Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018 18.04.2014 yildagi 97-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qoʻmitaning markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida xodimlar soni 3 nafar boʻlgan Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-apreldagi 97-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish va undan chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarori bilan tashkil etilgan Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotlarining doimiy ishlaydigan qurilish-ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanganligini, ixtisoslashuvga, tashkiliy tuzilmaga va bajariladigan qurilish-montaj ishlari xususiyatiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish fondlari (oʻz ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek kichik mexanizatsiya vositalari) mavjudligi hisobga olingan holda qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qurilish-pudrat ishlari va xizmatlari bozorida tashkilotlarning holati va salohiyati toʻgʻrisidagi axborotni tizimli jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalariga, bajariladigan qurilish-montaj ishlari muddatlari va sifatiga rioya qilish toʻgʻrisidagi axborotni kuzatib borish imkoniyatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga bardoshli qurilish-pudrat tashkilotlarini ragʻbatlantirish va pudrat ishlari bozorini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reyestrni yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat statistika qoʻmitasi deb ataladi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Reyestrga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarori bilan belgilangan soliq, bojxona imtiyozlaridan va boshqa imtiyozlardan foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Reyestrni shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Reyestrni shakllantirish va tizimli yuritish “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish boʻlimi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi deb ataladi) tomonidan hududiy ishchi organlar taqdim etadigan materiallar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Keyinchalik Reyestrni shakllantirish va yuritish uchun zarur hujjatlarni qabul qilish, dastlabki koʻrib chiqish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishish, shuningdek “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimiga kiritish boʻyicha ishlarning barcha turlarini bajaradigan “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Davlat arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy ishchi organlar deb ataladi) Reyestrni yuritish boʻyicha hududiy ishchi organlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reyestrga Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlari va xizmatlarini bajaruvchi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan eng kam talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish ariza asosida ixtiyoriy amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reyestr viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan (joylashtirilgan) holda elektron maʼlumotlar bazasi shaklida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Reyestrning shakli va mazmuni Ishchi guruh tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Reyestr bir yilda kamida bir marta yangilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestr iqtisodiyotning barcha tarmoqlari boʻyicha obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlashni bajarish uchun qurilish-pudrat tashkilotlarining ixtisoslashuvi boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qurilish-pudrat tashkilotlarining ixtisoslashuvi ularda ular tomonidan ariza berilgan faoliyat yoʻnalishlari, bosh pudratchi yoki subpudrat tashkilot sifatida shunga oʻxshash obyektlardagi ish tajribasi mavjudligi hisobga olingan holda, shuningdek ularning moddiy-texnik taʼminlanganligi va kadrlar salohiyatiga qarab belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ishlab chiqarish-kadrlar salohiyati va ish tajribasi mavjud boʻlgan taqdirda qurilish-pudrat tashkilotlari bir vaqtning oʻzida bir nechta ixtisoslashuvga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reyestrga kiritishda yoki uni yangilashda har bir qurilish-pudrat tashkilotiga nisbatan quyidagi maʼlumotlar va koʻrsatkichlar aks ettiriladi (yangilanadi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotlarining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotining asosiy kodi (KTUT);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy-hududiy tuzilmani aniqlash tizimining kodi (MHOBT), qurilish-pudrat tashkiloti joylashgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotining ixtisoslashuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy xodimlar, shu jumladan muhandis-texnik xodimlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab turgan oʻz asosiy vositalari roʻyxati (ishlab chiqarish bazasi, mashinalar va mexanizmlar, kichik mexanizatsiya vositalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi (koeffitsiyent shaklida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovga qodirlik koʻrsatkichi (koeffitsiyent shaklida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aloqa qilish vositalari (telefon, faks, elektron pochta va shu kabilar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar ilgari shunday boʻlgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq, qurilishning buyurtmachisi va foydalanish tashkilotining xulosalari bilan tasdiqlangan shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalariga, belgilangan muddatlarga rioya qilish va bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ixtiyoriy ravishda hududiy ishchi organga taqdim etilgan qurilish-pudrat tashkiloti toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar aks ettirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qurilish-pudrat tashkilotlari Reyestrga kiritilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning oʻzgarishi toʻgʻrisida bunday oʻzgarishlar paydo boʻlgan paytdan boshlab 30 kundan kech boʻlmagan muddatda hududiy ishchi organni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reyestrdagi mavjud maʼlumotlar umumning foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi, qurilish-pudrat tashkilotlarining moliyaviy koʻrsatkichlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishchi guruh tomonidan belgilangan tartibda tegishli qaror qabul qilingan sana qurilish-pudrat tashkiloti Reyestrga kiritilgan yoxud u Reyestrdan chiqarilgan sana hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Reyestrdan qogʻozga bosilgan arxiv nusxa tamom boʻlgan yilning 31-dekabridagi holati boʻyicha shakllantiriladi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining muhri bilan tasdiqlanadi va oʻn besh yil mobaynida idoraviy arxivda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish uchun ularga qoʻyiladigan eng kam talablar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish uchun qoʻyiladigan eng kam talablar “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish uchun ular tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkiloti hududiy ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritish uchun uning eng kam talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar, jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy ishlovchi xodimlar borligi va ularning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mutaxassisligi, maʼlumoti, ish staji koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz asosiy vositalari, shu jumladan binolar va inshootlar, ishlab turgan qurilish texnikasi, shuningdek tegishli qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan kichik mexanizatsiya vositalari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotining moliyaviy-iqtisodiy holati toʻgʻrisidagi, shu jumladan aylanma mablagʻlar bilan taʼminlanganligi, toʻlovga qodirligi va shu kabilar boʻyicha auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oʻz kuchlari bilan va subpudrat tashkilotlarni jalb etgan holda bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati aks ettirilgan holda bosh pudrat va subpudrat bilan qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, mukammal va joriy taʼmirlanishi tugallangan obyektlar nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq, belgilangan tartibda obyektlarning buyurtmachilari va foydalanish tashkilotlarining yozma xulosalari (fikr-mulohazalari) bilan tasdiqlangan shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalariga, belgilangan muddatlarga va bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati boʻyicha talablarga rioya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qurilish-pudrat tashkilotidagi sifatni boshqarish tizimi va ichki ishlab chiqarish nazorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi tomonidan qurilish-pudrat tashkilotining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211. Hududiy ishchi organ Reyestrga kiritish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(211-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritish uchun uning talablarga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlarning mazmuni pudrat ishlari bozori konyunkturasidan kelib chiqib “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi va Ishchi guruhning tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan toʻldiriladigan hujjatlarning standart shakllari va namunalari “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qurilish-pudrat tashkilotlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Hujjatlar qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan ular roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha tegishli hududiy ishchi organga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar Internet tarmogʻi orqali elektron shaklda ham yuborilishi mumkin, ushbu holatda hujjatlar elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Notoʻgʻri yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun qurilish-pudrat tashkilotining rahbari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan tayyorlangan hujjatlarning nusxalari imzo chekkanlarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va imzolangan sana koʻrsatilgan holda rahbarning imzosi va qurilish-pudrat tashkilotining muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlar hududiy ishchi organning vakolatli xodimi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning ikkinchi nusxasi hujjatlar qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda va (yoki) ushbu Nizomning 26-bandi talablari buzilgan holda taqdim etilgan taqdirda hududiy ishchi organ arizani koʻrib chiqish uchun qabul qilishni rad etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda qurilish-pudrat tashkilotiga yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan qurilish-pudrat tashkilotining hujjatlarini qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hududiy ishchi organ tomonidan arizani koʻrib chiqish uchun qabul qilish asossiz ravishda rad etilgan hollarda qurilish-pudrat tashkiloti zarur hujjatlarni va hududiy ishchi organning xatini ilova qilgan holda bevosita “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimiga ariza berish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish uchun taqdim etilgan hujjatlar qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, oʻn besh yil mobaynida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi arxivida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hududiy ishchi organ berilgan arizani koʻrib chiqish uchun qabul qilganidan keyin zaruriyat boʻlganda tegishli statistika, soliq organlarini va boshqa organlarni jalb etgan holda taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi, Reyestrga kiritish uchun murojaat qilgan qurilish-pudrat tashkiloti boʻyicha hujjatlar turkumini tayyorlaydi va ularni xulosa olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotining hujjatlar turkumi boʻyicha oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish tarmogʻiga mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosarlarining yozma xulosasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani koʻrib chiqish, hujjatlar turkumini tayyorlash va ular boʻyicha xulosa olish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish uchun hujjatlar turkumi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining xulosalari ilova qilingan holda hududiy ishchi organ tomonidan uch kun mobaynida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi tomonidan Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotlarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun ariza berilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bir eng kam oylik ish haqi miqdorida yigʻim undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlarining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining hisob-kitob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻimlardan tushgan mablagʻ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan Reyestrning elektron maʼlumotlar bazasini saqlash hamda hududiy ishchi organlar va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Boʻlimining moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkiloti yigʻim toʻlangandan keyin berilgan arizani rad etgan taqdirda, shuningdek Ishchi guruh tomonidan uni Reyestrga kiritish rad etish yoki chiqarish toʻgʻrisida qabul qilingan qarordan qatʼi nazar, toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining koʻrsatkichlari qayta koʻrib chiqilganligi uchun, shuningdek Reyestr yangilanganda Reyestrga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining arizalari koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalar va viloyatlar boʻyicha Reyestrga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlari boʻyicha materiallarni umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari va boshqa aloqador vazirliklar va idoralar bilan birgalikda hududiy ishchi organlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir qurilish-pudrat tashkiloti boʻyicha Reyestrga kiritish yoxud unga kiritishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar turkumini tayyorlaydi va ularni Ishchi guruhning koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishchi guruh bir oyda bir marta “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi tomonidan taqdim etilgan materiallar turkumlarini koʻrib chiqadi, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida protokol qarorini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruhning qarori qaror qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni mobaynida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga qurilish-pudrat tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotni kiritish bilan bir vaqtda hududiy ishchi organ qurilish-pudrat tashkilotlariga hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga qurilish-pudrat tashkiloti Reyestrga kiritilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qurilish-pudrat tashkilotining zarur koʻrsatkichlari Reyestrga kiritish uchun qoʻyiladigan eng kam talablarga nomuvofiqligi Ishchi guruhning qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisidagi tegishli qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda yozma shaklda qurilish-pudrat tashkilotiga yuboriladi (vakiliga topshiriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritishni rad etish uning ushbu maqsadlarda hududiy ishchi organga takroran murojaat qilishi uchun toʻsiq hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan Reyestrga kiritishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni takroran koʻrib chiqish ushbu Nizomning 21-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza olingan kundan boshlab 30 kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrdan chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Qurilish-pudrat tashkilotlari quyidagi hollarda Reyestrdan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ular tomonidan hududiy ishchi organga Reyestrdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yuridik shaxsning tugatilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ular zarur koʻrsatkichlarining keyinchalik Reyestrni hal yili yangilashda Reyestrga kiritish uchun qoʻyiladigan eng kam talablarga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qurilish-pudrat tashkilotlarini Reyestrga kiritish talablariga rioya etish ustidan monitoring olib borish davomida hududiy ishchi organlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik, sanitariya normalari va loyiha hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati qoidalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini bajarishning belgilangan muddatlarini (ishlarni bajarishda asossiz aralashish mavjud boʻlmagan taqdirda) muntazam ravishda buzish holatlari aniqlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Hududiy ishchi organlar va buyurtmachilarning qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrdan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Boʻlimi tomonidan koʻrib chiqiladi va kelishish uchun Ishchi guruhga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qurilish-pudrat tashkiloti ishchi guruhning qarori asosida Reyestrdan chiqariladi, bu haqda Reyestrga yetti kun mobaynida tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritish talablariga rioya etish ustidan monitoring olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotining talablarga rioya etishi ustidan monitoring olib borish (keyingi oʻrinlarda monitoring olib borish deb ataladi) hududiy ishchi organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Monitoring quyidagi maqsadlarda olib boriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik faoliyati sohasida qurilish obyektlarining xavfsizligi va konstruktiv mustahkamligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari buzilishi holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotlari yoki ular mutaxassislarining koʻrsatiladigan pudrat xizmatlari sifatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan nohalol xulq-atvori va xatti-harakatlari holatlarini aniqlash va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-pudrat tashkilotlarining mansabdor shaxslari va mutaxassislari tomonidan lavozim yoʻriqnomalarida va boshqa ichki hujjatlarda nazarda tutilgan talablar va qoidalar bajarilishini taʼminlaydigan chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrning elektron maʼlumotlar bazasini tizimli yangilash ishlarini bajarishda Reyestrga kiritiladigan raqamlar, dalillar va shu kabilar boʻyicha toʻgʻri maʼlumotlar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Monitoring obyektlarda bajarilgan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan qurilishning buyurtmachilari, loyiha, qurilish-pudrat va foydalanish tashkilotlaridan soʻrab chiqish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan oʻzining bevosita funksiyalari va vazifalarini bajarishda Davlat arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tekshirishlari natijalari asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Reyestrni yuritishda va axborotni taqdim etishda davlat boshqaruv organlarining oʻzaro hamkorligi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Reyestrni yuritishda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi va oʻzaro axborot almashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralar bilan oʻzaro axborot almashish ularga Reyestrdan foydalanish huquqi berilgan holda (zaruriyat boʻlganda) bepul asosda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan Reyestrning umumning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan maʼlumotlari foydalanuvchilarga bepul asosda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qurilish-pudrat tashkilotini Reyestrga kiritish toʻgʻrisida Reyestrdan koʻchirma foydalanuvchilarga “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-sayti orqali biror-bir cheklashsiz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotlariga qoʻyiladigan eng kam talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qurilish-pudrat tashkilotlari

Xodimlarning doimiy eng kam soni (kishi), shu jumladan:

Oʻzining ishlab turgan mashinalari va mexanizmlari mavjudligi,

shu jumladan*:

Toʻlovga qodirlik yoki qoplash koeffitsiyenti — Kpl**

Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti — Kos***

Ishlab chiqarish xodimlari

Maʼmuriy boshqaruv xodimlari

qurilish transporti (ta)

ekskavator (V choʻmichli — 0,5 — 1,5 m3) (ta)

10 — 25 tonna yuk koʻtaradigan avtokran (ta)

minorali kran (ta)

kichik mexanizatsiya vositalari (ta)

ishlab chiqarish bazasi mavjudligi

(+, –)

1.

Kompleks

500

30

40

6

5

2

30

+

1,25 dan kam boʻlmagan

0,2 dan kam boʻlmagan

2.

Ixtisoslashtirilgan

70

20

15

3

2

20

+

3.

Kichik

10

2

1

1

1

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ishchi guruhning qaroriga koʻra ushbu koʻrsatkichlarga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Koʻrsatkichlar oʻzgarganda yangilangan Reyestrga kiritish uchun qurilish-pudrat tashkilotlariga qoʻyiladigan eng kam talablar tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**Qoplash koeffitsiyenti (toʻlovga qodirlik) korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarining toʻlov imkoniyatlarini koʻrsatadi, u faqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sotish shartlari bilangina emas, balki joriy (aylanma) aktivlarning boshqa elementlari bilan baholanadi. Koeffitsiyentning kamayishi korxonaning imkoniyatlari pasayganligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kpl =

Joriy (aylanma) aktivlar

=

A2

, bunda:

Joriy majburiyatlar

P2 – DO

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarz va shu kabilar), balans aktivining II boʻlimi, 390-satr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P2 — majburiyatlar, balans aktivining II boʻlimi, 770-satr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DO — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansining 490-satri).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlovga qodirlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 1,25dan past qiymatga ega boʻlsa, korxona ushbu koʻrsatkich boʻyicha toʻlovga qodir emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
***Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy barqarorligi uchun zarur boʻlgan uning oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligini, korxona mulkdorlari va kreditorlar manfaatlarining nisbatini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kos =

(P1 + Dzk2) – A1

, bunda:

A2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qoʻyilmalar va shu kabilar), balans aktivining I boʻlimi, 130-satr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
P1 — oʻz manbalari mablagʻlari (ustav kapitali, zaxira kapital, qoʻshilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va shu kabilar), balans passivining I boʻlimining yakuni, 480-satr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dzk2 — uzoq muddatli aktivlarni sotib olishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarzlar va kreditlar (buxgalteriya balansining 570 va 580-satrlaridan hisoblab chiqish yoʻli bilan).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kassirning surati korxona oʻz mablagʻlarining qancha summasi aylanmaga yoʻnaltirilganligini, maxraj — barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar hisobot davri oxirida oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda korxona ushbu koʻrsatkich boʻyicha oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎(chiquvchi raqam va sana koʻrsatilgan
‎holda qurilish-pudrat tashkilotining
‎blankasida)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi

‎‎ARIZA ________________________________________________________________________ (qurilish-pudrat tashkilotining toʻliq nomi)

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qaroriga asosan bizning tashkilotimizni Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestriga kiritishni iltimos qilamiz.

‎Quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

1.‎

Ariza beruvchining maʼlumotnoma varagʻi‎ ____‎ varaq‎

2.‎

Doimiy ishlovchi xodimlar borligi va ularning malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, mutaxassisligi, maʼlumoti, mehnat staji va soni koʻrsatiladi ‎‎

____‎ varaq‎

3.‎

Oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligi, shu jumladan binolar va inshootlar, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎

____‎ varaq‎

4.‎

Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash buyurtmachisining xulosalari (fikr-mulohazalari) bilan tasdiqlangan loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq bajariladigan qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddatlarga va sifat boʻyicha talablarga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ‎‎

____‎ varaq‎

5.‎

Sifatni boshqarish tizimi va ichki ishlab chiqarish nazorati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar‎‎

____‎ varaq‎

6.‎

Qurilish-pudrat tashkilotining tashkiliy tuzilmasi‎‎

____‎ varaq‎

7.‎

Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmalar roʻyxati (mavjud boʻlganda).‎‎

____‎ varaq‎

‎‎

‎‎Shuningdek Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishganligimizni tasdiqlaymiz va taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlikni oʻz zimmamizga olamiz.

____________________‎‎ ____________________‎‎ ____________________‎‎

‎‎(tashkilotning rahbari)

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

M.Oʻ.‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotining uni Reyestrga kiritish toʻgʻrisidagi arizasiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎ARIZA BERUVChINING MAʼLUMOTNOMA VARAGʻI

‎‎Qurilish-pudrat tashkiloti

_____________________________________‎‎

‎‎(tashkilotning toʻliq nomi)

_______________________________________________________________

‎‎(tashkiliy-huquqiy shakli)

‎Tashkilot joylashgan joy _____________________________________‎‎
‎‎Telefonlar‎ _____________________‎‎‎

‎‎Faks

_____________________
‎‎‎‎‎‎

‎‎Elektron pochta (mavjud boʻlsa)

_____________________‎‎

‎‎KTUT kodi ‎‎
‎‎STIR kodi ‎‎
‎‎20__ yil “___” _________dagi holati boʻyicha moliyaviy ahvoli
‎‎‎Moliyaviy natija __________

‎‎mln soʻm;

‎‎Aylanma mablagʻlar ___________

‎‎mln soʻm;

T/r‎‎

Tashkilot qurilishida oxirgi 3 yilda qatnashgan obyektlarning nomi‎‎ Nima sifatida qatnashgan‎‎ Ishlangan yil‎‎ Kontrakt summasi
‎(mln soʻm) ‎‎

‎‎1.

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎2.
‎‎3.
‎‎4.
‎‎... ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Qurilish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga mavjud litsenziya:
‎Litsenziyalovchi organning nomi: ________________________________________
‎litsenziyalanadigan faoliyat turi: ____________________________________________
‎litsenziya raqami: № ___________ berilgan vaqti: 20__ yil “___” _________;
‎litsenziyaning amal qilishi tamom boʻlishi sanasi: 20__ yil “___” _________

_____________________________‎‎‎

____________‎‎

____________‎‎

‎‎(rahbarning lavozimi)

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmalar mavjud boʻlgan taqdirda, shakl har bir boʻlinma boʻyicha alohida toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlarini Qurilish-pudrat tashkilotlari Reyestriga kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 17-son, 191-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda)