Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 16.04.2007 yildagi PQ-624-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari talabalarining “Universiada-2007” sport musobaqalarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi muhitini yanada mustahkamlash, ularning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlarni yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarning irodasi, oʻz kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchini, mardlik va vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, musobaqalar munosabati bilan oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlar samarasini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Milliy Olimpiya qoʻmitasining “Universiada-2007” sport musobaqalarining Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan yakuniy bosqichini 2007-yil iyun oyining uchinchi oʻn kunligida “Yoshlik” talabalar shaharchasi, Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti sport majmualarida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Universiada-2007” sport musobaqalarini Toshkent shahrida oʻtkazish dasturi (1-ilova*) va tashkiliy qoʻmita tarkibi (2-ilova*) tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda “Universiada-2007” sport musobaqalarini oʻtkazish uchun tegishli sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqib, uning moliyaviy manbalarini belgilashda mazkur musobaqalarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar davlat budjeti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan qoplanishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universiada-2007” sport musobaqalari xarajatlarining bir qismi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning “Universiada-2007” sport musobaqalarini oʻtkazishga homiylik qilish haqidagi takliflari maʼqullansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Universiada-2007” sport musobaqalari uchun qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan sport inshootlaridagi qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida pudratchi tashkilotlarning aniq ish hajmlari va ularni bajarish muddatlarini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tadbirlar, jumladan, musobaqalar oʻtkaziladigan sport inshootlarining xalqaro talablar darajasida tayyorlanishi va zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlanishi hamda tadbirlar oʻtadigan joylarni obodonlashtirish ishlarini joriy yilning 15-iyuniga qadar tugatishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda “Universiada-2007” sport musobaqalarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari yuksak saviyada oʻtishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahar hokimligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi talabalarni musobaqalar oʻtkaziladigan maskanlar va yashash joylariga olib boradigan yoʻnalishlarni belgilab, shu yoʻnalishlar boʻyicha taʼmirlash-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshshahartransxizmat” uyushmasi bilan birgalikda sportchi talabalarni belgilangan manzillarga yetkazish uchun texnik koʻrikdan oʻtgan transport vositalarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shahar koʻchalarini “Universiada-2007” sport musobaqalarini targʻib qilishga qaratilgan koʻrgazmali vositalar bilan bezatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent temir yoʻl vokzalida sportchi talabalarni tantanali kutib olish va kuzatishni tashkil etish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi musobaqalar ishtirokchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, musobaqalar davrida tez tibbiy xizmat koʻrsatish, dam olish va ovqatlanish joylarida sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya etilishini alohida nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmasiga muvofiq, musobaqalar ishtirokchilari yoʻl xarajatlari uchun imtiyozli toʻlov tariflarini qoʻllashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Respublika “Vatanparvar” tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent shahar, Toshkent viloyati hokimliklari, Sogʻliqni saqlash hamda Ichki ishlar vazirliklari bilan birgalikda “Quyosh fizikasi” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida universiada mashʼalasini yoqish va uni Toshkent shahriga yetkazish bilan bogʻliq barcha tashkiliy-xavfsizlik tadbirlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tegishli vakolatli tashkilotlar bilan birgaliqda, “Universiada-2007” musobaqalari davomida tadbirlar oʻtadigan joylarda jamoat va transport harakati xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Universiada-2007” musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-624-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 4-son, 210-modda)