Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017 29.05.2014 yildagi 135-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-dekabrdagi 1009-sonli “Daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2014-2015-yillarda va istiqbolda 2020-yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 21-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2014-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-maydagi 135-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qoidalar Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha har yilgi Yig‘ma manzilli dasturni (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma manzilli dastur deb ataladi) shakllantirish, shuningdek loyihalarning ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini, tasdiqlanishini, amalda bajarilishini tashkil etish, ularning amalga oshirilishi va samaradorligi yuzasidan nazorat va monitoring olib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv obyekti — tabiiy (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar) hamda sun’iy (ochiq va yopiq kanallar, shuningdek kollektor-drenaj tarmoqlari) suv oqimlari, tabiiy (ko‘llar, daryolar, yer ostidagi suvli gorizontlar) hamda sun’iy (suv omborlari, selxonalar, hovuzlar va boshqalar), suv havzalari, shuningdek buloqlar va doimiy yoki vaqtinchalik suvlar yig‘iladigan hamda suv rejimining xarakterli shakllari va belgilari mavjud bo‘lgan boshqa obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimi — o‘zanida umumiy nishablik yo‘nalishi bo‘ylab suvlar doimiy yoki vaqtinchalik oqadigan suv obyekti, suv oqimi doimiy — suv yil bo‘yi yoki vaqtincha oqadigan (quriydigan, muzlaydigan) bo‘lishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin — qorlarning intensiv, qisqa vaqt erishi va ko‘plab yomg‘irlar yog‘ishi natijasida vujudga keladigan suv oqimining biror-bir tarmog‘ida suv sathining jadal, nisbatan qisqa vaqtda va nodavriy ko‘tarilishi va suv sarfining ko‘payishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlari — toshqinlar davrida suv oqimlari o‘zanida oqadigan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel — juda katta (umumiy oqim massasi 75 foizgacha) bo‘ladigan, buzish kuchiga ega bo‘lgan qisqa muddatli toshqin, uning tarkibida kichik tog‘ va tog‘ oldi daryolari havzalarida hamda ancha (kamida 0,10) qiya yonbag‘irli quruq soylarda kuchli yomg‘irlar yoki qorlarning jadal erishi natijasida paydo bo‘ladigan mineral zarrachalar va tog‘ jinslari parchalari mavjud bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sel oqimlari — sellar ro‘y beradigan davrda suv oqimlari bo‘ylab o‘tadigan suvlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz o‘tkazib yuborish — suvlarni suv oqimlari bo‘ylab, aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlar uchun salbiy oqibatlarsiz o‘tkazib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqimni barqarorlashtirish — suv oqimlari bo‘ylab xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida toshqin suvlariga va sel oqimlariga bo‘ladigan texnogen ta’sirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash ishlari — himoyalash inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash ishlari, gidrotexnika inshootlari, ko‘priklar, suv quvurlari, gaz quvurlari va suv oqimlari joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlardagi himoyalash ishlari, toshqin suvlarini va sel oqimlarini halokatsiz o‘tkazib yuborish,aholi punktlarini, sug‘oriladigan yerlarni, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida suv to‘plagichlarda va suv oqimlari o‘zanlarida daraxtlar o‘tqazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlari — dambalar, shporalar, shalolalar, chuqurlar, o‘yiqlar va o‘zanlarni tartibga soluvchi boshqa inshootlar, shuningdek toshqin suvlarini va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlaydigan nishabliklarni mustahkamlash bo‘yicha konstruksiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va qurish — himoyalash inshootlarini to‘liq yoki qisman qayta qurish va qurish. Himoyalash inshootlari rekonstruksiya qilingandan keyin ularning boshlang‘ich loyiha parametrlari va tarkibi yangi loyihaga muvofiq qisman yoki to‘liq o‘zgarishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoyalash inshootlarini ta’mirlash va tiklash — himoyalash inshootlarining, suv xo‘jaligi va suv oqimlarida joylashgan boshqa ijtimoiy obyektlarning loyihadagi parametrlarini saqlash uchun mo‘ljallangan, shu jumladan inshootlarni va ularning ayrim buzilgan joylarini, cho‘kindilardan tozalash, ta’mirlash ishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihasi — toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish maqsadida suv oqimlarida joylashgan himoya inshootlarini, suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni rekonstruksiya qilish, qurish, ta’mirlash va tiklash tadbirlarini nazarda tutuvchi loyiha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalari quyidagi asosiy talablar asosida shakllantiriladi va amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish aholi punktlari, sug‘oriladigan yerlar, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni himoya qilishni nazarda tutishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlari kompleks muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha muhandislik-texnikaviy (muhandislik-geologiya, topogeodeziya, gidrometeorologiya) izlanishlar va tadqiqotlar kompleks holda o‘tkazilishi kerak, shu jumladan ular suv oqimlari o‘zanlari, himoya inshootlari, suv xo‘jaligi obyektlari va ularning o‘zanlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarning holatini o‘rganishdan iborat bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha himoyalash ishlarida himoyalash inshootlari, suv xo‘jaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni va ilg‘or tajribalar natijalarini joriy etish nazarda tutilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toshqin suvlarini va suv oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish tadbirlariga amaldagi suv xo‘jaligi va gidrometeorologiya vaziyatini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya tadbirlarini amalga oshirishning ustuvorligi va navbatliligi ularning ijtimoiy ahamiyatini, shuningdek gidrometeorologiya prognozlarini va suv oqimlarining va ulardagi inshootlarning amaldagi holatini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Har yilgi Yig‘ma manzilli dasturni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha himoya inshootlarini va boshqa inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va tiklash Suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) doirasida ishlab chiqilgan har yilgi Yig‘ma manzilli dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yig‘ma manzilli dastur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlarini, shuningdek suv oqimlarida boshqa himoya ishlarini bajarish loyihalarining prognoz parametrlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yig‘ma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlardan (keyingi o‘rinlarda hududiy manzilli dasturlar deb ataladi) shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy manzilli dasturlar real suv xo‘jaligi, gidrometeorologik shart-sharoitlarni va suv oqimlarining boshqa tabiiy-xo‘jalik shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash vazifalarini hal etishga kompleks va tizimli yondashish asosida ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv oqimlarida himoya inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya inshootlarini ta’mirlash va tiklash, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlari bo‘yicha loyihalarning manzilli ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklashning loyiha-qidiruv ishlari, shuningdek suv oqimlaridagi boshqa himoya ishlarining manzilli ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan hududiy ishchi guruhlar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Canoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari va viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari hududiy ishchi guruhlarning rahbarlari hisoblanadilar.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 4-maydagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 198-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Hududiy ishchi guruh tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zgidromet” markazi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari;
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat bo‘lganda hududiy ishchi guruhlar tarkibiga boshqa tashkilotlarning vakillari ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda quyidagi materiallarni tayyorlaydilar va hududiy ishchi guruhlarning ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha asosiy suv obyektlari, suv obyektlari va ulardagi inshootlarning texnik tavsiflari ko‘rsatilgan sxematik xaritalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p yillik gidrologik ma’lumotlar, shuningdek toshqin suvlari va sel oqimlarini o‘tkazib yuborish bo‘yicha boshqa ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hududiy ishchi guruhlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-martgacha bo‘lgan muddatda joyning o‘ziga borib gidrografik tamoyil asosida suv oqimlarini va boshqa suv obyektlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi obyektlarini va boshqa ijtimoiy obyektlarni, aholi punktlarini hamda sug‘oriladigan yerlarni batafsil tekshirib chiqadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirib chiqish yakunlari bo‘yicha himoya inshootlari yemirilishi, suv oqimlari o‘zanlarining o‘pirilishi va loyqa cho‘kishi, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlardagi yemirilishlar, aholi punktlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni suv bosishi xavfi mavjudligini aniqlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xo‘jaligi obyektlari va suv oqimlaridagi boshqa ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoya ishlarini belgilaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-aprelgacha bo‘lgan muddatda kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqadilar hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kelgusi yil uchun hududiy manzilli dasturlar 10-aprelgacha bo‘lgan muddatda tegishli toshqinga qarshi hududiy komissiyaning qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan hududiy manzilli dastur, belgilangan tartibda, har yili 15-aprelgacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zgidromet” markazi, “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hududiy manzilli dasturlar asosida kelgusi yil uchun Yig‘ma manzilli dasturni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kelgusi yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha Yig‘ma manzilli dastur 1-maygacha bo‘lgan muddatda, belgilangan tartibda, toshqin suvlari va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborish, qor ko‘chishi va ko‘chki hodisalari xavfini pasaytirishni ta’minlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi deb ataladi) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi 15-maygacha bo‘lgan muddatda Yig‘ma manzilli dasturni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda amalga oshirish uchun belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Suv xo‘jaligi, gidrometeorologik va suv oqimining boshqa tabiiy-xo‘jalik shart-sharoitlarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari, himoya ishlarining asoslanganligi va ustuvorligi hisobga olingan holda, Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining qarori bilan Dasturga va Yig‘ma manzilli dasturga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tasarrufida suv xo‘jaligi obyektlari va ijtimoiy obyektlar bo‘lgan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari — tegishli himoya ishlari bajarilishining buyurtmachilari Yig‘ma manzilli dastur va tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida qurish, ta’mirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli ro‘yxatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va tasdiqlanishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kelgusi yil uchun tasdiqlangan Yig‘ma manzilli dastur toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha himoya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha loyiha hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda loyiha hujjatlari deb ataladi) ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq belgilangan tartibda “Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyiha hujjatlari faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan turini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Loyiha hujjatlari buyurtmachining tarmoq ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha hujjatlarining davlat ekspertizasi, belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi organlari tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspertizadan o‘tgan loyiha hujjatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirish belgilangan tartibda buyurtmachilar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish, belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining xarajatlar smetasida foydalanish xarajatlari uchun mo‘ljallangan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, shuningdek markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar limitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z balanslaridagi ijtimoiy obyektlarni himoya qilish maqsadida toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash tadbirlarini belgilangan tartibda o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish, bajarilgan ishlarni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalari amalga oshirilishini nazorat qilish belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan shartnoma majburiyatlariga va shartnomada qayd qilingan boshqa funksiyalarga pudratchi tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, obyekt qurilishini texnik kuzatib borish va texnik nazorat qilish yuzasidan — buyurtmachilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishning butun davri va tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish mobaynida bajarilgan qurilish-montaj ishlarining loyiha qarorlariga muvofiqligi ustidan mualliflik nazorati yuzasidan — loyiha tashkilotlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati va ularning qurilish normalari va qoidalariga, normativ-texnik va loyiha hujjatlariga muvofiqligi, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan qurilish obyektida ijro hujjatlari yuritilishini nazorat qilish yuzasidan — “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratiladigan budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda Yig‘ma manzilli dasturga kiritilgan loyihalar amalga oshirilishining obyektma-obyekt monitoringi olib borilishini ta’minlaydi va har oyda tegishli axborotni Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

1. Har yili 1-fevralgacha bo‘lgan muddatda hududiy ishchi guruhlar tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-martgacha bo‘lgan muddatda suv oqimlari va boshqa suv obyektlarini, suv xo‘jaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy obyektlarni, aholi punktlari va sug‘oriladigan yerlarni tekshirib chiqish, ustuvor himoya ishlarini belgilash, kelgusi yil uchun hududiy manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish va 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun toshqinga qarshi hududiy komissiyaga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hududiy manzilli dasturni ko‘rib chiqish va tasdiqlash va 15-aprelgacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelgusi yil uchun Yig‘ma manzilli dastur loyihasini ishlab chiqish, uni belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish hamda 1-maygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kelajak yilda amalga oshiriladigan loyihalarning Yig‘ma manzilli dasturini ko‘rib chiqish va tasdiqlash hamda 15-maygacha bo‘lgan muddatda qurish, ta’mirlash-tiklash va loyiha-qidiruv ishlarining alohida manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga yuborish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tasdiqlashni tashkil etish, shuningdek tasdiqlangan tarmoq jadvallariga muvofiq loyihalarni amalda bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini amalga oshirishni belgilangan tartibda nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Loyihalar amalga oshirilishi ustidan obyektma-obyekt monitoring olib borish va Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasiga axborot kiritish.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 22-son, 260-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)