OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT RAQOBAT QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI MUVOFIQLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 30-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1745-3]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-avgustdagi PF-4561-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2007-yil 30-oktabrdagi 2007-10-son “Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1745, 2007-yil 5-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 48-49-son, 494-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-aprel,
2014-19-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 25-apreldagi 2014-19-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandining oltinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan soʻzlar “Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 2-banddagi “yiliga” degan soʻz “uch yilda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 8-bandning “a” kichik bandidagi “belgilangan tartibda” degan soʻzlar “belgilangan hollarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 11-bandning beshinchi xatboshisidagi “kiritiladi” degan soʻz “kiritilishi mumkin” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 12-bandning ikkinchi xatboshisidagi “2 hafta (72 dars soatlari)” degan soʻzlar “72 dars soatlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishilgan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. VAXOBOV
2014-yil 25-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 18-son, 207-modda)