Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2018 08.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2573
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 08.04.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2573
Кучга кириш санаси
14.04.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XUSUSIYLAShTIRISh, MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida namunaviy shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2573]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2018-yil 4-yanvardagi 1, 1, 01/15-1-10/01-sonli “Qoʻriqlash xizmati koʻrsatish boʻyicha namunaviy shartnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2966, 29.01.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-yanvardagi 16-son “Oʻzbekiston Respublikasida qoʻriqlash faoliyati bilan shugʻullanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 5-son, 57-modda) 6-bandi ijrosi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida namunaviy shartnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/19-26/11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2014-yil 20-martdagi 8, 23, 01/19-26/11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻriqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY ShARTNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________ sh.‎

________- son‎

20__yil “___” ___________

‎ ‎ ‎ ‎ ‎
‎______________________________________________________________________________ qoʻriqlash boshqarmasi (boʻlimi)
‎

‎‎(toʻliq nomi)

‎ ‎
‎‎nomidan Nizom asosida faoliyat yurituvchi ____________________________________________________________________
‎ ‎

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎
‎‎(keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) bir tomondan, ___________________________________________ nomidan
‎‎__________________________ asosida faoliyat ‎

(toʻliq nomi)‎

‎
‎‎yurituvchi _______________________________________________________________________________ (keyingi oʻrinlarda

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎“Buyurtmachi” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi, mazkur Shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Shartnoma predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijrochi militsiyaviy, harbiy va soqchilik qoʻriqlashi koʻrinishida texnik qoʻriqlash punktidan (keyingi oʻrinlarda TQP deb yuritiladi) foydalangan holda Buyurtmachining mulkini qoʻriqlash xizmatini koʻrsatish majburiyatini, Buyurtmachi esa mazkur Shartnoma shartlariga asosan oʻz vaqtida koʻrsatilgan xizmat uchun toʻlovlarni amalga oshirish majburiyatini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Umumiy shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Buyurtmachi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎‎___________________________________________________________________________________________________________

(qoʻriqlash turi koʻrsatiladi (milsiyaviy, soqchilik, harbiy)‎‎

‎‎___________________________________________________________________________________________________________‎

(postlar soni, chegaralari, alohida xona, qoʻriqlash vaqti)‎‎

‎‎‎___________________________________________________________________________________________________________

(obyektning toʻliq nomi, joylashgan manzili)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(keyingi oʻrinlarda obyekt deb yuritiladi) Ijrochiga topshiradi, Ijrochi qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektning qoʻriqlash chegaralari (imoratlari, qurilmalari), postlarining (marshrutlari) joylashuvi chizma-rejada koʻrsatiladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektdagi oʻtkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimi Buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻtkazish (kiritish) va ichki obyekt rejimini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi va mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyektni texnik qoʻriqlash vositalari bilan jihozlash va taʼmirlash Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi, texnik qoʻriqlash vositalari Ijrochining aybi bilan ishdan chiqqan hollar bundan mustasno. Obyektni yongʻindan qoʻriqlash va xavf-xatar signalizatsiyasi bilan jihozlash chizmasi mazkur Shartnomaga ilova qilinadi hamda uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektni qoʻriqlashda Buyurtmachi bilan kelishilgan holda soqchi itlardan foydalanish mumkin. Soqchi itlardan foydalanish ichki ishlar organlarida xizmat itlaridan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, obyektda ___ ish kuni ichida militsiyaviy qoʻriqlash turi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektda soqchilik qoʻriqlash turi va harbiy qoʻriqlash mazkur Shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab, ___ ish kuni ichida yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Buyurtmachi koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan talablarni bajarmaganda Ijrochi qoʻyilmaydi, qoʻyilgan Ijrochi esa chaqirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Toʻlovlarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar narxi belgilangan tariflarga mos holda quyidagicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) post-soat hisobida qoʻriqlash xizmati oyiga ____________________ soʻm, 12 oyga ________________________ soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ijrochi balansida turgan soqchi itni saqlash uchun oyiga ___________ soʻm, 12 oyga ___________soʻm.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ijrochi xizmatlari uchun toʻlovlarga oʻzgartirishlar kiritish qonun hujjatlariga muvofiq ushbu xizmatlar turiga yangi tariflar tasdiqlangan hollarda qayta koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Buyurtmachi mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab, _______ kun ichida mazkur Shartnoma bahosining 15 foizi miqdorida avans toʻlovini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga bajarilgan ishlar toʻgʻrisida dalolatnoma taqdim qilingandan soʻng Buyurtmachi 5 kun ichida avans toʻlovini chiqarib tashlagan holda oylik toʻlovni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi boʻlsa, oylik toʻlovning 100 foizi miqdorida avans toʻlovini keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xoʻjalik yurituvchi subyekt hisoblangan Buyurtmachi mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan oylik toʻlovni (avans toʻlovini) oʻz vaqtida toʻlamasa, Ijrochi Buyurtmachiga akseptsiz toʻlov talabnomasini taqdim qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma bekor qilingan hollarda Ijrochi Buyurtmachi bilan toʻlangan toʻlovlar boʻyicha qayta hisob-kitobni amalga oshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijrochidan belgilangan qoʻriqlash tartibiga rioya etishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat koʻrsatish jarayonida Ijrochining xodimlari tomonidan intizomni buzish holatlarini toʻxtatish va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha kerakli choralar koʻrilishini Ijrochidan talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ijrochining xizmatni tashkil qilishi va amalga oshirishini, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari buzilishining har bir holati boʻyicha Ijrochining vakili ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 20___ yil “___” ___________dagi koʻzdan kechirish dalolatnomasiga asosan qoʻriqlashga topshiriladigan obyektni, alohida xonalarni texnik mustahkamlash boʻyicha tadbirlarni bajarish, oʻz hisobidan texnik qoʻriqlash vositalari (obyektning turiga qarab post qurilmalari va uni isitish uskunalari, postlararo aloqa, ichki va shahar telefonlari, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi, obyekt perimetri boʻylab kerakli yoritish vositalari, qulflar, turniket, kuzatish maydonchasi, shaxsiy tekshirish xonalari, ishchi va xizmatchilarning shaxsiy buyumlarini saqlash xonalari, yongʻin oʻchiruvchi vositalar va boshqalar) bilan jihozlash va zarur hollarda ularni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har qanday moddiy qimmatliklarni obyekt hududining devor toʻsigʻidan __________ metr uzoqlikda (obyekt joylashuvini hisobga olgan holda) joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ijrochi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnik mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanganini, shu jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi holatini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari, Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda Tomonlarning vakillari ishtirokida dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) belgilangan qoʻriqlash rejimi talablarini bajarish va texnik qoʻriqlash vositalarining tegishli holatini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) binoda rejalashtirilayotgan kapital taʼmirlash ishlari, obyektlarni qayta jihozlash, ish rejimini va ishlar profilini oʻzgartirish, moddiy qimmatliklarni saqlash joyini oʻzgartirish yoki yangilarini ochish, obyekt yoki uning bir qismini boshqa shaxslarga ijaraga berish yoki mulk huquqini oʻtkazish, qoʻriqlash turini, postlar dislokatsiyasini oʻzgartirish yoki qoʻshimcha qoʻriqlash signalizatsiyasi vositalarini oʻrnatish boʻyicha tadbirlarning oʻtkazilishi haqida Ijrochini bunday ishlarning boshlanishidan kamida ___________ kun oldin ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) obyektda ish kuni yakunida qoʻriqlash signalizatsiyasini yoqish, uning nosozligi holatida bu haqda Ijrochini ogohlantirish va nosozlik bartaraf etilmagunga qadar obyektni tashlab ketmaslik va belgilangan tartibda qoʻriqlashga topshirish. Obyektni qoʻriqlashga topshirganlik haqida TQPni xabardor qilib, 5 daqiqadan soʻng obyektning qoʻriqlashga qabul qilinganligi haqida ishonch hosil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) obyektni, yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan har bir alohida xonani kundalik qoʻriqlashga topshirish, eshiklar qulfi, derazalar, darchalar, lyuklar, ventilatsiya teshiklari yopilganligini hamda avtonom qoʻriqlash signalizatsiyasini va hududning yoritilish holatini tekshirish, qoʻriqlanadigan binolarda elektr jihozlarining, boshqa yongʻin manbalarining yoqilgan holda qolib ketishining oldini olish va begona shaxslarning obyektda qolishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoʻriqlanayotgan hududda binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatda qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qoʻriqlashga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) maxsus jurnalda oʻz vakili tomonidan imzo qoʻyish yoʻli bilan obyektlarni, alohida xonalarni qoʻriqlashga topshirish, qoʻriqlash tugagandan soʻng qoʻriqlashdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qoʻriqlanadigan xonalarning butunligi buzilganligi haqida yoki obyektga begona shaxslarning kirishi natijasida zarar yetkazilganligi alomatlari mavjud boʻlganda zudlik bilan Ijrochini xabardor qilish va obyektga Ijrochi vakili yetib kelguniga qadar koʻrsatilgan joylarning daxlsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) begona shaxslarga qoʻriqlash va signalizatsiya tamoyillari va tizimini, shuningdek berilgan pult raqamlarini oshkor qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) Ijrochi vakillarini obyektdagi ichki tartib va texnika xavfsizligi qoidalari bilan ularning oʻz vazifalarini bajarishiga oid qismi bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijrochining huquqlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Buyurtmachidan obyektda oʻrnatilgan kirish-chiqish va ichki tartibga rioya qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻzdan kechirish dalolatnomasida koʻrsatilgan qoʻriqlash-texnika vositalarini joriy qilish boʻyicha Buyurtmachiga tavsiyalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ijrochining majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyektda postlar dislokatsiyasiga (patrul marshrutiga) muvofiq qoʻriqlash naryadini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur Shartnomada va uning ilovalariga muvofiq obyektni hamda qoʻriqlashga topshirilgan moddiy qimmatliklarni qoʻriqlashni tashkil etish va taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qoʻriqlanayotgan hududdagi, lekin binodan tashqarida joylashgan moddiy qimmatliklarning miqdori, assortimenti, oʻralgan yoki qadoqlangan holatini tekshirib, qayta hisob-kitob asosida qabul qilish-topshirish jurnalida roʻyxatdan oʻtkazgan holda hamda Ijrochi va Buyurtmachi vakillari tomonidan imzolangan holda qabul qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) obyektda kirish-chiqish va obyekt ichki tartibiga rioya etish, obyekt hududiga belgilangan tartibda moddiy qimmatliklar olib kirilishi va chiqilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) propusk rejimi mavjud boʻlgan obyektlarda kun davomida nazoratdan oʻtkazish punktidan bir martalik kirish ruxsatnomasi bilan obyektga kiritilgan tashrif buyuruvchilarning chiqib ketishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) obyektni qoʻriqlash vaqtida joydagi yongʻin xavfsizligi qoidalarining bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) obyektda yongʻin chiqishi yoki yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasining ishlab ketishi holatida zudlik bilan yongʻin boʻlimiga yoki Buyurtmachiga xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) obyektga begona shaxslarning kirib ketganligi aniqlanganda zudlik bilan Buyurtmachining vakilini chaqirish va obyektning daxlsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasi ishlab ketgan holatlarda signalizatsiyaning ishlab ketish sabablarini aniqlash va obyektni qayta topshirish uchun Buyurtmachi vakilini chaqirtirish, tekshirish natijalari va obyektni qayta topshirish boʻyicha ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Ijrochining xodimlari tomonidan xizmatni tashkil qilish va amalga oshirish, qoʻriqlash turlariga mos boʻlgan kiyim-bosh, kiyim-bosh anjomlari (ekipirovkasi), qurol-aslahalarining mavjudligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) obyektni qoʻriqlashga qabul qilganda va topshirganda obyektdagi texnik mustahkamlik boʻyicha va qoʻriqlashning texnik vositalari bilan bogʻliq aniqlangan barcha kamchiliklar haqida Buyurtmachini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) Buyurtmachi bilan birgalikda har chorakda kamida bir marta obyektning texnikaviy jihatdan mustahkamligini, qoʻriqlashning texnik vositalari bilan taʼminlanishini, jumladan yongʻindan qoʻriqlash signalizatsiyasini tekshirish koʻrigini oʻtkazish, Buyurtmachi tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish muddatlari hamda Ijrochini bu haqda xabardor qilish muddati va tartibini koʻrsatgan holda tomonlarning vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Ijrochi tomonidan mazkur Shartnoma talablarining har bir buzilishi boʻyicha Ijrochi va Buyurtmachining vakillari ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuzish va bir nusxasini Ijrochining rahbariga tegishli choralar koʻrish uchun berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) qoʻriqlanayotgan xonalar buzilganligi yoki mulkka yetkazilgan zarar toʻgʻrisida ichki ishlar organining navbatchi qismiga va Buyurtmachiga zudlik bilan xabar berish, ichki ishlar organi vakili yetib kelgunga qadar hodisa yuz bergan joyning daxlsizligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Tomonlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Shartnomaning 11-bandida koʻrsatilgan summaning Buyurtmachi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmaganligi holatida Buyurtmachi Ijrochiga har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlov summasining ___ foizi miqdorida penya toʻlaydi, bunda penyaning miqdori Shartnoma bahosining 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ijrochining xodimi postda turmaganligi uchun Ijrochi Buyurtmachiga bir kunlik qoʻriqlash xizmati narxining 15 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijrochi mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi natijasida Buyurtmachiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganlik uchun belgilangan neustoykani (jarima, penya) toʻlash hamda zararni qoplash Tomonlarni Shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Nizolarni hal qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Shartnomani tuzish, ijro etish, oʻzgartirish va bekor qilishda vujudga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-bob. Fors-major
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tomonlar ushbu Shartnoma boʻyicha majburiyatlar qisman yoki toʻliq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo boʻlgan, yengib boʻlmaydigan kuch, yaʼni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yengib boʻlmaydigan kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi va tamom boʻlganligi toʻgʻrisida ikki kun ichida yozma shaklda xabardor qilishi shart. Ushbu muddat ichida xabar bermagan Tomon mazkur Shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilish asosi sifatida koʻrsatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fors-major holatlariga suv toshqinlari, yer qimirlashi va boshqa tabiiy halokatlar, shuningdek epidemiyalar, yongʻinlar, portlashlar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mazkur Shartnoma ijrosiga bevosita taʼsir koʻrsatgan qarorlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib boʻlmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi. Agarda fors-major uch oy davom etsa Tomonlar mazkur Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Shartnoma budjet tashkilotlari yoki budjet mablagʻlari oluvchilari bilan tuzilganda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Shartnomaga har qanday oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda tuzilganda hamda Buyurtmachi va Ijrochining vakillari tomonidan imzolangan taqdirda haqiqiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Shartnomaning amal qilish muddati quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha — Tomonlar tarafidan imzolangan kundan boshlab Tomonlar oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari boʻyicha — belgilangan tartibda gʻaznachilik boʻlinmalarida roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab yilning 31-dekabr kuni oxirigacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachi xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlgan taqdirda Buyurtmachi mazkur Shartnomani bekor qilish haqida Ijrochiga Shartnoma muddati tugashidan ____ kun oldin maʼlum qilmasa, mazkur Shartnomaning amal qilish muddati xuddi shu muddatga va xuddi shu shartlarda uzaytirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Buyurtmachi alohida obyektlarni qoʻriqlashni rad qilish yoki mazkur Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish toʻgʻrisida Ijrochiga ___ kun oldin yozma ravishda maʼlum qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Agar texnik qoʻriqlash vositalari Buyurtmachining aybi bilan ishdan chiqqan, kapital yoki joriy taʼmirlashni talab qilsa, biroq Buyurtmachi buni rad etsa, Ijrochi Buyurtmachiga yetti kun oldin yozma maʼlum qilgan holda alohida obyektlarni qoʻriqlashni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Obyektning xususiyatidan kelib chiqib Tomonlar mazkur Shartnomaga qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi qoʻshimcha bandlar kiritishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX bob. Tomonlarning yuridik manzillari va rekvizitlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijrochi
‎______________________________
‎(toʻliq nomi)‎‎

‎

Buyurtmachi
‎______________________________
‎‎‎
‎(tashkilot nomi)

Yuridik manzili:_________________‎‎ ‎ Yuridik manzili:_________________‎‎

___________________________‎‎

‎

‎‎____________________________

Bank rekvizitlari:_______________‎‎ ‎ ‎‎Bank rekvizitlari:________________
___________________________‎‎ ‎‎ ‎ ___________________________‎‎ ‎‎
MFO:__________________________‎‎ ‎ MFO:___________________________‎‎
STIR:__________________________ ‎‎ ‎ STIR:___________________________
XXTUT:_________________________‎‎ ‎ XXTUT:_________________________‎‎
___________________________‎‎ ‎ ‎‎___________________________

(lavozim, F.I.O.)‎‎

‎

(lavozim, F.I.O.)‎‎

___________________________‎‎ ‎ ___________________________‎‎

(imzo, muhr)‎‎

‎

(imzo, muhr)‎‎

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 173-modda)