O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga vazir o‘rinbosari — “O‘zbeknavo” estrada birlashmasining bosh direktori lavozimi kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining tegishli shtatlar jadvali va xarajatlar smetasiga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartishlarni kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarorining 1-bandi to‘rtinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-mart,
PQ-2146-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-martdagi PQ-2146-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi markaziy apparatining
TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 12-son, 137-modda)