29.08.2001 yildagi 255-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat- protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va koʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) matbuotda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, sodir etgan qilmishlari Qonunga binoan jinoiy deb topilmaydigan shaxslar jazoning barcha turidan (asosiy va qoʻshimcha jazolardan) ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga muvofiq jinoiy deb topilmaydigan qilmishlarga doir surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlarning yuritishidagi ishlar tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan tayinlangan jazo turlari va choralari, basharti Qonunning tegishli moddasida nazarda tutilganiga nisbatan ogʻirroq boʻlsa, Qonunga muvofiq holga keltirilsin. Jazo chorasi sudlar tomonidan Qonunning tegishli moddasida belgilangan eng koʻp jazo chorasiga qadar kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasalarida va tarbiya koloniyalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslarni saqlash tartibi Qonunga muvofiq holga keltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorning 2-moddasiga muvofiq jazodan ozod qilingan shaxslar, shuningdek Qonunga muvofiq jinoiy deb topilmaydigan qilmishlar uchun hukm qilinib, jazoni ilgari oʻtab chiqqan yoki jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari ozod qilingan shaxslar sudlanmagan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilab qoʻyilsinki, qoʻshimcha jazo tariqasida mol-mulkning musodara etilishini nazarda tutuvchi, lekin Qonun amalga kiritilgan kunga qadar ijro etilmagan sud hukmlari ijro etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning ijrosi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2, 4, 5 va 7-bandlarda uqtirilgan shaxslarga nisbatan — ana shu shaxslarga nisbatan hukmlarni ijro etuvchi organlarning taqdimnomasiga binoan jazoni oʻtash joylaridagi sudlar zimmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 3-bandga muvofiq tugatilishi lozim boʻlgan ishlarga nisbatan — surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror 2—8-bandlarining ijrosi Qonun amalga kiritilgan kundan eʼtiboran uch oylik muddat ichida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu qarorning ijrosini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 166-modda)