Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.1997 07.04.1992 yildagi PF-385-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATUVChI KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI UYuShMASI (OʻZMAIShIYXIZMAT UYuShMASI)NI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 17-sentabrdagi PF-1843-son “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tizimida islohotlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisiga maishiy xizmatni yaxshilash, xizmat koʻrsatish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirish, tarmoqni boshqarishning epchil tashkiliy tuzilmasini vujudga keltirish, maishiy xizmat korxona va tashkilotlarining xoʻjalik sohasidagi mustaqilligini kengaytirish, shuningdek maishiy xizmat koʻrsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maishiy xizmat koʻrsatish Respublika davlat-kooperativ markazini tugatib, maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari Oʻzbekiston respublika Uyushmasi (Oʻzmaishiyxizmatuyushma)ni tashkil etish toʻgʻrisida maishiy xizmat xonalari va tashkilotlarining taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzmaishiyxizmatuyushma yuridik shaxs huquqlariga ega boʻlgan, aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi hamda oʻz faoliyatini Nizomga, toʻla xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi boshqarish qoidalariga muvofiq amalga oshiruvchi barcha mulkchilik shakllaridagi xoʻjalik ishlarini yurituvchi subyektlarni va yakka tadbirkorlarni paychilik asoslarida ixtiyoriy biriktiradigan xoʻjalik uyushmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzrembittexnika” konserni bilan “Oʻzstroyremmebelbit” uyushmasi tarkibiga kirgan firmalar va trestlarni mehnat jamoalarining manfaatlarini eʼtiborga olib, belgilangan tartibda aksionerlik jamiyatlari va jamoa korxonalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari amaldagi qonunlarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahar maishiy xizmat koʻrsatish boshqarmalarini, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarni hududiy uyushmalarga aylantirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti bilan birgalikda aholiga maishiy xizmat koʻrsatish rayon (shahar) ishlab chiqarish birlashmalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar Oʻzbekiston respublika Uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar qilib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy xizmat bozoridagi ahvolni va aholining ehtiyojini oʻrganish asosida respublikada maishiy xizmatni rivojlantirish konsepsiyalar kelgusidagi va qisqa muddatli taraqqiyot istiqboli rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, maishiy xizmat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining, shuningdek Uyushmaga kiruvchi yakka tadbirkorlarning faoliyatini aholining maishiy xizmatlarga boʻlgan talab-ehtiyojlarini toʻla-toʻkis taʼminlash manfaatlari yoʻlida muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy xizmat sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni oʻtkazish, Yangi texnika hamda ilgʻor texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish, texnologiya va nostandart uskunalarni tayyorlash, tarmoq korxonalarini moddiy-texnika zaxiralari bilan taʼminlashda koʻmaklashish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy xizmat sohasida bozor munosabatlarini tatbiq etish, mehnat jamoalarining manfaatlarini eʼtiborga olib, tarmoqda davlat korxonalari va tashkilotlarini ijara, aksionerlik, jamoa hamda boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish borasidagi ishlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama madad berish, qoʻshma korxonalar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari huquqlarining himoya qilinishini taʼminlash hamda davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifoda etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida Oʻzmaishiyxizmatuyushma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston SSR Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish vazirligini Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi aholiga maishiy xizmat koʻrsatish respublika Davlat kooperativ markaziga aylantirish toʻgʻrisida” 1990-yil 25-sentabrda chiqarilgan Farmon oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-son, 251-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 271-modda)