13.01.2014 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati Oltiariq tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

2014-yilning 1-yarim yilligi uchun “Aholini ish bilan taʼminlash Dasturi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda aholini ish bilan taʼminlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish, aholini ish bilan taʼminlash, hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi, 3-bandiga muvofiq qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oltiariq tumani Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan ishlab chiqilgan 2014-yilning 1-yarim yilligiga moʻljallangan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi tuman bandlik dasturi 1—11-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—11-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi tuman bandlik dasturining bajarilishida quyidagi chora-tadbirlar ustuvor vazifa etib belgilansin va amalga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman Agrobanki (A. Shodmonov), tuman Asakabanki (O. Inoyatov), tuman Xalq banki (U. Xaydarov) boshqaruvchilari va tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (K. Qobilov) joylarda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari uchun ajratilayotgan imtiyozli kredit mablagʻlari miqdorlarini belgilangan tartibda ajratilishiga amaliy yordam berish topshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman statistika boʻlimi (Sh Mamadaliyev), tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (K. Qobulov) boshliqlari hamkorlikda joylarda yaratiladigan yangi ish oʻrinlari hisobini olib borish ishlarini talab darajasiga yetkazish va ushbu koʻrsatkich boʻyicha hisobotlarni olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori (K. Qobulov)ga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj, mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʻlmagan fuqarolarni 2014-yilda ishga joylashtirish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini taʼminlash va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlashda yoshlarga va Xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini ish bilan taʼminlash” Dasturida belgilangan vazifalarni bajarilishini taʼminlash hamda ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni tashkil etish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman “Davr ovozi” gazetasi (O. Xakimov)ga ushbu qarorni gazetada yoritish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Mamadaliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. BOʻTAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oltiariq sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 13-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son
(“Davr ovozi” gazetasi, 24.01.2014-y., 3 (9269)-son)