Jizzax viloyati Zarbdor tumani hokimining
Qarori
Tumanda 2013-yilda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-noyabrdagi “2013-yilda Respublikada qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida”gi 01-03-34-5-sonli yigʻilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-noyabrdagi “2013-yil Respublikada qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik tarmoqlarini rivojlantirish, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish toʻgʻrisida”gi 01-03-34-5-sonli yigʻilish bayoni ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tegishli tashkilot va korxonalar tomonidan 2013-yilda yangidan ishga tushiriladigan qoramolchilik xoʻjaliklari loyihalari 1-ilovaga*;
parrandachilik xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha loyihalar dasturi va namunaviy mahallalarda sanoat usulida parranda boqishni tashkil etish loyihalar dasturi 2-ilovaga*;
baliqchilik xoʻjaliklarini tashkil qilish boʻyicha loyihalar dasturi 3-ilovaga*;
asalarichilik xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha loyihalar dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3. Tumanda 2013-yilda chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik loyihalarini tashkil etish boʻyicha belgilangan ishlarni amalga oshiruvchi hududiy ishchi guruh tarkibi 5-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1—5-ilovalar berilmaydi.
4. Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi, tegishli tashkilot va korxonalar hamda tijorat banklari rahbarlari 2013-yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan chorvachilik loyihalarini toʻliq ishga tushirilishiga shaxsan javobgar ekanligi belgilansin.
5. Chorvachilikdagi asosiy ustuvor vazifalarni amalga oshirish va ishlab chiqilgan loyihalarning joylardagi ijrosini taʼminlashni tizimli ravishda tashkil etish va uning nazoratini olib borishga:
qoramolchilik va parrandachilik tarmoqlarini rivojlantirishga veterinariya boʻlimi (G. Xusanov);
aholi xonadonlariga parranda yetkazib berish boʻyicha “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman boʻlimi (K. Abdurazzoqov) hamda QFY va MFY raislari;
baliqchilik tarmogʻini rivojlantirishga tuman soliq inspeksiyasi (A. Karimov) javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
6. Tijorat banklari boshliqlari:
2013-yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan loyihalar uchun zarur boʻladigan kredit mablagʻlarini ajratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasinlar hamda har bir loyiha boʻyicha kredit mablagʻlarini ajratish choralarini koʻrsinlar va har oy yakunlariga koʻra loyihalarni moliyalashtirish natijalari boʻyicha tuman hokimligi va qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimiga maʼlumot berib borsinlar.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
8. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari N. Abdusaidov, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi A. Pardayev zimmalariga yuklatilsin.
Hokim E. GʻAYBULLAYEV
Zarbdor sh.,
2013-yil 31-iyul,
902-son