09.12.2013 yildagi 502-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Quvasoy shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharda 2013-2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli yigʻilish bayoni topshiriqlari ijrosini taʼminlash hamda shaharda 2013-2014-yil qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash ishlarini tashkil qilish asosida shahar aholisini arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan extiyojini toʻlaqonli qondirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-avgustdagi 01-03/1-455-sonli yigʻilish bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaharda 2013-2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash masalalarini nazorat qilish boʻyicha shahar ishchi guruhi tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shahardagi ijtimoiy soha muassasalari, yirik sanoat korxonalari va tashkilotlar hamda mahallalarda 2013-2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻi 2-ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Shahar Dehqon bozori” MChJ (T. Abduqodirov), shahar Xalq taʼlimi boʻlimi (F. Mirzayeva), Tibbiyot birlashmasi (M. Boltaboyev), Gʻaznachilik boʻlinmasi (B. Hayitov), Bandlikka koʻmaklashish markazi (E. Qodirov), “Fermerlar kengashi” (S. Akbarov), shahardagi boshqa korxona va tashkilotlar hamda shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning 30-noyabr kuniga qadar, zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayyorlovchi savdo tashkilotlari, shahar “Dexqon bozori” MChJ, Shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Gʻaznachilik boʻlinmasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, “Fermerlar kengashi”, Shahardagi boshqa korxona va tashkilotlar bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari oʻrtasida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib berish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda fyuchers shartnomalarini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahardagi tayyorlovchi savdo tashkilotlari, “Dehqon bozori” MChJ, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Gʻaznachilik boʻlinmasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, “Fermerlar kengashi”, shahardagi boshqa korxona va tashkilotlar bilan yangi qurilgan sovutkichli omborlar tashkil etgan xususiy korxonalar oʻrtasida 2013-2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini (kartoshka, piyoz, sabzi) zaxiraga gʻamlash uchun shartnoma tuzsin hamda belgilangan miqdorda mahsulotlarni yetkazib berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Mahalla” xayriya jamoat fondi shahar boʻlimi (M. Yuldashev), shahar hududidagi barcha QFYlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mahalla hududida mahalla oqsoqoli boshchiligida shtab tuzilib, mahalla aholisi orasida zaxira yaratish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilsin va aholi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishda mahallada qulay boʻlgan markaziy joylar belgilansin va sotilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sifati va narxini doimiy nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaharda zaxira ishlariga jalb qilingan tayorlovchi korxona va tashkilotlarga oʻz ishchi xodimlarining qish-bahor mavsumida isteʼmoli uchun zarur qishloq xoʻjalik mahsulotlari zaxirasini yaratish maqsadida mahsulot yetishtiruvchi dexqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish va belgilangan mablagʻlarni oʻtkazib berish, shuningdek mahsulotlarni har bir ishchi-xodimlariga ommaviy tarzda yetkazib berish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar moliya boʻlimi (A. Abidov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zahira tadbirlariga jalb qilingan Tibbiyot birlashmasi, Xalq taʼlimi, Oʻrta-maxsus, kasb-hunar kollejlari, bandlikka koʻmaklashish markazi tizimi muassasalariga 2013-yilning dekabr oyi va 2014-yilning yanvar, may oylari davomida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish maqsadlari uchun sarf-xarajatlar smetasiga kiritilgan mablagʻlarni ajratilishini taʼminlash choralarini koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yil qish va bahor oylari uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jamgʻarish tadbirlariga jalb qilingan ijtimoiy muassasalarini moliyalashtirish masalasini nazoratga olish va joriy yilning 20-noyabridan boshlab har hafta yakuni bilan moliyalashtirishning borishi toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlarni shahar hokimligiga taqdim etib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shahardagi tijorat bank rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayorlovchi korxona va tashkilotlar bilan mahsulot yetishtiruvchi dehqon va fermer xoʻjaliklari hamda tomorqa egalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maqsadli kredit resurslarini oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash chora-tadbirlarini belgilasinlar va ushbu masalaga shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Shahardagi tayyorlovchi savdo tashkilotlari, shahar “Dehqon bozori” MChJ, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Gʻaznachilik boʻlinmasi, Bandlikka koʻmaklashish markazi, “Fermerlar kengashi”, shahardagi boshqa korxona va tashkilotlar hamda shahar hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud zaxira omborlarini va sovutish kameralarini joriy va kapital taʼmirlab, mavsumga tayyorlash ishlarini tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil noyabr oyi davomida asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining zaxiraga qoʻyish grafigini (setevoy) ishlab chiqib, shahar hokimligiga taqdim etsinlar va ijrosi yuzasidan kundalik monitoring oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-2014-yillar qish-bahor mavsumi uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash topshirigʻini soʻzsiz bajarilishini taʼminlash yuzasidan nazorat mexanizmi oʻrnatish uchun 3*, 3a*, va 3b-ilovalarga* muvofiq shakllarda taxlil maʼlumotlarni shahar hokimligiga taqdim etib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3—3b-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shahardagi tayyorlovchi savdo tashkilotlari, shahar “Dexqon bozori” MChJ, shahar Xalq taʼlimi boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Gʻaznachilik boʻlinmasi, “Bexizor Sufon agrofirmasi”, Bandlikka koʻmaklashish markazi, “Fermerlar kengashi”, shahardagi boshqa korxona va tashkilotlar, ijtimoiy soha muassasalari va shahar hokimligi aholini isteʼmol tovarlari bilan taʼminlash, mahsulotlarni bir tekisda va belgilangan narxlarda yetkazib berish masalalariga shaxsan javobgarligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shahardagi tijorat bank rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira tadbirlariga jalb qilingan tayorlovchi korxona va tashkilotlar bilan mahsulot yetishtiruvchilar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar boʻyicha maqsadli kredit resurslari va naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishini taʼminlash masalasiga shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilganligi inobatga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan tayyorlovchi tashkilotlarga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini zaxiraga gʻamlash uchun zarur boʻlgan kredit resurslari va naqd pul mablagʻlarini oʻz vaqtida ajratilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi korxonalar tomonidan kredit va naqd pul mablagʻlariga taqdim etilgan buyurtmalar va ularning ijrosi yuzasidan har 10 kunda taxliliy maʼlumotlarni shahar hokimligiga taqdim etib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan shahar hokimining 2013-yil 3-sentabrdagi 359-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari N. Djurabayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. ZIYAVITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvasoy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 9-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
502-son
(“Isfayram” gazetasi, 13.01.2014-y., 2 (1774)-son)