Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining qarori, 10.03.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2567
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 10-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2567]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais X. MIRZAXIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-mh-son

O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining 2014-yil 20-fevraldagi 75-mh-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘riqnoma

Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son “Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikaning barcha axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini, shu jumladan elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
audiovizual resurs (AVR) — texnik vositalar yordamida qayta aks ettiriladigan tasviriy va/yoki ovozli va matnli axborotdan iborat axborot-kutubxona resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resursi — moddiy obyektda matn, ovozli yozuv yoki tasvir tarzida qayd etilgan hamda identifikatsiyalash, saqlash va foydalanishni ta’minlash uchun rekvizitlarga ega bo‘lgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondining harakati — axborot-kutubxona resurslarining hisob hujjatlarida aks ettiriladigan kiritilish va chiqarilish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor narxi — iqtisodiy holat, talab va takliflar tendensiyalari hamda raqobatni hisobga olgan holda tegishli mahsulot (kitoblar, (AVR), elektron nashrlar) bozorida shakllanadigan narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamlanma hisobga olish — axborot-kutubxona muassasasining axborot-kutubxona fondi hajmi, tarkibi va undagi o‘zgarishlar (kirish, joyni o‘zgartirish, chiqish) haqida to‘liq ma’lumotlarni olish maqsadida barcha axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik komplekt — axborot-kutubxona resursining bir hisob birligi sifatida qabul qilinadigan bir yillik davriy nashrlar sonlari (nashrlari) yig‘indisi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Axborot-kutubxona resurslari hisobini yuritishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olish axborotining to‘liqligi va ishonchliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondiga har bir kirim va chiqimni hujjatlashtirilgan ko‘rinishda rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilishlar va hisobga olish shakllarining mosligi va ularning ishonchliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Axborot-kutubxona resursi hisobini yuritishda quyidagilar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resurslari qabul qilinganda, joyi o‘zgartirilganda, chiqarilganda ro‘yxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resurslarining fondda mavjudligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Axborot-kutubxona muassasasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslarining umumiy va yakka tartibda hisobga olinishini belgilangan hisobga olish birliklarida amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resurslarini nusxalarda hisobga olish birliklarining ularni saqlash va berish birliklari bilan taqqoslanishini ta’minlashi lozim, gazetalar, jurnallar, varaqli nashrlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondining barcha bo‘linmalarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondi bo‘yicha “1-madaniyat” shaklida davlat statistika hisobotini topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim axborot-kutubxona resurslarining, shu jumladan kitob yodgorliklarining, alohida (maxsuslashtirilgan) hisobga olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kitob yodgorliklariga kiritilgan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish, tarix va madaniyat yodgorliklarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan ushbu Yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari va birliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Axborot-kutubxona fondining hisobga olish obyektlari bo‘lib axborot-kutubxona resursining turi va shaklidan qat’i nazar, axborot-kutubxona muassasasiga keladigan va undan chiqariladigan axborot-kutubxona resurslari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘z tarkibida almashinadigan va rezerv axborot-kutubxona fondlariga ega axborot-kutubxona muassasalari ushbu axborot-kutubxona fondlarining alohida hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosma nashrlar, chop etilmagan, audiovizual, elektron axborot-kutubxona resurslari fondi hajmini hisobga olishning birliklari bo‘lib, nusxa va nomi, gazetalar uchun esa yillik komplekt va nomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona fondi va uning bo‘linmalarining umumiy hajmi nusxalarda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosma nashrlar va chop etilmagan axborot-kutubxona resurslari uchun axborot-kutubxona fondining hajmini hisobga olishning qo‘shimcha birliklari bo‘lib, metrotokcha, yillik komplekt (gazetalardan tashqari) va muqovalangan komplekt (podshivka) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Barcha mustaqil rasmiylashtirilgan matbaa nashrlari (gazetalardan tashqari) yoki ularning nusxalari alohida hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagi kitoblar va risolalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir yangi nashr (kitob, risola) yoki alohida nashr qilingan nusxa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy muqova bilan sun’iy birlashtirilgan nashrlar (konvolyutalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi sarlavhaga ega ko‘p jildli nashrning har bir alohida jildi (nashr, qism);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlashtiruvchi papka, muqova, manjetkada chiqarilgan risolalarning har biri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kitob seriyasiga (raqamlangan yoki raqamlanmagan) kiruvchi har bir kitob yoki risola;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi sarlavha va mustaqil ma’noga ega kitoblar, risolalarga alohida nashr qilingan ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jurnallar va davomli nashrlar nomi o‘zgarishidan qat’i nazar, nomi va nusxasi bo‘yicha hisobga olinadi. Bunda alohida saqlanadigan son (jild, nashr), shuningdek bitta blokka muqovalangan sonlar (jildlar, nashrlar) komplekti nusxa hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davomli nashrning yakka tartibdagi sarlavhaga va o‘z raqamiga ega seriya (kichik seriya) alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mustaqil nashr qilinadigan, yakka tartibdagi sarlavhaga va mustaqil raqamga ega jurnallar uchun davriy ilovalar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Gazetalarni hisobga olishning asosiy birliklari bo‘lib, gazeta sarlavhasining o‘zgarishi va komplektning to‘liqligidan qat’i nazar, axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan butun yillar ichidagi gazetaning yillik komplekti va nomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bir kunlik (bir martali) gazetalarni hisobga olish birliklari bo‘lib gazetaning nusxasi (soni, nashri) va nomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yakka tartibdagi sarlavhaga va o‘z raqamiga ega gazetalar uchun alohida chiqarilgan davriy ilovalar mustaqil hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tasviriy nashrlar (albomlar, komplektlar, alohida varaqli nashrlar)ni hisobga olish birliklari bo‘lib, nusxasi va nomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagi tasviriy nashrlar alohida nashrlar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi sarlavhaga ega har bir alohida chiqarilgan jild, albom nashri yoki davomli nashrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilmagan tasviriy nashrlar seriyasining har bir varag‘i (nashri).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan varaqli nashrlar bitta nusxa va bir nom sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Notali nashrlarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi. Bitta nashrda partitura (klavir) bilan birlashtirilgan alohida turkumlar (ovozlar), shuningdek noshirlik papkasi (muqova, manjetka) bilan birlashtirilgan turkumlar (ovozlar) bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi. Alohida nashr qilingan alohida partitura (klavir) va turkumlar (ovozlar) turli nusxalar sifatida hisobga olinadi. Bitta muqovada (konvolyutada) birlashtirilgan mustaqil nomli nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Kartografik nashrlarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi. Kartografik nashrlarga xaritalar, xarita-sxemalar, planlar, atlaslar va shu kabilar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagi kartografik nashrlar alohida nusxalar va alohida nomlar sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida raqamlangan yoki sana qo‘yilgan nashrlardan iborat atlaslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarita yoki atlas seriyali nashrining har bir nashri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Umumiy nom bilan birlashtirilgan bir necha varaqlarda (yopishtirilishi kerak bo‘lgan) nashr qilingan xarita bitta nusxa va bitta nom sifatida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan ko‘p jildli (ko‘p varaqli) kartografik nashrlar jildlar soni va bitta nom bo‘yicha hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida nashr qilingan, ammo mustaqil mazmunga ega bo‘lmagan turli nashrlar (kitoblar, risolalar, jurnallar va hokazolar)ga bo‘lgan kartografik ilovalar alohida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fotoresurslar va mikroshakllardagi resurslarni hisobga olish birliklari bo‘lib nusxasi va nomi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gramplastinkalar, kompakt-disklar va kassetalarning umumiy nom bilan birlashtirilgan komplekti (albomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta g‘altak (kasseta)dagi magnit fonogramma, umumiy nom bilan birlashtirilgan bir nechta g‘altaklar (kassetalar)dagi magnit fonogramma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida chiqarilgan fonoresurs yoki umumiy sarlavha bilan birlashtirilgan fonoresurslar komplekti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkil qiluvchi qismlar yoki diapozitivlar komplekti uchun kadrlar sonidan qat’i nazar, kinofilm, diafilm, umumiy nom bilan birlashtirilgan fishlar komplekti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari bo‘lib disketa, optik disk flesh-karta (CD-ROM, DVD va shu kabilar), shuningdek ularning nomi hisoblanadi. Agar ajratib olinadigan tashuvchilar nashrga ilova shaklida rasmiylashtirilgan bo‘lsa, ular alohida nusxa sifatida hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish birliklari bo‘lib, nusxasi, nomi, fayl, diskda xotira egallagan hajmi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslari uchun mustaqil direktoriyaga rasmiylashtirilgan turli formatlardagi uning har bir taqdim etilishi yangi nom hisoblanadi. Boshqa formatga qayta yozish natijasida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari ham hisobga olish jarayonidan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resursini boshqa kompyuterga yoki ajratib olinadigan tashuvchiga xuddi shu formatda, ammo dastlabki resursni yo‘q qilgan holda qayta yozishga joyini o‘zgartirish sifatida qaraladi va manzilini (kompyuter yoki ajratib olinadigan diskning raqami va boshqa atributlarini) almashtirishdan boshqa qo‘shimcha rasmiylashtirishni (kelib tushishini yoki chiqarilishini) talab qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Axborot-kutubxona fondiga axborot-kutubxona resurslari kelib tushishini hisobga olish, ularni doimiy, uzoq muddatli va vaqtincha saqlanadigan axborot-kutubxona resurslariga ajratish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bepul majburiy nusxasini doimiy saqlash sharti bilan axborot-kutubxona muassasalariga kelib tushadigan mahalliy axborot-kutubxona resurslari, shuningdek depozitar saqlash uchun qabul qilinadigan axborot-kutubxona resurslarining bitta nusxasi unga inventar raqami berilib, doimiy saqlash uchun hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resursining turi, uning hajmi, mavzusi va boshqa formal belgilaridan qat’i nazar, kitobxonlarni kundalik va prognoz qilinadigan talabini qondirish uchun mo‘ljallangan axborot-kutubxona resurslari ularga inventar raqami berilib, uzoq muddat saqlanishi uchun hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Axborot-kutubxona muassasasi tomonidan sovg‘a sifatida olingan axborot-kutubxona resurslari (kitoblar, albomlar, boshqa nashrlar) hadya qilish dalolatnomasi asosida axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Axborot-kutubxona muassasasining fondiga kiritiladigan axborot-kutubxona resurslari markalanadi. Bunda shtempellar, kitob belgilari, yakka tartibdagi mashina o‘qiydigan shtrixli kodlardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resurslarini markalashda ularning tegishliligini belgilanishini, estetik talablarga javob berishini, markalash belgisining uzoq muddatga chidamliligini, matn yoki boshqa belgili axborotning saqlanishini ta’minlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yakka tartibdagi tashuvchilarsiz elektron axborot-kutubxona resurslari maxsus kompyuter dasturlari yordamida markalanadi, bunda tegishlilik belgisi umumiy direktoriya tarkibidagi mustaqil fayl bilan rasmiylashtirilishi yoki elektron axborot-kutubxona resursiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Axborot-kutubxona fondiga kelib tushadigan yoki chiqariladigan barcha turdagi axborot-kutubxona resurslari kuzatuv hujjatlari (davlat ro‘yxatiga olish varag‘i, hisob-faktura, yuk xat, reyestr, dalolatnoma va shu kabilar) asosida jamlanma hisobiga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinadigan to‘plamlarda kuzatuv hujjatidagi ma’lumotlar bilan farqlar, shuningdek keraksiz yoki nuqsonli axborot-kutubxona resurslari yuborilganligi aniqlanganda, ular bo‘yicha yetkazib beruvchiga tegishli e’tirozlar bildirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Jamlanma hisobga olish qog‘oz yoki elektron shaklda yuritiladigan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Axborot-kutubxona fondining harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Yo‘riqnomaning 1 — 3-ilovalariga muvofiq shakldagi Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining quyidagi uchta qismlarida qayd qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-qism — “Axborot-kutubxona fondiga kelib tushgan axborot-kutubxona resursi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-qism — “Axborot-kutubxona fondidan chiqarish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi to‘liq to‘ldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Yil yakuni bo‘yicha axborot-kutubxona fondining yillik harakatining yakuni chiqariladi. Axborot-kutubxona muassasasida qabul qilingan hisobga olish tartibiga muvofiq axborot-kutubxona fondining harakati yakunlari chorak yoki yarim yil uchun chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Axborot-kutubxona resursining har bir nusxasini yakka tartibda hisobga olish unga inventar raqamini berish orqali amalga oshiriladi. Bunda, davriy bosma nashrlari ularga inventar raqami berilmasdan Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd ettiladi. Yakka tartibdagi raqam axborot-kutubxona resursi axborot-kutubxona muassasasida mavjud bo‘lish vaqtida unga biriktiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Axborot-kutubxona resurslarini yakka tartibda hisobga olish shakllari bo‘lib mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi inventar kitobi, shuningdek hisobga olish katalogi kartochkasi va ro‘yxatga olish varaqchalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Inventar kitoblari axborot-kutubxona resurslarining har bir turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Axborot-kutubxona resurslari to‘plami qabul qilingandan so‘ng u Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobida qayd etiladi va barcha nusxalarga inventar raqami berilib ular xatlovdan o‘tkaziladi hamda mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shaklda axborot kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Axborot-kutubxona resurslarini axborot-kutubxona fondidan chiqarilishini hisobga olish ularni fonddan chiqarish sabablari va asoslarini aniq ko‘rsatgan holda Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobiga yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Foydalanuvchilar tomonidan yo‘qotilgan axborot-kutubxona resurslari o‘rniga qabul qilingan nashrlar mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda Foydalanuvchilardan yo‘qolganlar o‘rniga qabul qilingan kitoblar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish daftarida qayd qilinadi. Unga kiritilgan yozuvlar asosida kelib tushgan va chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha dalolatnomalar tuziladi, bu dalolatnomalar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobining tegishli qismlariga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Axborot-kutubxona muassasasining faoliyat ko‘rsatadigan axborot-kutubxona fondlaridan chiqarilgan axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish kitobi ikkinchi qismining tegishli ustunlariga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Axborot-kutubxona fondini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Axborot-kutubxona fondini tekshirish uchun axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tekshirish komissiyasi tayinlanadi va ushbu komissiya tarkibiga buxgalteriya vakili kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy javobgar shaxs almashtirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona resurslarini o‘g‘irlash, suiiste’mol qilish yoki buzish holatlari aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ofat, yong‘in va boshqa holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasasi qayta tashkil qilinganda va tugatilganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Fondlarni tekshirish quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seyflarda saqlanadigan noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha — 3 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimiy va nodir axborot-kutubxona resurslari bo‘yicha — 5 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining 50 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 5 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining 5 mingdan 100 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 7 — 10 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining 100 mingdan 200 ming hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — 10 — 15 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining 200 mingdan 1 mln hisobga olish birliklarigacha bo‘lgan axborot-kutubxona fondlari — bosqichma-bosqich 15 — 20 yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 mln hisobga olish birliklaridan ko‘p bo‘lgan axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona fondlari — butun axborot-kutubxona fondining tekshiruvini tugallagan holda tanlab olish tartibida bosqichma-bosqich 20 — 25 yilda bir marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Ajratib olinadigan tashuvchilardagi elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshiruvi hisobga olish va saqlash birliklari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tashuvchisiz elektron axborot-kutubxona resurslarini tekshirish axborot-kutubxona resurslaridagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beruvchi miqdoriy ko‘rsatkichlar (fayllar miqdori) bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Inventar raqamlari berilgan axborot-kutubxona resurslarining barcha turlari tekshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshiruv jarayonida axborot-kutubxona resurslarining yo‘qligi aniqlansa, ularni qidirib topish choralari ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Axborot-kutubxona fondini yoki uning qismini tekshirish komissiyaning xulosalari va yo‘q bo‘lgan axborot-kutubxona resurslarining ro‘yxati yozilgan mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq shaklda Axborot-kutubxona fondini tekshirish to‘g‘risidagi dalolatnomani tuzish bilan yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Hisobga olish hujjatlari doimiy saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Ushbu Yo‘riqnomaning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Ushbu Yo‘riqnoma Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri B. XODIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. SALIXOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 20-fevral
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish KITOBI 1-qism. Fondga kelib tushish*
T/r
Kelib tushish manbai
Ilova hujjatining raqami va (yoki) sanasi
Jami nusxa
Summasi
Manba nomlari (majburiy nusxa, xarid qilingan, obuna yo‘li, xalqaro kitob almashinuvi, sovg‘a va boshqalar)
Bilim sohalariga oid nashr
Tillar bo‘yicha
Boshqa turdagi resurslar
kitob
jurnal
boshqa turdagi nashrlar
fan, din, siyosat
aniq fanlar
texnika
tibbiyot
boshqalar
o‘zbek
chet tillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ustunlar soni axborot-kutubxona muassasalarining turlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish KITOBI 2-qism. Fonddan chiqarish
T/r
Sana
Dalolatnoma raqami
Jami nusxa
Qiymati
Axborot-kutubxona resurslari turlari
Bilim sohalariga oid nashr
Tillar bo‘yicha
Fonddan chiqarish sabablari
kitob
jurnal
boshqa turdagi nashrlar
fan, din, siyosat
aniq fanlar
texnika
tibbiyot
boshqalar
o‘zbek
chet tillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resurslarini jamlanma hisobga olish KITOBI 3-qism. Fond harakatining yakunlari
T/r
Fond harakati
Jami nusxa
Qiymati
Axborot-kutubxona resurslari turlari
Bilim sohalariga oid nashr
Tillar bo‘yicha
Izoh
kitob
jurnal
boshqa turdagi nashrlar
fan, din, siyosat
aniq fanlar
texnika
tibbiyot
boshqalar
o‘zbek
chet tillari
20_ yilda mavjud
20__ yilda kelib tushdi
20__ yilda hisobdan chiqarildi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inventar kitobi 20___ yil bo‘yicha
T/r
Yozuv sanasi
Axborot-kutubxona fondini jamlanma hisobga olish kitobidagi yozuv raqami
Axborot-kutubxona resursining inventar raqami
Axborot-kutubxona resursining muallifi, sarlavhasi, jildi, qismi, soni
Axborot-kutubxona resursining nashr qilingan joyi va yili
Qiymati
Tekshiruv to‘g‘risidagi belgi
Hisobdan chiqarish dalolatnomasi raqami
Eslatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona resurslarini kutubxonaga qabul qilish to‘g‘risidagi _____-son dalolatnoma 20___ yil “___” ________________
20___ yil “___” ___________________________dan “____” _________________ gacha _________________________ axborot-kutubxona fondining tekshiruvi o‘tkazilganligi
(axborot-kutubxona muassasasi)
to‘g‘risida tuzdik.
Tekshiruvda quyidagi hujjatlar o‘rganildi: a) _____________________________dagi fondning avvalgi tekshiruvi dalolatnomasi;
(axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy bo‘linmasi)
b) axborot-kutubxona fondining jamlanma hisobga olish kitoblari; v) inventar kitoblari; g) oldingi va joriy tekshiruvlar oralig‘idagi axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish dalolatnomalari; d) axborot-kutubxona resurslarini foydalanuvchilarga berilishini tasdiqlovchi hujjatlar _____________________________________________________________;
(hujjatlarning turi va nomi)
e) boshqalar _____________________________________________________________; 1. Hisobga olish hujjatlari bo‘yicha hisobda: ______________________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.
(soni, turlari va nomlari ko‘rsatiladi)
2. Amalda _______________________________ axborot-kutubxona resurslari mavjud.
(soni, turlari va nomlari ko‘rsatiladi)
3. Umumiy summasi _____________________________________________ so‘m bo‘lgan
(summasi so‘zlar bilan yoziladi)
_____________________________________ axborot-kutubxona resurslari yetishmaydi.
(soni, turlari va nomlari ko‘rsatiladi)
Yetishmaydigan axborot-kutubxona resurslarining ro‘yxati ushbu dalolatnomaga ilova qilinadi. 4. 20___ yilgacha foydalanuvchilarga berilgan axborot-kutubxona resurslardan ____ nusxasi qaytarilmagan. 5. Inventar kitobida hisobga olinmagan _______ axborot-kutubxona resurslari nusxa aniqlandi. 6. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi bo‘yicha xulosasi__________________
7. Tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi bo‘yicha takliflari________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________
Imzolar:
Komissiya raisi:
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
Komissiya a’zolari
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
__________________
__________________
(F.I.O., lavozimi)
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: tekshiruv komissiyasining tekshiruv natijasi bo‘yicha kengaytirilgan xulosasi va takliflari dalolatnomaga ilova qilinishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 11-son, 127-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)