jizzax viloyati Zomin tumani hokimining
Qarori
Tumanda maishiy chiqindi chiqarish uchun toʻlov narxini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Zomin tumani hokimining 2015-yil 20-martdagi 453-sonli “Tumanda maishiy chiqindi chiqarish uchun toʻlov narxini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi 362-II-son Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 72-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997-yil 25-apreldagi “Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 211-sonli va 2013-yil 3-dekabrdagi “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 315-sonli qarorlari (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 49-son, 632-modda) ijrosini taʼminlash va tumanda aholi yashaydigan joylarni tozalash hamda sanitariya holatini yaxshilash maqsadida qaror qilaman:
1. Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxona, tashkilot va muassasa hamda aholi uchun chiqindi chiqarish toʻlovi tuman Obodonlashtirish boshqarmasining chiqindi chiqarish kalkulatsiyasiga asosan quyidagi yangi narxda tasdiqlansin:
a) 1 (bir) tonna qattiq maishiy chiqindi (QMCh) — 29002 soʻm;
b) aholidan har 1 (bir) kishi uchun — bir oyda 661 soʻm.
2. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (A. Yusupov)ga:
tumanda aholi yashaydigan joylarni tozalash va sanitariya holatini yaxshilashni taʼminlash uchun toʻplanib qolgan chiqindilarni muntazam ravishda chiqarilishini tashkil etish vazifasi yuklatilsin.
3. Tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi (S. Bozorboyev) bilan birgalikda aholi oʻrtasida chiqindi chiqarish uchun yangi toʻlov kalkulatsiyasi joriy etilganligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borilsin.
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Abdugʻaniyev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. SAFAROV
Zomin sh.,
2014-yil 12-mart,
212-son