Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish, xizmat safarlarining samaradorligini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizligi va davlat sirlari himoyasini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlayotgan yoki ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari ularning yozma ravishda bergan roziliklari bilan cheklanishi mumkinligi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, davlat siri yoki harbiy sirni tashkil etuvchi maʼlumotlardan xabardor mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqishi belgilangan tartibda maxsus kelishuvga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, ularning devonlari masʼul xodimlarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlariga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi kengashlari qarorlariga asosan chiqishi tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya qilinsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlarini tashkil etish qoidalarini tasdiqlasin, unda reja-topshiriq va xizmat safari natijalari boʻyicha hisobot tuzish tartibi, xizmat safariga yuborilayotgan mansabdor shaxslarning huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan, xizmat safarining maqsadi va vazifalarini samarali amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini himoya qilish, rasmiy va norasmiy marosimlarni oʻtkazish paytida boʻlib turgan mamlakat qonunchiligiga va umumeʼtirof etilgan yurish-turish qoidalari (etiket)ga rioya etish, shuningdek davlat sirlaridan xabardor shaxslarning chet elga chiqishi munosabati bilan maxfiylik rejimini taʼminlash nazarda tutilsin.
5. Davlat hokimiyati va xoʻjalik organlari rahbarlari zimmasiga xizmat safarlarining asoslantirilganligi, samarali tashkil etilishi va natijadorligi, xizmat safari xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va oqilona sarflanishi, ushbu Qaror talablarining bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oliy sud, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunga xilof ravishda chet elga chiqqanlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu Qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 2-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 4-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 5-mart,
PQ-2142-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, uning oʻrinbosarlari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, uning oʻrinbosarlari;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi Kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining Ishlar boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining boshqa mustaqil boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatining masʼul xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining rektori;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining direktori;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining direktori;
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining raisi;
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman);
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi;
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi, uning oʻrinbosarlari;
13. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudining raislari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar va davlat qoʻmitalarining rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi va uning oʻrinbosarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi;
Keyingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining raisi, uning oʻrinbosari va masʼul xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti;
20. Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi direktori;
21. Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabining boshligʻi;
Keyingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagoglar va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasining Ijrochi direktori;
Keyingi tahrirga qarang.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Ijrochi direktori;
24. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi;
25. Viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Izoh: mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan maxsus kelishish talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil departamentlarining (boshqarmalarining, boʻlimlarining) rahbarlari;
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining masʼul xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
3. Respublika davlat boshqaruvi organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari (vazirliklar va davlat qoʻmitalari bundan mustasno);
4. Xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan tashkilotlar va muassasalar rahbarlari;
6. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, uning oʻrinbosarlari;
8. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Ijroiya qoʻmitasining raisi;
9. Davlat oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari (rektorlari) (MXX, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya vazirliklarining, Davlat bojxona qoʻmitasining taʼlim muassasalari bundan mustasno), shuningdek ularning oʻrinbosarlari (prorektorlar);
Keyingi tahrirga qarang.
10. “Sharq” NMAK, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” OAJ bosh direktorlari;
11. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining raisi;
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari;
13. Ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat banklari boshqaruvi raislari;
14. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari;
15. Tumanlar va shaharlar hokimlari (Toshkent shahri bundan mustasno).
Izoh:
1. Mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishish talab etiladi.
2. Vazirlar Mahkamasi tomonidan chet elga xizmat safariga chiqishi Vazirlar Mahkamasi bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan qoʻshimcha lavozimlar ham belgilanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishuvni talab qiladigan mansabdor shaxslarning
ROʻYXATI
Tashkiliy-kadrlar xizmati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi prorektorlari;
Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori oʻrinbosari;
Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining masʼul xodimlari;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, shu jumladan ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari – xalqaro miqyosdagi rasmiy tadbirlarda, shuningdek Oʻzbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari delegatsiyasi tarkibida qatnashish uchun;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, umumiy yurisdiksiya va xoʻjalik sudlari sudyalari;
4. Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi davlat oliy taʼlim muassasalarining rahbarlari (rektorlari), shuningdek ularning oʻrinbosarlari (prorektorlari);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati
1. Tashqi siyosiy tadqiqotlar boʻyicha Muvofiqlashtirish-tahlil markazining direktori va direktor oʻrinbosari;
2. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori oʻrinbosari;
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori oʻrinbosarlari;
4. Tashqi ishlar, Ichki ishlar, MXX, MXX DCHHQQ, Adliya, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat bojxona qoʻmitasining, shu jumladan ularning hududiy va tarkibiy boʻlinmalarining masʼul xodimlari — xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning (BMT, SHHT, MDH va boshqalar) rasmiy tadbirlarida qatnashish uchun;
5. MXX, Mudofaa vazirligining oliy taʼlim muassasalari rahbarlari (rektorlari), shuningdek ularning oʻrinbosarlari (prorektorlar).
Izoh;
1. Mazkur Roʻyxatda koʻrsatilgan mansabdor shaxslar oʻrindoshlik asosida boshqa lavozimlarni egallagan taqdirda, oʻrindoshlik asosida egallagan lavozimi yoʻnalishi boʻyicha chet elga xizmat safariga chiqishi ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni tegishli xizmatlari bilan maxsus kelishish talab etiladi.
2. Mansabdor shaxslarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning rasmiy tadbirlarida qatnashishini kelishish Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 103-modda; 2017-y., 25-son, 521-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 0618/5306/0593-son, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 08.06.2018-y., 06/18/5457/1324-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son, 31.10.2018-y., 06/20/5567/0802-son; 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 29.11.2022-y., 06/22/257/1049-son; 12.07.2024-y., 06/24/100/0502-son; 27.11.2025-y., 06/25/232/1102-son)