Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TERI XOM AShYoSINI RESPUBLIKADAN OLIB ChIQIB KETIShNI TAQIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 16-apreldagi PF-1988-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika korxonalarini teri xomashyosi bilan taʼminlash maqsadida:
1. Eksport qilish (jumladan MDH mamlakatlariga olib chiqib ketish) taqiqlangan, 1994-yil 21-yanvardagi 745-son Farmon bilan tasdiqlangan (6-ilova) buyumlar va mahsulotlar Roʻyxatiga “Teri xomashyosi (nostandartidan tashqari)” mahsulot turi kiritilsin.
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oʻzistiqbolstat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar mazkur tartibga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasinlar.
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qarorining 1-ilovasidagi 10-band ilovaga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 20-dekabr,
PF-1023-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar boʻyicha belgilangan kvotalar hajmida eksport qilinadigan mollar
ROʻYXATI
| № | Mahsulot nomi | TIF TN kodi |
| “10. Teri (nostandartidan tashqari) | 410420000, 410620000 410800000, 410900000” | |
| | | |
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 4-son, 45-modda)