31.12.2013 yildagi 557-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Quvasoy shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2013-2014-yil kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1996-sonli hamda Viloyat hokimining 2013-yil 13-iyuldagi 149-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 5-iyuldagi «Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-1996-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Oʻzbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasining kompaniyaga tegishli korxonalarida aholiga suyultirilgan gaz etkazib berishni tashkil etish uchun 510 ming dona maishiy gaz ballonlarini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
«Oʻzneftegazmash» AK zavodlarida maishiy gaz ballonlarini ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan metall prokati, reduktorlar va butlovchi buyumlar, istisno tariqasida bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahar iqtisodiyot tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Asosiy muxandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obʼektlarini hududlar boʻyicha 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2*, 3*, 4-ilovalarga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2013-2014-yil kuz-qish davri uchun koʻmir, suyultirilgan gaz, mazut, texnik tuzni hududlar boʻyicha etkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar boʻyicha tabiiy gaz etkazib berish imkoni boʻlmagan hududlardagi aholi xonadonlari roʻyxati 6-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar iqtisodiyoti tarmoqlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 7-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shahar hokimi rahbarligida shahar komissiyasi aʼzolari, shahar korxona va tashkilot rahbarlari zimmasiga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obʼektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumida barqaror ishlashiga yoʻnaltirilgan tadbirlar hamda ishlarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahar komissiyasi raisi oʻrinbosarlari (A. Abduraxmonov, I. Fayzimatov, G. Yuldasheva)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar-joy binolari, maktabgacha tarbiya, umumtaʼlim maktablari, kollejlar, tibbiyot birlashmasi hamda boshqa ijtimoiy soha obʼektlarini 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqish va shu yilning 20 oktyabridan kechikmay ushbu masala boʻyicha komissiyaning majlisini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarining 2013-2014-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yillar kuz-qish mavsumida shahar iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obʼektlari va uy-joy fondini barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida ushbu qarorda belgilangan tadbir va topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish va har 10 kunda olib borilayotgan ishlarni tanqidiy muhokama etib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. «Vodiygaztaʼminot» UK shahar filiali (Yuldashev), «Oʻzbekkoʻmir» OAJ Fargʻona xududiy distribyuterlik markazi Rapqon filiali (Oʻrolov) bilan birgalikda joriy yilning 1 noyabriga qadar 6-ilovaga asosan hududlardagi tabiiy gaz bosimi yaxshi yetib bormaydigan va suyultirilgan gazdan foydalanuvchi aholi xonadonlarini tabiiy gaz tarmogʻidan uzish, ularni zarur boʻlgan koʻmir yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz bilan taʼminlash choralarini koʻrish hamda joylarga koʻmir yoqilgʻisi va suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi transport vositalari, masʼul shaxslarni biriktirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. «Oʻzbekkoʻmir» OAJ Fargʻona xududiy distribyuterlik markazi Rapqon filiali (Oʻrolov) va tegishli masʼullar bilan birgalikda xalq xoʻjaligi va aholi ehtiyoji uchun zarur boʻlgan koʻmir yoqilgʻisini shu yilning 1 noyabriga qadar toʻliq keltirilishini taʼminlash hamda har bir xudud boʻyicha tasdiqlangan jadval asosida aholiga sotilishini tashkil etish va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har 10 kunda shahar hokimligiga axborot berib borish vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shahar «Beshariq tongi» gazetasi bosh muharriri (Temirov) 2013-2014-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar xokimining 2013-yil 18-iyuldagi 644-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tuman hokimining ushbu qarori rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. ZIYAVITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvasoy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
557-son