yoʻlga qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatdagi barcha shahar va tuman xokimlari viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (B. Usmonov) oʻrnatilgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining 2013-yil 16-oktabrdagi 1083-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Madaniyat va aholi dam olish markazlarining namunaviy shtatlari” meʼyorlari asosida zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari ishchi xodimlarining shtat birliklariga asosan 2014-yil 2-yanvardan boshlab madaniyat boʻlimlari shtatlar jadvaliga, strukturasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan faoliyati toʻxtatilishi belgilangan madaniyat uylari va klub muassalarining faoliyatini toʻxtatish choralarini koʻrishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbullashtirilayotgan madaniyat uylari va klub muassasalaridagi mavjud, foydalanishga yaroqli musiqa asboblari va anjomlarini xatlovdan oʻtkazilgan holda yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlarining balansiga oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda markazlar tomonidan qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish, shu jumladan, madaniyat va aholi dam olish markazlarida pullik toʻgaraklar, studiyalar, havaskorlik jamoalari konsertlarini, joylardagi turli xil madaniy va bayram tadbirlarini tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmasi (I. Mamajonov) bilan birgalikda yangi tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari joylashtirilishi belgilangan binolarni oʻrnatilgan tartibda madaniyat va sport ishlari boʻlimlari balansiga oʻtkazish ishlarini amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼmirlash ishlari olib borilayotgan hamda taʼmirtalab binolarda joylashgan Markazlar faoliyatini uzluksiz davom ettirish, mavjud toʻgarak va jamoalarning mashgʻulot oʻtkazishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida, ushbu Markazlarga umumtaʼlim maktablari, kollej va Akademik litseylar kabi sharoiti bor tashkilotlardan vaqtinchalik xonalar ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi (F. Qosimov) bilan birgalikda madaniyat uylari va klub muassasalari sonini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (B. Usmonov), viloyat “Kamolot” YIH (Sh. Rahimov), “Mahalla” xayriya jaomat fondi viloyat boʻlimi (A. Yulbarsov) shahar va tuman hokimliklari bilan birgalikda oʻrnatilgan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vatan himoyachilari kuni”, “Mustaqillik”, “Navroʻz”, “Xotira va qadrlash kuni”, “Konstitutsiya kuni”, “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” kabi umumxalq bayramlar va muhim sanalarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida nishonlash belgilangan tadbirlarni joylarda oʻtkazilishida madaniyat va aholi dam olish markazlarining yanada keng jalb etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniyat va sanʼat yoʻnalishida yoshlarni maʼnaviy kamol toptirishga qaratilgan koʻriklar, koʻrgazmalar, festivallar va tanlovlarni aholining turli qatlamlarini jalb etgan holda tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Madaniyat va sport ishlari (B. Usmonov) hamda viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy (I. Nosirov) boshqarmalari bilan hamkorlikda madaniyat va aholi dam olish markazlarida kasb-hunar kollejlari tegishli yoʻnalishlar va mutaxassisliklar boʻyicha bitiruvchi talabalarining, shuningdek madaniyat va sanʼat kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarining oʻquv, ishlab chiqarish hamda diplomdan oldingi amaliyotini oʻtashini (stajirovkasini) taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat Moliya boshqarmasi (N. Xodjayev) bilan birgalikda mahalliy budjetlar mablagʻlari, shu jumladan madaniyat uylari va klub muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlar, mahalliy budjetlarning yil boshidagi boʻsh qoldiqlari, choraklar yakunlari boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilishi, mahalliy budjetlar xarajatlari boʻyicha tejash natijasida boʻshaydigan mablagʻlar, shuningdek jalb etiladigan homiylik mablagʻlari va boshqa mablagʻlar hisobiga madaniyat va aholi dam olish markazlarini mukammal taʼmirlash (rekonstruksiya qilish) va jihozlash uchun puxta hisob-kitoblar asosida tayyorlangan hujjatlarga muvofiq belgilangan tartibda mablagʻlar ajratish boʻyicha taklif kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi (B. Usmonov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan tashkil etilayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlariga tanlov asosida malakali kadrlarni tanlab olish va ishga qabul qilish, ularning muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi 178-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Madaniyat va aholi dam olish markazlari toʻgʻrisida”gi nizom talablari asosida har bir madaniyat va aholi dam olish markazining samarali faoliyatini tashkil etish, uslubiy qoʻllanmalar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi (M. Alixonov) bilan birgalikda madaniyat va aholi dam olish markazlarini tasdiqlangan normativlarga muvofiq zarur musiqa asboblari, mebellar va anjomlar bilan jihozlashni hisobga olgan holda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda madaniyat va aholi dam olish markazlari obyektlarini mukammal taʼmirlash uchun tanlov (tender) savdolari oʻtkazish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat Teleradiokompaniyasi (N. Moʻminov) va hududiy ommaviy axborot vositalariga dastur doirasida bajarilayotgan tadbirlarni keng yoritish ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari A. Poʻlatov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim Sh. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-son
(“Fargʻona haqiqati” gazetasi, 01.02.2014-y., 9 (22871)-son)