Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.1992 01.03.1991 yildagi PF-148-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON SSR DAVLAT MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTI KOMITETINI QAYTA OʻZGARTIRIB, UNI OʻZBEKISTON SSR MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTI DAVLAT-KOOPERATIV KOMITETI (OʻZBEKISTON SSR GOSKOOPSNABI)GA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 28-fevraldagi PF-357-son “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo davlat aksionerlik uyushmasini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida moddiy-texnika taʼminotini takomillashtirish, xoʻjalik aloqalarini rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston SSR Davlat moddiy-texnika taʼminoti komiteti va uning jumhuriyat hamda viloyat boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komiteti (Oʻzbekiston SSR Goskoopsnabi) tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Goskoopsnabi sistemasining faoliyati paychilarning yakka tartibda va jamoatchilik asosida aʼzo boʻlishi, kooperativ, davlat, ijara, xususiy va jamoat tashkilotlari hamda korxonalarning va yakka tartibda ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning koʻngilli ravishda qatnashishlari asosida amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Goskoopsnabi shartnomaviy asoslarda Ittifoq va jumhuriyat davlat, kooperativ va aralash birlashmalariga hamda uyushmalariga oʻzining toʻla xoʻjalik mustaqilligini va huquqiy shaxs huquqlarini saqlab qolgan holda ixtiyoriy ravishda kirishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston SSR Goskoopsnabi moliyaviy-iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiy faoliyatga aloqador barcha masalalarni mustaqil hal qiladi, bank muassasalarida mahsulot yetkazib beruvchilar, isteʼmolchilar, pudratchilar, budjet bilan hisob-kitob qilish uchun pul va xorijiy valyuta hisob daftarchalarini ochadi, qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komiteti zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi (dehqonchilik-sanoat kompleksi bundan mustasno) tarmoqlarini, shuningdek davlat, jumhuriyat, jumhuriyatlararo ilmiy-texnikaviy, ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni bitimlar, xoʻjalik shartnomalari va hukumatlararo bitimlar asosida moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkilamchi resurslarni tayyorlashni tashkil etish hamda ishlab chiqarish sanoat chiqindilarini oborotga kiritish va idish-oʻrash mahsulotlari bilan taʼminlashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezerv va sugʻurta zapaslarini tashkil etish uchun respublika resurslari imkoniyatidan foydalangan holda moddiy-texnika resurslarining almashuv fondini shakllantirish, bozorni barqarorlashtiruvchi jamgʻarmani tuzishda qatnashish, chet ellarga hukumatlararo bitimlarga ham muvofiq holda mahsulot yetkazib berilishini nazorat qilishni taʼminlash, isteʼmolchilar bilan ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida yuzaga kelgan ishlab chiqarish va xoʻjalik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol bozorlarini mollar bilan toʻldirishga va bozor infrastrukturasini rivojlantirishga, vositachi savdo firmalarini, tijorat markazlarini, mol birjalari va ulgurji yarmarkalarni, broker va lizing kompaniyalarini tuzishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy firmalar bilan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston SSR hududida joylashgan korxonalarga ularning kimga qarashliligidan va mulk shakllaridan, ishlab chiqarish-texnikaviy yoʻnalishdagi mahsulotlarni va xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishidan qatʼi nazar, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bu mahsulotlarni Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komiteti organlari orqali sotish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari — Resurslar, moddiy-texnika taʼminoti va shartnomalar kompleksining rahbari oʻrtoq T. Y. Sharipovga Oʻzbekiston SSR Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ komiteti toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va uni ikki haftalik muddatda Vazirlar Kabinetiga tasdiqlash uchun taqdim etish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 1-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-148-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 5-son, 101-modda)