10.03.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2568
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining qarori, 10.03.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2568
Кучга кириш санаси
17.03.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi - axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2568]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 20-fevraldagi 76-mh-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (bundan buyon matnda Milliy kutubxona deb yuritiladi) tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan o‘zaro aloqani ta’minlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-metodik faoliyat — axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlari asosida axborot-kutubxona xizmatini tashkiliy va metodik jihatdan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika metodik kengashi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-sonli “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Milliy kutubxona huzurida tashkil etilgan, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiquvchi idoralararo kollegial organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona markazlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-resurs markazlari — davlat ta’lim muassasalari huzurida tashkil etilgan, o‘quvchi yoshlarning, shuningdek aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ma elektron katalog — axborot-kutubxona muassasalarining elektron kataloglari majmui.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Milliy kutubxona kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida ilmiy-tadqiqot hamda ilmiy-metodik faoliyatni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi, yig‘ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi, shuningdek axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-sonli qarori bilan tasdiqlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Respublika metodik kengashi axborot-kutubxona muassasalariga idoralararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, ular faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi hamda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Respublika metodik kengashi axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim masalalarini o‘rganish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, axborot-kutubxona markazlari tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-metodik jihatdan ta’minlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot-resurs markazlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari va boshqa kutubxonalar axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlaydi va boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, shuningdek yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy- metodik faoliyatini muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkiliy-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish axborot-kutubxona muassasalarining o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularga metodik yordam ko‘rsatish va ularning yagona tashkiliy-metodik ta’minlanishiga erishish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkiliy-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona markazlari va Milliy kutubxona tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlarni amalga oshirish bo‘yicha yillik va istiqbolli rejalarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining maqsadlari va vazifalariga muvofiq axborot-kutubxona resurslarini jamlash, hisobga olish, ishlovdan o‘tkazish, joylashtirish va saqlash bo‘yicha yagona metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning yangi shakllarini joriy etish, axborot-kutubxona resurslarini (matn, ovozli yozuv yoki tasvir shaklida) to‘plash, hisobga olish va qidirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona tomonidan axborot-kutubxona markazlarining tashkiliy-metodik faoliyati monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini dasturiy ta’minlash hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga doir statistik va analitik tahlillarni amalga oshirish va ular asosida axborot-kutubxona faoliyati va uni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlashning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga Milliy kutubxona va boshqa axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali ularning intellektual, madaniy va bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zaro aloqani ta’minlash quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarining ulanishini nazarda tutgan holda mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish uchun Milliy kutubxona bazasida yig‘ma elektron katalogni shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining elektron katalogini shakllantirish va ular o‘rtasida elektron bibliografik yozuvlarni o‘zaro almashish imkoniyatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirish jarayonidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shu jumladan axborot-kutubxona resurslarining elektron shaklini yaratishda o‘zaro takrorlanishlarning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyatining barcha jarayonlarini avtomatlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resurslarini kataloglashtirishning yagona qoidalarini tatbiq etish orqali axborot-kutubxona muassasalarining mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona markazlari tomonidan tegishli hududda chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasi asosida ularning hududiy bibliografik hisobini yuritish va har chorakda mazkur nashrlar haqidagi bibliografik ma’lumotlarni Milliy kutubxonaga taqdim etilishini ta’minlash orqali O‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining xorijiy axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, shu jumladan xorijiy axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va rivojlangan mamlakatlarning axborot-kutubxona faoliyatidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona muassasalari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlash Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslariga barcha axborot-kutubxona muassasalarining ulanish imkoniyatini yaratgan holda mamlakatning yagona axborot-kutubxona fondini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Nizom talablari bajarilishini nazorat qilish Respublika metodik kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 11-son, 128-modda)