Buxoro viloyati Kogon shahar hokimining
Qarori
Shaharda 2014-yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Buxoro viloyati hokimining 2021-yil 2-iyundagi 242-sonli “Shaharlar va tumanlar hokimliklarining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda) nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan korxonalar kesimida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni (kvotalangan ish oʻrinlari) ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 635 kishini tashkil etadigan 100 foiz miqdorida, shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 11,5 foiz (73 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 68,2 foiz (433 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 5,2 foiz (33 kishi);
nogironlar uchun 3,0 foiz (19 kishi);
shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 1,0 foiz (6 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3,1 foiz (20 kishi);
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun 8,0 foiz (51 kishi).
2. Korxona, tashkilotlar rahbarlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlari tashkil etish topshirilsin.
3. Shahar Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Eshov)ga bir hafta muddatda qarorni ilovada belgilangan korxonalarga yetkazsin hamda ushbu qarorning bajarilishi boʻyicha yuqori tashkilotlarga har oy maʼlumot berib borish topshirilsin.
4. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda korxonaning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
5. Ushbu qaror “Kogon hayoti” gazetasida eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari V. Qahhorov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim I. FARMONOV
Kogon sh.,
2013-yil 30-sentabr,
520-son