Ҳужжат рақами
2574
Орган
Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги
Имзоланган сана
09.04.2014
Кучга кириш санаси
14.04.2014
Қўшимча ахборот
Улашиш
Ёпиш
O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 255-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 29-son, 373-modda) muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Naslchilik to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq naslli mahsulot (material) bonitirovkasini o‘tkazish tartibi va shartlarini belgilaydi.
14. Mazkur Nizomning 14-bandida nazarda tutilmagan naslli mahsulot (material) bonitirovkasi tegishli naslli mahsulot (material) zotiga qo‘yilgan minimal talablar asosida o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)

T/r

BAHOLASh KO‘RSATKIChLARI

Eng yuqori ball

Umumiy baholashdagi ulushi

1.

Umumiy ko‘rinishi (rivojlanishi)

100

0,25

Tana tuzilishi garmonik, mutanosib

Zot tipiga xos yaxshi ko‘rinishga va jinsiy dimorfizmga ega

Turishi tetik, tanasining barcha qismlari nuqsonsiz

Suyaklari mustahkam, dag‘al emas, boshi va oyoqlari yengil

Son va yag‘rinida ortiqcha go‘sht qoplami yo‘q

2.

Tanasining hajmi

100

0,20

Balandligi yetarlicha

Tanasining o‘rta qismi chuqur va uzun, ammo keng emas, qovurg‘alari uzun, ular egri holatda pastga va orqaga yo‘nalgan, kuragi uzun egri holatda, pastga va oldinga yo‘nalgan

3.

Sut belgilari

100

0,20

Tanasi burchaksimon, bo‘shlik va dag‘allik belgilari yo‘q

Boshi quruq, ko‘zlari chaqnagan va quloqlari harakatchan

Bo‘yni yetarlicha uzunlikda, o‘rtacha yollarga ega va ovqatni oshqozonga o‘tish yo‘li aniq ko‘rinadi

Yag‘rini yaxshi ifodalangan, keng emas

Orqa qismi tekis

Qovurg‘alari keng va keng joylashgan

Kuragi ko‘krak qafasiga zich birikkan

Och biqini chuqur, aniq ifodalangan

Terisi yupqa, mayin, serharakat

Jun qoplami mayin va silliq

4.

Tanasining orqa qismi

100

0,15

Beli tekis, tor va keng

Sag‘ri uzun, keng, biroz orqaga egilgan

Tos-son birikmalari, orqa do‘ng suyak eni balandligi darajasidan biroz pastda, lekin o‘tirg‘ich tepaligidan yuqorida joylashgan

Dumi uzun va ingichka, uning ildizi orqa do‘ng suyak eni darajasida joylashgan

Urug‘donlari yaxshi rivojlangan

5.

Oyoqlarining sifati

100

0,20

Oyoqlari mustahkam, ingichka va dag‘al emas

Sakrash bo‘g‘inlari yaxshi ifodalangan, quruq

Tuyoqlarning oldingi devorlari 45° burchakda egilgan, old devorlari baland, tovoni tekis

Jami:

100

1,00

T/r

Baholash ko‘rsatkichlari

Eng yuqori baho (ball)

Umumiy bahodagi salmog‘i

1.

Tanasining hajmi

100

0,10

Tanasining o‘rta qismi sigirning balandligiga nisbatan uzunroq, uning hajmi, mustahkamligi va kuchi ko‘zga tashlanadi

Kuragi uzun va chuqur, ko‘krak qafasi va yag‘ringa nisbatan tekis joylashgan

Ko‘krak qafasi chuqur va keng, uning oldingi qovurg‘alari bo‘rtib chiqqan

Ko‘krak asosi keng va oyoqlariga nisbatan yetarli masofada

Ko‘krak hajmi katta va to‘liq

Orqa qismi kuchli va to‘g‘ri

Beli keng va tekis

O‘rta qismi bochkasimon shaklda

Qovurg‘alari uzun, chuqur va keng

Sag‘ri uzun va keng

Orqa do‘ng suyaklari keng va yaqqol ifodalangan

O‘tirg‘ich suyaklari va do‘ngi keng joylashgan

Tos-son birikmalari orqa do‘ng suyak eni va o‘tirg‘ich do‘ngi markazidan baland va keng joylashgan

2.

Sut tipining ifodalanganligi

100

0,15

Tanasining shakli burchaksimon, unda bo‘shliq va dag‘allik belgilari yo‘q

Boshi quruq, ko‘zlari katta va chaqnagan, quloqlari serharakat

Bo‘yni uzun va ingichka

Yag‘rini yaxshi ifodalangan

Umurtqalari quruq va yaqqol ifodalangan

Qovurg‘alari qayishgan, yassi, uzun, egilgan va keng joylashgan

Och biqini chuqur va aniq ifodalangan

Orqa do‘ng suyak eni va o‘tirg‘ich do‘ngi keng joylashgan, quruq

Orqa sonlari birmuncha keng qo‘yilgan va birikishida elin uchun yetarli bo‘shliq mavjud

Oyoq suyaklari tekis, mustahkam, dag‘al emas

Elini hajmdor, kosasimon shaklda, tanaga mustahkam joylashgan, sog‘ilgandan keyin yaxshi bo‘shab qoladi

Terisi bo‘sh, mayin, serharakat

Jun qoplami mayin, yaltiroq

3.

Oyoqlarining sifati

100

0,15

Tuyoqlari qisqa, dumaloqsimon, ularning orqa devori chuqur, tovoni tekis, baqaylari kuchli, o‘rtacha uzunlikda

Oldingi oyoqlari to‘g‘ri va keng joylashgan, tuyoqlari tiq

Orqa oyoqlari perpendikulyar shaklda, yonidan qaralganda sakrash bo‘g‘inigacha to‘g‘ri qo‘yilgan va orqasidan qaralganda keng joylashgan

Sakrash bo‘g‘inlari aniq ifodalangan, yaxshi shaklda, dag‘al emas, quruq. Suyaklari tekis, kuchli, musta�kam, paylari yaxshi seziladi

4.

Elinining sifati

100

0,40

Elini simmetrik, uzun, keng va chuqur, yon tomonidan qismlarga ajralganligi ko‘zga tashlanadi, tanasiga nisbatan gorizontal holatda joylashgan

Elinining markaziy qismi tanasi bilan yaxshi bog‘langan, kuchli rivojlangan, elin sakrash bo‘g‘imlaridan yuqorida qulay joylashgan

Elin tuzilishi yumshoq, elastik, sog‘ib bo‘lingandan keyin darrov bo‘sh holatga keladi

Elinning oldingi qismlari mustahkam, uzun, keng va tanaga tekis joylashgan

Elinning orqa qismlari tanaga zich birikkan, ular chuqur va keng, sakrash bo‘g‘imlaridan yuqorida va oldingi qismlari bilan bir xil darajada joylashgan

So‘rg‘ichlar bir xil o‘lchamda, o‘rtacha uzunlikda va diametrda, silindrsimon shaklda, bir-biridan o‘rtacha masofada joylashgan

Sut venalari uzun, shoxlangan shaklda ko‘zga tashlanadi

5.

Umumiy ko‘rinishi (zot tipiga xosligi inobatga olinadi)

100

0,20

Muskullari yaxshi rivojlangan, ona mollarga xos kuchli

Bo‘yi baland, oyoqlari o‘rtacha, tanasi cho‘ziq

Boshi nisbatan quruq, tanasiga mutanosib, burun oynasi keng va teshiklari yirik, jag‘lari mustahkam, ko‘zlari katta, peshonasi do‘ng va keng, quloqlari o‘rtacha va serharakat

Bo‘yni uzun va nisbatan ingichka, tomoqlari va ko‘krak osti qismi yaxshi ifodalangan

Tanasining oldingi qismi — gavda tuzilishi mustahkam va sut mahsuldorlik yo‘nalishidagi zotlarga xos

Yag‘rini yaxshi ifodalangan, o‘tkir ko‘rinishda, umurtqa asosi kuragiga birikkan

Kuraklari zich birikkan va ko‘krak qismiga bir tekis joylashgan

Ko‘kragi chuqur va keng, umurtqalari aniq ifodalangan

Qovurg‘alari keng joylashgan, suyaklari keng, yassi, uzun. Och biqinidagi chuqurlik aniq ifodalangan

Orqa qismi tekis, beli keng va tekis

Sag‘ri uzun, keng va tekis

Orqa do‘ng suyak eni keng, ko‘zga yaxshi tashlanadi, bo‘rtib chiqmagan

O‘tirg‘ich do‘ngi keng, quruq, yog‘ va go‘sht to‘qimalari to‘planmagan

Tos-son birikmalari orqa do‘ng suyak eni markazida baland va keng joylashgan. Sonlari keng joylashgan va ular elin uchun yetarli bo‘shliqni ta’minlaydi

Dumining negizi orqa chizig‘i bilan bir xil darajada joylashgan, dag‘al emas. Dumi ingichka

Oldingi oyoqlari o‘rtacha uzunlikda, tik holatda va keng qo‘yilgan

Orqa oyoqlari yon tomonidan qaralganda perpendikulyar va orqadan qaralganda tik holatda ko‘rinadi

Sakrash bo‘g‘inlari aniq ifodalangan, dag‘al emas, quruq

Tuyoqchalari mustahkam, o‘rtacha uzunlikda

Tuyoqlari qisqa va dumaloqsimon, ularning orqa devori baland va tovoni tekis

Elini hajmdor, mustahkam birikkan, kosasimon shaklda, so‘rg‘ichlar oralig‘idagi masofa o‘rtacha, tik joylashgan, elin sog‘ilgandan keyin yaxshi bo‘shab qoladi

Terisi erkin, yupqa va harakatchan. Jun qoplami mayin, yaltiroq

Jami:

100

1,00

Sinov natijalari

Ball

Toza qonli salt miniluvchi otlar bo‘yicha:

Poygada qatnashdi, lekin 1-o‘rinni olmadi

2

Qator poygada bir marta 1-o‘rinni oldi

3

Qator poygada ikki va undan ortiq marotaba 1-o‘rinni oldi yoki birinchi guruhda va “guruhdan tashqari” poygada ishtirok etdi

4-5

Birinchi guruhda va “guruhdan tashqari” poygada g‘olib chiqdi

6

Qo‘shimcha ball beriladi:

3 yoshida poygada qatnashdi

0,5

4 yoshida poygada qatnashdi

1

An’anaviy sovrinli poygada to‘lovli o‘rin uchun

0,5

An’anaviy sovrinli poygada asosiy sovrin yutug‘i uchun

1

Xalqaro sovrinli poygada to‘lovli o‘rin uchun

1

Xalqaro sovrinli poygada 1-o‘rinni olganligi uchun

2

Zot rekordini o‘rnatganligi uchun

1

Qorabayir zoti

Mashq qilgan, lekin poygada qatnashmagan

4

Ippodromda poygada qatnashgan, lekin 1-o‘rinni olmadi

5

Guruh poygasida 1-o‘rinni oldi

6

Birinchi guruhda va “guruhdan tashqari” poygada 1-o‘rinni oldi

7

Qo‘shimcha ball beriladi:

Yakkalik sovrinli poygada 1-o‘rin uchun

1

An’anaviy sovrinli poygada sovrinli o‘rin uchun

1

An’anaviy sovrinli poygada g‘alaba uchun, rekord o‘rnatilganda

2

Axaltekin va arab tozaqonli zotlari

Mashq qilgan, lekin poygada qatnashmagan

3

Ippodromda poygada qatnashgan, lekin 1-o‘rinni olmadi

4

Guruh poygasida 1-o‘rinni oldi

5

Birinchi guruhda va “guruhdan tashqari” poygada qatnashdi

6

Yakkalik sovrinli poygada 1-o‘rinni oldi

7

Qo‘shimcha ball beriladi:

3 va 4 yoshida poygada qatnashganligi uchun

1

To‘siqli poygalarda qatnashganligi uchun

1

An’anaviy sovrinli poygada sovrinli o‘rin uchun

1

An’anaviy sovrinli poygada g‘alaba uchun

2

To‘siqli poygalarda g‘alaba uchun

1

Stil–chezda sovrinli o‘rin uchun

1

Stil–chezda g‘alaba uchun

2

Zavod sinovlaridan o‘tgan salt miniluvchi otlar bo‘yicha:

6 ball qoniqarli natija ko‘rsatdi

6

7 ball qoniqarli natija ko‘rsatdi

7

8 ball yaxshi natija ko‘rsatdi

8

9-10 ball a’lo natija ko‘rsatdi

9-10

Zot

Klasslar

Elita

I

II

III

Go‘sht-teri beruvchi zotlar

Kulrang velikan

Kulrang — quyonlar tusi mex va jun o‘qini nisbati bilan baholanadi. Teri qoplami puflanganda taramlar asosan beshta rang hosil qiladi: tuk asosida havo rang, keyin malla rang, yuqoriroqda to‘q malla, keyin och sariq dog‘li va eng yuqorida –qora rang. Qorin, dum osti va pastki qismlar o‘qi oq rangda, mex osti havo rangda. Dumining ustki qismi va quloqlari tim qora, qora, jun qoplami to‘q kulrang, to‘q qo‘ng‘ir rangli dog‘lar bor. Mex osti to‘q havorang. Qorin osti boshqa tana qismlariga nisbatan och rangda. Jun qoplami bir tekis, toza oq, yaltiroq

Puflaganda jun qoplamining pastki qismi tarami kulrang, tana qismlarida jun qoplami ranglari bir tekis qoplanmagan

Puflaganda jun qoplamining pastki qismi bir tekisda emas

Yuqori klass talablariga javob bermaydi

Oq velikan

Jun qoplami bir tekisda toza-oq va yaltiroq rangda

Terisi tovlanadi

Tovlanishi yaxshi emas

Tovlanmaydi

Qora-qo‘ng‘ir

Jun qoplami qora-qo‘ng‘ir tusda, bo‘yni, beli, tomog‘i bir xil qora rangda. Yon qismlarida yaxshi ifodalanadi: asosi havo rangda, keyin to‘q rangda, yuqorisi och rangda va hosil bo‘layotgan tuk qora rangda

Bo‘yin, orqa, yon tomonlari qo‘ng‘irroq rangda

Tusi juda to‘q yoki och rangda

Rangsiz, tanasining ayrim joylari oq tusda

Kapalak

Orqa qismida, asosan, oq tusda, yonboshida qora yoki jigarrang rangda tanasi bo‘ylab turli o‘lchamda tasma yoki ilon ko‘rinishda chiziq o‘tgan, tumshug‘idagi dog‘lar kapalak qanotiga o‘xshash simmetrik shakldagi dog‘ mavjud.

Simmetrik rangli dog‘ mavjud

Rangli dog‘ ko‘rinishi simmetrik emas

Rangli dog‘ umuman simmetrik ko‘rinishda emas.

Kulrang

Tusi kulrang. Jun qoplami toza-oq va qora, yuqori qismidagi mexi havo rangda, asosi birmuncha och rangda

Tanasining tusi juda och rangda yoki juda to‘q rangda. Mex rangi kulrang

Tanasi bir tekis tusda

Tanasi bir tekis bo‘lmagan tusda

Shinshilla

Asosiy tusi kumush, kulrang yoki havo rang; bo‘yni, qo‘ltig‘i, dumining ost qismi, oyog‘ining ichki tomoni oq rangda, puflanganda orqasi va yonbosh qismlarining jun qoplamida boshqa tusdagi ranglar aniq bilinadi: asosi toza havo rangda, keyin och rangda, to‘q, oq va eng yuqorisida toza qora rangda. Qornidagi mex havo rangda

Pastki qismi puflanganda kulrang rangda

Qismlar bo‘ylab ranglar aniq ko‘rinmaydi

Hil�irashi juda och rangda yoki haddan ortiq to‘q rangda. Ensasida och kulrang mavjud emas. Qornidagi mex oq rangda

Vena havo rangi

Umumiy tusi kulrang yoki havorang, tana bir tekis tusda

Yagona oq tusdagi rangda

Tanasi oq jun qoplami bilan qoplangan

Tanasi jigarrang dog‘lar bilan qoplangan

Sovet marderi

Tanasi bir tekisda jigarrang tusda. Bosh qismining old tomoni, qulog‘i, dumi va panjalari to‘q jigarrang tusda

Tanasining ayrim qismlarida oq jun mavjud

Tanasi bir tekis tusda emas.

Yuqori klass talablariga javob bermaydi

Go‘sht yo‘nalishidagi zotlar

Kaliforniya

Tanasining jun qoplami oq rangda, yaltiroq; qulog‘i, burni, panjasi va dumi qora rangda

Yaltiroqligi ko‘zga tashlanmaydi

Qulog‘i, burni, kafti, dumi rangsiz tusda

Yuqori klass talablariga javob bermaydi

oq Yangi Zellandiya

Tanasining jun qoplami oq tusda, yaltiroq

Yaltiroqligi ko‘zga tashlanmaydi

Rangsiz tusda

Yuqori klass talablariga javob bermaydi

Mex beruvchi zot

Oq mexli zot

Tanasining jun qoplami oq tusda, yaltiroq

Yaltiroqligi ko‘zga tashlanmaydi

Rangsiz tusda

Yuqori klass talablariga javob bermaydi