Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 24.02.2014 yildagi 39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjat 06.07.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturining soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 19-apreldagi PQ-1958-son qarorini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining 2014-yil 17-yanvardagi 1-son protokolini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish boʻyicha Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi deb ataladi) doirasidagi chora-tadbirlarning 2013-yilda amalga oshirilishi 264,0 ming gektar sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va 163,7 ming gektarning suv taʼminotini oshirish imkonini berganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari hokimlariga tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etishning, gʻoʻzalarni polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar va koʻchma egiluvchan quvurlar orqali sugʻorishning prognoz koʻrsatkichlari taʼminlanmaganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha tadbirlar 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturiga kiritilgan meliorativ obyektlarni dizel yoqilgʻisi bilan taʼminlashning 2014-yil uchun jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2017-yillar davrida tuproqlarning shoʻrlanganligini aniq oʻrganish va planga olishning prognoz parametrlari 3-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2017-yillar davrida tabiiy suv oqimlaridagi gidrologik postlarni modernizatsiyalashning prognoz parametrlari 4-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2017-yillar davrida suv isteʼmolchilari uyushmalari va fermer xoʻjaliklarining suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashning prognoz parametrlari 5-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014 — 2017-yillar davrida qishloq xoʻjaligi ekinlarini koʻchma egiluvchan sugʻorish quvurlari va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sugʻorishning suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etishning prognoz parametrlari 6 va 6a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Teshayev, Hamrayev), Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev) rahbarlari ustuvor irrigatsiya-melioratsiya obyektlarining manzilli roʻyxatlari sifatli shakllantirilishi, shuningdek Davlat dasturiga kiritilgan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan shaxsan javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari 2014-yildan boshlab hududiy va tuman fermerlar kengashlari rahbarlarining hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish boʻyicha ishchi guruhlar, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tugallangan loyihalarni qabul qiluvchi komissiyalar tarkibida majburiy qatnashishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi (Fayzullayev), “Oʻzneftmahsulot kompaniyasi (Sultonov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va neft mahsulotlari hududiy unitar korxonalari rahbarlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti buyurtmanomalariga qatʼiy muvofiq holda, Davlat dasturiga kiritilgan obyektlarni dizel yoqilgʻisi bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (Sulaymonov), Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda zamonaviy melioratsiya texnikasini mukammal taʼmirlash boʻyicha mintaqaviy markazlarni, shuningdek “Oʻzmeliomashlizingservis” shuʼba korxonasi filiallarini 7-ilovaga* muvofiq topshiriqqa muvofiq ikki oy muddatda tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Sh.Xoshimov Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 8-ilovaga* muvofiq normativ hujjatlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash boʻyicha suv xoʻjaligi loyihalash hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari ishlarining muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev) Davlat raqobat qoʻmitasi (Abduhakimov), tegishli loyihalash va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda sugʻorish novlari ishlab chiqarishning ilgʻor texnologiyalarini ikki oy muddatda oʻrganib chiqsin va ularni Oʻzbekiston Respublikasida joriy etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilab qoʻyilsinki, tuproqlarning shoʻrlanganligini aniq oʻrganish va planga olish, shuningdek tabiiy suv obyektlaridagi gidrologik postlarini modernizatsiyalash ishlarini moliyalashtirish har yili tegishli vazirliklar va idoralarga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi bilan birgalikda suv xoʻjaligi va suv isteʼmolchilari uyushmalari, shuningdek Davlat dasturini amalga oshirishda qatnashuvchi tashkilotlar mutaxassislari uchun 9-ilovaga* muvofiq kasb-hunar kollejlarida yiliga bir marta malaka oshirish kurslarini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (Hamidov) Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Salimov), Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (Yusupov), “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (Sulaymonov), suv xoʻjaligi boʻyicha loyihalash va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslari uchun ikki oy muddatda dastur, jadvallar va oʻquv-namoyish etish materiallarini ishlab chiqsin hamda ularni suv xoʻjaligidagi va suv xoʻjaligi qurilishidagi eng yangi yutuqlar bilan muntazam ravishda yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv xoʻjaligi uchun kadrlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilarini har yili qayta tayyorlashni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish departamenti (Yusupov), “Oʻzmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi (Sulaymonov) har yili, ijro etuvchi apparatlarni saqlash uchun xarajatlar smetalarini tuzishda malaka oshirish kurslarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan oʻquv-namoyish etish materiallarini tayyorlash boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Xoshimov) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Xodiyev), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili suv xoʻjaligi loyihalash tashkilotlarining rahbarlari va mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda malaka oshirish kurslari uchun dasturni, ularni oʻtkazish jadvallarini va zarur materiallarni ishlab chiqsin, keyinchalik ularni suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalash va qurishning zamonaviy texnologiyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan toʻldirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Xodiyev) Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat universitetlarida va sohaga oid oliy oʻquv muassasalarida 10-ilovaga* muvofiq, qishloq va suv xoʻjaligi sohasidagi olimlar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, Davlat dasturi amalga oshirilishini maqsadli oʻrganish hamda irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari samaradorligini oshirishda, suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlari boʻylab joylashgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanishda metodik yordam koʻrsatish boʻyicha Ilmiy-amaliy Kengashlar tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2—10-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-amaliy Kengashlar tarkiblari, nizomlari va ish rejalarining tasdiqlanishini taʼminlasin hamda ularning samarali faoliyat koʻrsatishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-fevraldagi 39-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturida nazarda tutilgan kompleks chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar

Tadbirlarni amalga oshirish mexanizmi va shakli

Bajarish muddati

Masʼul bajaruvchilar

I. Sugʻoriladigan yerlarning holatini meliorativ jihatdan yaxshilash, irrigatsiya va suv resurslaridan oqilona foydalanishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Deklaratsiya qilingan narxlar boʻyicha polimer granulalarni ajratish hamda tomchilatib sugʻorish tizimi, qishloq xoʻjaligi ekinlarini egatlarni polietilen plyonka bilan qoplash va koʻchma egiluvchan quvurlar orqali, shuningdek sugʻorishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalari orqali sugʻorish uchun butlovchi buyumlarni ixtisoslash-tirilgan tashkilotlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqarish uchun ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

Deklaratsiyalangan narxlar boʻyicha polimer granulalar ajratishning va ularni hisobga olishni yuritishning mavjud tartibini tahlil qilish.

Nizom loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish hamda Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi tomonidan tasdiqlash.

2014-yil

10-martgacha

2014-yil

1-aprelgacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Mirzamahmudov), Moliya vazirligi (Abdullayev), “Oʻzbekneftgaz” MXK (Fayzullayev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov)

2.

Suv xoʻjaligi ishlarini tadqiq qilish, loyihalash, amalga oshirish va qabul qilib olishni tashkil etish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Qurilish normalari va qoidalari (KMK) loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2014-yilda — 4 ta;

2015-yilda — 6 ta.

Idoraviy qurilish normalari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2014-yilda — 9 ta;

2015-yilda — 11 ta.

Nizomlar loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash:

2014-yilda — 2 ta.

2014-2015-yillar

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Xoshimov),

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Moliya vazirligi (Abdullayev), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), “Davsuvxoʻjaliknazorat” (Ern�zarov), “Oʻzsuvloyiha” OAJ (Primov), “OʻzGIP” MChJ (Abdullayev), “Gidroloyiha” OAJ, (Jigarev), “Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov)

3.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini, shuningdek sugʻoriladigan yerlarda amalga oshiriladigan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlari samaradorligini baholash boʻyicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

Quyidagilarni:

sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini;

meliorativ tadbirlarning samaradorligini baholash boʻyicha nizomlar loyihalarini ishlab chiqish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan nizomlar loyihalarini tasdiqlash.

2014-yil dekabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Arabov), Iqtisodiyot vazirligi (Abdullayev), Irrigatsiya va suv muammolari III (Raximov), boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari

4.

2025-yilgacha boʻlgan davrda mintaqalarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini kompleks yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi (sxemasi)ni ishlab chiqish.

Asoslovchi materiallar bilan mustahkamlagan ha�da manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda konsepsiya (sxema) loyihasi asosiy qoidalarini ishlab chiqishni tugallash.

2025-yilgacha boʻlgan davrda mintaqalarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini kompleks yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish konsepsiyasi (sxemasi)ni ishlab chiqish va Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashida koʻrib chiqish.

2014-yil



2015-yil oktyabr

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Davlat geologiya qoʻmitasi (Turamuratov), “Oʻzkommunxizmat” agentligi (Xolmuhammedov),

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Toxtayev),

“Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov), “Oʻzsuvloyiha” OAJ (Primov), “OʻzGIP” MChJ (Abdullayev), Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov)

II. Melioratsiya va irrigatsiya obyektlarini, sugʻorish tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash sifatini oshirish, shuningdek suv resurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirish

5.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturida nazarda tutilgan loyihalardan har birining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash.

Har bir loyihani amalga oshirishning tarmoq jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosi monitoringini olib borish va:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari;

Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari kompleksi majlislarida koʻrib chiqish.

pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzilgandan keyin uch kun muddatda



har oyda



har chorakda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari,

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev)

Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (Uzoqov, Ishanov)

6.

Melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarni bajarish sifatini oshirish.

Bajariladigan meliorativ ishlarning loyihadagi talablariga va sifatiga rioya etilishi yuzasidan qatʼiy, tizimli mualliflik va davlat arxitektura-qurilish nazoratini taʼminlash.

tasdiqlangan jadvalga muvofiq

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Shodiyev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi, loyihalash tashkilotlari

7.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalarini amalga oshirishda qatnashuvchi pudrat tashkilotlariga dizel yonilgʻisining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash.

Olinayotgan mahsulot uchun oldindan toʻlovni amalga oshirgan holda pudrat tashkilotlarining neft omborlarida dizel yonilgʻisining bir oylik zaxirasini yaratish.

har oyda jadval boʻyicha

“Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi (Sultanov),

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev) va viloyatlar hokimliklari

8.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash loyihalari boʻyicha tugallangan obyektlarni (bosqichlarni) qabul qilib olish tartibini qatʼiylashtirish, kollektor-drenaj tarmogʻidan ishonchli foydalanilishini taʼminlash.

Hududiy va tuman ferm�rlar kengashlarining, shuningdek manfaatdor fermer xoʻjaliklari rahbarlarining tugallangan obyektlarini (bosqichlarni) qabul qilib olish davlat komissiyalaridagi ishtirokini taʼminlash.

tugallangan obyektlarni (bosqichlarni) qabul qilib olishda

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari,

hududiy va tumanlar fermerlar kengashi

9.

Ochiq kollektor-drenaj tarmogʻi boʻylab joylashgan yer uchastkalaridan oqilona foydalanish.

Meliorativ obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash loyihalarida nazarda tutiladigan tadbirlar tarkibiga kollektor-drenaj tarmogʻi kavallerlarini (atroflarini) tekislashni kiritish.

Ochiq kollektor-drenaj tarmogʻi boʻylab joylashgan kavallerlarni tekislashni va yer uchastkalarini obodonlashtirishni hisobga olgan holda loyihalashtirish topshiriqlarini rasmiylashtirish.

2015-yildan boshlab



loyihalash yuzasidan shartnomalar tuzish bosqichida

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi

10.

Ochiq kollektor-drenaj tarmogʻi boʻylab joylashgan yer uchastkalarini obodonlashtirish.

Ochiq kollektor-drenaj tarmogʻi boʻylab joylashgan yer uchastkalarida tut, terak va boshqa yogʻochbop daraxtlarni, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirishni tashkil etish.

har yili

1-maygacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy va tuman fermerlar kengashlari, fermer xoʻjaliklari

11.

Suv isteʼmolchilari va fermer xoʻjaliklari uyushmalarining suv ayirish joylarini sugʻorish suvini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlashni taʼminlash.

Melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarida sugʻorish suvini boshqarish va hisobga olish vositalarini tayyorlashni tashkil etish.

Suv isteʼmolchilari va fermer xoʻjaliklari uyushmalari tomonidan melioratsiya va boshqa suv xoʻjaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari bilan ularni suv ayirish joylarini sugʻorish suvini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash boʻyicha shart�omalar tuzilishini taʼminlash.

Suv ayirish joylarini jihozlash jadvallarini tasdiqlash va ularning bajarilishi yuzasidan har oʻn kunlik monitoring olib borish.

2014-yil

1-aprelgacha

2014-yil

20-martgacha

2014-yil

1-aprelgacha,

har oʻn kunda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy va tuman fermerlar kengashlari, fermer xoʻjaliklari

12.

Sugʻorishning aniqlashtirilgan rejimlari dala tadqiqotlarini oʻtkazishni, shuningdek hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda sugʻoriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirishni tashkil etish.

Jizzax viloyati sugʻoriladigan yerlarini sugʻorishning aniqlashtirilgan rejimlarini, shuningdek gidromodul rayonlashtirishning dala tadqiqotlarini oʻtkazish va ishlab chiqish dasturini tasdiqlash, keyinchalik Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashida koʻrib chiqish.

2014-yil

1-aprelgacha

2014-2015-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Teshayev),

Moliya vazirligi (Yusupov), Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (N�rmatov), Irrigatsiya va suv muammolari III (Rahimov), boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari

13.

Sugʻorish novlarini hamda suv xoʻjaligi qurilishining boshqa temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish.

Sugʻorish novlari hamda suv xoʻjaligi qurilishi uchun boshqa temir-beton buyumlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishning zamonaviy tajribasini oʻrganish.

Sugʻorish novlarini hamda suv xoʻjaligi qurilishining boshqa temir-beton buyumlarini va konstruksiyalarini ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil 1-maygacha


2014-yil

1-iyungacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Davlat raqobat qoʻmitasi (Abduhakimov),

tegishli loyiha va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari

14.

Janubiy Mirzachoʻl kanali (JMK) sugʻorish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash.

Janubiy Mirzachoʻl kanali boshqaruv tizimini kompleks oʻrganish.

JMKni boshqarish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash boʻyicha loyihaning DTIIni ishlab chiqish va �asdiqlash, shuningdek moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

JMK boshqarish tizimini takomillashtirish va texnologik jihatdan yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirish.

2014-yil

1-aprelgacha
2014-yil

1-dekabrgacha

2015 — 2017-yillar

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Moliya vazirligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev), Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Toʻlaganov), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Shodiyev),

“OʻzGIP” MChJ (Abdullayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Mirzoxidov)

III. Tomchilatib sugʻorish tizimini va sugʻorishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish

15.

Qabul qilingan hududiy dasturlar doirasida tomchilatib sugʻorish tizimini va sugʻorishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalar roʻyxatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalarni tanlab olish hamda tomchilatib sugʻorish tizimini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini koʻchma egiluvchan quvurlar va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sugʻorishni joriy etishning tumanlar va hududlar loyihalari roʻyxatlarini ishlab chiqish hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga kiritish.

2014-yilda amalga oshiriladigan tomchilatib sugʻorish tizimini, qishloq xoʻjaligi ekinla�ini koʻchma egiluvchan quvurlar va polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sugʻorishni joriy etish boʻyicha hududiy manzilli dasturlarni koʻrib chiqish va umumlashtirish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.

2014-yil

10-martgacha





2014-yil

1-aprelgacha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari hududiy va tumanlar fermerlar kengashlari va fermer xoʻjaliklari

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Moliya vazirligi (Abdullayev), Iqtisodiyot vazirligi (Shermatov),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi

16.

Fermer va dehqon xoʻjaliklari tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish uchun koʻchma egiluvchan sugʻorish quvurlari va polietilen plyonka komplektlarini sotish punktlari tarmogʻini tashkil etish.

“Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining tuman filiallarida koʻchma egiluvchan sugʻorish quvurlari va polietilen plyonka komplektlarini sotish tarmoqlarini tashkil etish.

2014-yil

1-apreldan boshlab

“Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi (Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar hokimliklari

17.

Xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli imtiyozli kredit resurslarini tomchilatib sugʻorish tizimini va sugʻorishning boshqa suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishga jalb etish.

Xalqaro moliya institutlari bilan uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2014-yil

1-oktabrgacha

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (Toʻlaganov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev), Moliya vazirligi (Yusupov), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Markaziy bank (Mustafayev)

18.

Gʻoʻzani va boshqa chopiq ekinlarini polietilen plyonka bilan qoplangan egatlar orqali sugʻorish uchun plyonka qoplagichning tajriba partiyasini yaratish va ishlab chiqarish.

Plyonka qoplagichni yaratish hamda gʻoʻza va boshqa chopiq ekinlari qatorlari orasini polietilen plyonka bilan qoplashni m�xanizatsiya vositasida sinab koʻrish.

Plyonka qoplagichlarning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil etish.

Sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil etish kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil

aprelgacha

2014-yil

1-iyungacha

2014-yil

1-avgustgacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Teshayev),

“VMKV-Agromash” OAJ (Ibragimov),

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (Nurmatov), Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (Ravshanov)

19.

Tomchilatib sugʻorish tizimini va sugʻorishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini loyihalash va pudrat tashkilotlari, shuningdek ulardan foydalanish boʻyicha fermer xoʻjaliklari mutaxassislarining malakasini oshirish.

Tomchilatib sugʻorish tizimini va sugʻorishning suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarini loyihalash va pudrat tashkilotlari, shuningdek ulardan foydalanish boʻyicha fermer xoʻjaliklari mutaxassislari uchun:

loyihalash tashkilotlariga;

qurilish tashkilotlariga;

fermer xoʻjaliklariga moʻljallangan amaliy seminarlar tashkil etish.




2014-yil mart

2014-yil may

jadval boʻyicha

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Xoshimov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev) va viloyatlar hokimliklari,

“SANIPLAST” QK (Aliyev),

“Shoʻrtangaz GKK” UK (Mansurov), “Oʻzsuvloyiha” OAJ (Primov),

“Suvloyiha” birlashmasi (Qobilov)

IV. Suv resurslari, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati va tuproqlar unumdorligi, meliorativ texnikaga servis xizmati koʻrsatish monitoringi tizimlarini takomillashtirish

20.

Tabiiy suv oqimlaridagi gidrologik postlarni modernizatsiyalash hamda suv resurslari monitoringi va prognozi sifatini oshirish.

Ularni bajarishning aniq muddatlarini, moliyalashtirish hajmlari va manbalarini koʻrsatgan holda tabiiy suv oqimlaridagi 66 ta gidrologik postlarni modernizatsiyalash tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Gidrologik postlarni modernizatsiyalash:

shu jumladan: 2014-yilda —10 ta; 2015-yilda — 14 ta; 2016-yilda — 20 ta; 2017-yilda — 22 ta.

2014-yil

1-aprelgacha



2014 — 2017-yillar.

“Oʻzgidromet” (Chub),

Moliya vazirligi (Yusupov), Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev)

21.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati monitoringi boʻyicha laboratoriyalarni va meliorativ ekspeditsiyalarning dala xizmatlarini;

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining sugʻoriladigan yerlar tuprogʻining unumdorligini nazorat qilish boʻyicha laboratoriyalari va tuproqqa oid xizmatlari uchun zamonaviy laboratoriya anjomlarini sotib olish va ular bilan jihozlash yoʻli bilan tuproqlarning meliorativ holati va unumdorligi monitoringi, shuningdek baholash sifati nazorati tezkorligini oshirish.

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining meliorativ ekspeditsiyalari, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuproqqa oid xizmatlari uchun zamonaviy laboratoriya va dala anjomlarini sotib olish va ular bilan jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014-yil

1-iyulgacha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Moliya vazirligi (Yusupov)

22.

2014 — 2017-yillarda tuproqlarning shoʻrlanganligini planga olish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2014 — 2017-yillarda tuproqlarning shoʻrlanganligini planga olish boʻyicha Kompleks dastur loyihasini kelishish va tasdiqlash.

2435,2 ming gektar sugʻoriladigan yerlarda tuproqlarning shoʻrlanganligini planga olish boʻyicha dala tadqiqotlarini tashkil etish.

Viloyatlar, tumanlar va suv isteʼmolchilari uyushmalari tuproqlarining shoʻrlanish materiallarini tahl�l qilish va xaritalarini ishlab chiqish:

shu jumladan: 2014-yilda — 266,6 ming gektarda, 2015-yilda — 663,3 ming gektarda, 2016-yilda — 706,4 ming gektarda, 2017-yilda — 798,9 ming gektarda.

2014-yil

10-martgacha


2014 — 2017-yillar

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Teshayev), Moliya vazirligi (Yusupov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xoʻjayev), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov)

23.

Hududlarning suv xoʻjaligi obyektlari joylashgan sxemalari boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish.

Suv xoʻjaligi obyektlari va boshqa ijtimoiy infratuzilmaning asosiy obyektlari joylashish sxemalari boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish tadbirlarini ishlab chiqish hamda Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi tomonidan tasdiqlash.

2014-yil

1-maygacha

“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi (Arabov),

“Oʻzdaverloyiha” instituti (Joʻrayev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Davlat aloqa qoʻmitasi (Mirzoxidov)

24.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar va tashkilotlar negizida meliorativ mashinalar va mexanizmlarni mukammal taʼmirlash boʻyicha mintaqaviy markazlar tashkil etish.

Meliorativ mashinalar va mexanizmlarni mukammal taʼmirlash boʻyicha mintaqaviy markazlarni tashkil etish va jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi Kengashi qarori, “Oʻzmeliomashlizing” DLK, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi buyruqlari.

2014-yil 1-maygacha


2014-2015-yillar

“Oʻzmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), Buxoro (Esonov), Qashqadaryo (Roʻziyev), Samarqand (Mirzayev), Toshkent (Usmonov) va Fargʻona (Gʻaniyev) viloyatlari hokimliklari

25.

Zamonaviy meliorativ texnika operatorlarining, shuningdek “Meliomashlizingservis” ShK, uning mintaqaviy markazlari va filiallari mutaxassislarining malakasini oshirish.

Kasb-hunar kollejlarida zamonaviy meliorativ texnika operatorlarining, shuningdek “Meliomashlizingservis” ShK, uning mintaqaviy markazlari va filiallari mutaxassislarining malakasini oshirish oʻquv kurslarini tashkil etish.

yil mobaynida jadval boʻyicha

“Oʻzmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (Xamidov), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi (Salimov)

26.

Zamonaviy meliorativ texnika operatorlarini, suv xoʻjaligi, suv isteʼmolchilari va fermerlar uyushmalari mutaxassislarini ragʻbatlantirish.

Quyidagilarni:

zamonaviy meliorativ texnikadan samarali foydalanish boʻyicha eng yaxshi operatorlarni;

suv isteʼmolchilari uyushmalarining suv ayirish joylarini boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, shuningdek sugʻorish suvlaridan oqilona foydalanish boʻyicha eng yaxshi ijrochi direktorlarini;

eng yaxshi suvchilarni;

sugʻorishning suvni tejaydigan texnologiyalarini joriy etish boʻyicha eng yaxshi fermerlarni;

meliorativ obyektlarni obodonlashtirish va ulardan ishonchli foydalanish boʻyicha eng yaxshi fermerlarni aniqlash yuzasidan hududiy va respublika tanlovlarini tashkil etish.

har chorakda

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

“Oʻzmeliomashlizing” DLK (Sulaymonov),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari

27.

2013 — 2017-yillar davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish Davlat dasturini amalga oshirish natijalarini targʻib qilish.

Meliorativ ishlarni bajarish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari boʻylab joylashgan yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.










Davlat dasturining amalga oshirilishi boʻyicha erishilgan yutuqlar toʻgʻrisida qisqa metrajli filmlar va roliklar yaratish hamda ularni televideniye orqali namoyish etish.

yil mobaynida jadval boʻyicha












2014-2015-yillarda jadval boʻyicha

Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Hamrayev),

Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (Shodiyev), qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qurilayotgan korxonalarining birlashgan direksiyasi, Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), loyihalash tashkilotlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (Xodjayev), Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Teshayev, Hamrayev), Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi (Yusupov), Oʻzbekiston Fermerlari kengashi (Turdiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Yangiboyev), viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tadbirlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasidan, respublika budjetidan va mahalliy budjetlardan belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, korxonalar, tijorat banklari va boshqa bajaruvchi tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 9-son, 91-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 34-son, 899-modda)