OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
Qarori
“Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 17-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1898-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 8-iyuldagi PQ-910-son “Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha 2009 — 2014-yillarga moʻljallangan davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 31-dekabrdagi 46, 121-son “Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1898, 2009-yil 5-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 6-son, 65-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-mart,
22-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 31-mart,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Moliya vazirligining 2014-yil 31-martdagi 22 va 29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Ota-onalar tomonidan bolalarning musiqa va sanʼat maktablarida oʻqishi uchun haq toʻlash va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbek tilidagi matnning qaror nomi va 1-bandidagi “musiqa va sanʼat” degan soʻzlar “bolalar musiqa va sanʼat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) oʻzbek tilidagi matnning nomi, muqaddimasi, 1, 5, 7, 18-bandlari va 1-ilovaning ilova belgisidagi “musiqa va sanʼat” degan soʻzlar “bolalar musiqa va sanʼat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) oʻzbek tilidagi matnning 2, 3, 4, 10, 22-bandlari va 28-bandi birinchi xatboshisidagi “Musiqa va sanʼat” degan soʻzlar “Bolalar musiqa va sanʼat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) oʻzbek tilidagi matnning 6-bandidagi “Musiqa va sanʼat” va “musiqa va sanʼat” degan soʻzlar tegishlicha “Bolalar musiqa va sanʼat” va “bolalar musiqa va sanʼat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Toʻlov bolalar musiqa va sanʼat maktablariga xizmat koʻrsatuvchi tegishli gʻaznachilik boʻlinmalarining hududiy gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi va tegishli bolalar musiqa va sanʼat maktabining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga undan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.”;
d) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Mazkur Nizomga muvofiq, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida taʼlim olish uchun ota-onalar tomonidan amalga oshirilgan toʻlovdan tushgan mablagʻlar maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqituvchilar va konsertmeysterlarni moddiy ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladi.”;
e) rus tilidagi matnning III bobi nomi, 14-bandning “b” kichik bandi va 32-bandidagi “pedagogam” degan soʻz “uchitelyam” degan soʻz bilan almashtirilsin;
j) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Har bir bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻqish uchun toʻlovlardan ozod etish va oʻqituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash boʻyicha Komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
13. Komissiya maktab direktori buyrugʻi asosida 5 — 7 kishidan iborat boʻlgan tarkibda tayinlanadi.
Komissiya raisi — bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori.
Komissiya aʼzolari — maʼnaviy-maʼrifiy va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari (masʼul kotib), bolalar musiqa va sanʼat maktabining kasaba uyushmasi qoʻmitasining raisi, ikki yetakchi oʻqituvchi va ota-onalar qoʻmitasining ikki vakili.”;
z) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga ustama belgilash uchun nomzodlarni koʻrib chiqishda bolalar musiqa va sanʼat maktablarining boʻlim boshliqlari Komissiyaga oʻqituvchi va konsertmeysterlarning tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, kasbiy mahorati, oʻqitish sifati va yuksak koʻrsatkichlari, shuningdek oʻquv yili davomida bajarilgan uslubiy ishlari toʻgʻrisida tavsifnomalar taqdim etishlari kerak.”;
i) 19-bandning “b” va “v” kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) oilaning kam taʼminlanganligi toʻgʻrisida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan beriladigan maʼlumotnoma (oilaning kam taʼminlanganligi 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa tayinlashda qoʻllaniladigan mezonlar boʻyicha aniqlanadi);
v) oʻquvchining bolalar musiqa va sanʼat maktabi boʻyicha oʻzlashtirish tabeli va fan oʻqituvchisi tomonidan taqdim etilgan tavsifnoma;”;
k) 23-banddagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” degan soʻzlar “tuman (shahar) xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
l) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Oʻqish uchun ota-onalar toʻlovidan tushgan mablagʻlar quyidagilarga yoʻnaltiriladi:
a) kamida 40 foizi — moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (bino va inshootlarni, mebel, musiqa asboblari va jihozlarni kapital va joriy taʼmirlashga, shuningdek mebel, uskunalar, musiqa asboblari, oʻquv qoʻllanmalari, adabiyotlar va boshqa zarur jihozlar sotib olishga);
b) 40 foizgacha — maktab pedagog xodimlarining umumiy sonining koʻpi bilan 50 foizini qamrab olgan holda oʻqituvchi va konsertmeysterlarning bazaviy tarif stavkasining 40 foizigacha boʻlgan miqdorda har oylik ustamalar shaklida ragʻbatlantirishga, shuningdek oʻquvchilari xalqaro koʻrik-tanlov va festivallarda 1, 2, 3, 4-oʻrinlarni egallagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga tegishincha eng kam oylik ish haqining 10, 9, 8, 7 barobari miqdorida, respublika tanlovlarida 1, 2, 3-oʻrinlarni egallaganligi uchun esa tegishincha eng kam ish haqini 6, 5, 4 barobari miqdorida mukofotlashga;
v) 20 foizgacha — oʻquvchi, oʻqituvchi va konsertmeysterlarni tanlovlar, festivallar, ustoz saboqlari hamda ijodiy maktablardagi mashgʻulotlarga borishi, shuningdek oʻquvchilarning teatr, muzey, konsertlarga tashrifi bilan bogʻliq xarajatlarini toʻlashga, maktabda madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishga;
g) mavjud kreditorlik qarzlarini qoplashga.”;
m) 26 va 27-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning oʻquv-tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari, oʻquv jarayoniga qoʻshgan shaxsiy hissasi uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi;
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 5 foizigacha ustama belgilanadi.
27. Oʻqituvchi va konsertmeysterlarga belgilanadigan ustama miqdori ularning kasbiy mahorati uchun 100 ballik tizim asosida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholanadi. Ulardan:
80 va undan koʻp ballni toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 25 foizigacha ustama belgilanadi;
70 balldan 80 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 15 foizigacha ustama belgilanadi;
60 balldan 70 ballgacha toʻplagan oʻqituvchi va konsertmeysterlarga bazaviy tarif stavkasining 10 foizigacha ustama belgilanadi.”;
n) 29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Ota-onalar toʻlovining hisoblanishi, tushumi va uning ishlatilishi buxgalteriya hisob-kitobida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya qaydnomalari orqali rasmiylashtiriladi.”;
o) 2-ilovada:
oʻzbek tilidagi matnning ilova belgisidagi “musiqa va sanʼat” degan soʻzlar “bolalar musiqa va sanʼat” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnning nomidagi “pedagogov” degan soʻz “uchiteley” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 16-son, 184-modda)