30.12.2013 yildagi 265-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati SoʻX tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2014-yilda aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, uzum, mevali pakana va yarim pakana koʻchatlarni ekish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda 2014-yilda aholi shaxsiy va dala tomorqalari, fermer xoʻjaliklarining dala chetlaridan samarali foydalanish, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish, talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berishni tizimli ravishda tashkil etish va Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi 01-03-15-37-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlarining hamda viloyat hokimining 2013-yil 14-noyabrdagi 232-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-noyabrdagi 01-03-15-37 sonli yigʻilish bayoni hamda shu haqida qabul qilingan viloyat hokimining 2013-yil 14-noyabrdagi 232-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligida 2014-yil uchun “Aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va tizimli ishlarni tashkil etish asosiy ustuvor yoʻnalish etib belgilab olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va tizimli ishlarni tashkil etish boʻyicha tuman ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga*, tuman shtabi ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi (M. Jumayev) qishloq xoʻjaligida 2014-yil uchun belgilangan “Aholi shaxsiy va dala tomorqalaridan samarali foydalanish, ularga talab etiladigan moddiy-texnik resurslarni yetkazib berish va ishni tizimli tashkil etish” boʻyicha tuman ishchi guruhi, qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari, jamoatchilik kengashlari faoliyatini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman ishchi guruhi tumandagi tegishli korxona, tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda aholi shaxsiy va dala tomorqalaridagi jami yerlar, shundan ekin ekiladigan, yangi mevali va tok koʻchatlari oʻtkaziladigan maydonlarni aniqlab, ekinlarni turlari boʻyicha joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomorqa va xonadonlar kesimida shaxsiy va dala tomorqalarida rejalashtirilgan ekin turlarini ekish va mahsulotlar yetishtirish boʻyicha kunlik nazorat va monitoring yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ertagi sabzavot koʻchatlarini tayyorlashni va parniklarda, maxsus koʻchatxonalarda koʻchatlarni oʻz muddatlarida aholi tomorqalariga ekish ishlarini tashkil etishni nazorat qilib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzda va erta bahorda sabzavot ekinlarini plyonka ostiga ekish va parvarishlash ishlarini oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqalarida ekinlarni ekish va hosil yetishtirish bilan bogʻliq ilgʻor tajribalarni ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi tomorqasi va xonadonlarda qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish va mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha monitoring yuritish uchun qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlari tomonidan hisob-kitob yuritish daftarlari, har bir xonadon uchun ekinlar pasportini joriy etilishini tashkil etsinlar va ularning bajarilishi ustidan muntazam monitoring oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman ishchi guruhi, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, OATB “Agrobank” tuman boʻlimi tomorqalarga ekish uchun aholiga kredit mablagʻlari, mineral oʻgʻit, yoqilgʻi moylash materiallari, koʻchat va urugʻ, polietiliyen plyonka, kimyoviy vositalarni talab asosida oʻz muddatida ajratilishini va yetkazib berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, “Mahalla” jamoat fondi, “Kamolot” YIH tuman boʻlimlari aholi shaxsiy va dala tomorqalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun ularni suv va texnika vositalari bilan oʻz muddatida taʼminlab borish, ichki ariqlarni qoʻlda va texnikalar yordamida tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholi shaxsiy va dala tomorqa yerlaridan samarali foydalanish yuzasidan monitoring olib borish, aholi tomonidan samarasiz va noqonuniy foydalanilayotgan yerlarni qaytarib olish boʻyicha tizim 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimligi, tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tuman Yer resurslari va Davlat kadastri boʻlimi bir oy muddatda joylarda mavjud dala tomorqa yerlaridan foydalanishning holatini oʻrganib chiqib, tizimga asosan samarasiz va noqonuniy foydalanilayotgan yerlarni qaytarib olish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tuman ishchi guruhi aholi tomonidan samarasiz va noqonuniy foydalanilayotgan yerlarni qaytarib olish boʻyicha tizimni joylarda ijrosini toʻliq taʼminlasin va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirilishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Uzum va mevali hamda pakana va yarim pakana koʻchatlarni ekishni tashkil etish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tumanda 2013-yil kuzida va 2014-yil bahorida fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan mevali hamda pakana va yarim pakana koʻchatlarni ekish ishlari 4-ilovaga*, bogʻlarni rekonstruksiya qilish rejalari 5- ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fermer xoʻjaliklari, korxona va tashkilotlarda mevali hamda pakana va yarim pakana koʻchatlarni ekish uchun talab etiladigan koʻchatlarni tayyorlash va ularni joylarga yetkazib berish, ekish ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi 6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tumanda eski, yaroqsiz bogʻlarni buzish, ekin yer maydonlarini koʻpaytirish masalasi boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fermer xoʻjaliklari va barcha yerdan foydalanuvchilarning bogʻ maydonlarini haqiqiy ahvolini joyida atroflicha oʻrganish, qarovsiz va samarasiz foydalanilayotgan, hosil bermaydigan bogʻlarni buzib, ochiq yer maydoniga aylantirish boʻyicha tizim 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4—7-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hokim oʻrinbosari (M. Jumayev), tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tuman Yer resurslari va Davlat kadastri boʻlimiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eski, yaroqsiz bogʻlarni belgilangan tartibda ochiq yer maydoniga aylantirish maqsadida buzish ishlarini tashkil qilish boʻyicha otryadlar tashkil qilish va ushbu otryadlarga tuman fermyerlari kengashi, qishloq fuqarolar yigʻinlari raislarini biriktirib ularning vazifalarini belgilab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir otryadlarga buziladigan bogʻlar maydonlarini taqsimlab berish va 1-dekabrgacha muddatda bogʻlarni buzib ochiq yer maydonlarini kelgusi yilga tayyorlash (shudgorlash, pol olish, shoʻr yuvish) ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda qoʻshilgan ushbu yer maydonlarini optimallashtirish tizimi asosida gʻalla yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga qoʻshib berish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim T. RAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rovon sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-son
(“Sadoi sux” gazetasi, 25.01.2014-y., 2 (6288)-son)