25.02.2014 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlanmagan aholi punktlarini, shu jumladan borish qiyin boʻlgan va aholisi kam boʻlgan qishloq aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda ichimlik suvini tashish uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan maxsus texnikani (keyingi oʻrinlarda maxsus texnika deb ataladi) suv taʼminoti tashkilotlariga respublika hududlari boʻyicha va miqdorda yetkazib berish jadvali 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnika sotib olishni moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Asaka” DATB maxsus texnikani suv taʼminoti tashkilotlariga lizing asosida, 7 yil muddatga, yillik 7 foiz stavkada taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnika sotib olish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari suv taʼminoti tashkilotlarining xizmat koʻrsatuvchi banklarda ochiladigan maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi va ulardan qatʼiy maqsadli foydalanilishi, keyinchalik ularning ustav fondini (ustav fondidagi davlat ulushini) koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnika suv taʼminoti tashkilotlari tomonidan “Avtosanoat Agrotexservis MTP” MCHJning hududiy boʻlinmalariga qoʻshimcha toʻlovlarsiz sublizingga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sublizing toʻlovlari suv taʼminoti tashkilotlarining maxsus hisob raqamlariga tushadi va faqat “Asaka” DATB lizingini qoplashga maqsadli tartibda yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing toʻlovlari toʻliq toʻlangandan keyin lizing obyekti boʻyicha mulk huquqi suv taʼminoti tashkilotlariga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “SamAvto” masʼuliyati cheklangan jamiyati, “TTZ” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi maxsus texnika qatʼiy ravishda 1-ilovada* nazarda tutilgan muddatlarda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 3-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha 200 ta ichimlik suvini tashish uchun moʻljallangan maxsus texnikani tuman obodonlashtirish boshqarmalari balansidan, keyinchalik ularning ustav fondini (ustav fondidagi davlat ulushini) koʻpaytirgan holda, suv taʼminoti tashkilotlari balansiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “SamAvto” MCHJ tomonidan suv taʼminoti tashkilotlariga yetkazib beriladigan maxsus texnika Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganda, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlardan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha aholiga sifatli ichimlik suvini yetkazib berishni tashkil etish doirasida maxsus texnika uchun dizel yoqilgʻisining zarur limitini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, suv taʼminoti tashkilotlari va “Avtosanoat Agrotexservis MTP” MCHJ hududiy boʻlinmalari rahbarlari zimmasiga quyidagilarni taʼminlash boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus texnikadan maqsadli va samarali foydalanish, shu jumladan uni “GPS” masofadan turib nazorat qilish tizimi bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarining joylashuvidan kelib chiqib, ichimlik suvini maqbul yoʻnalishlar boʻyicha maxsus texnika bilan yetkazib berish jadvallarini oʻz vaqtida ishlab chiqish va tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan suv taʼminoti bilan taʼminlanmagan aholi punktlarida aholiga ichimlik suvini maxsus texnika bilan yetkazib berish boʻyicha xizmatlarning toʻliq qamrab olinishi, sotilgan ichimlik suvi uchun daromadlarning toʻliq tushishi va lizing toʻlovlarining oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan doimiy asosda monitoring olib borish va qatʼiy nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari U.U. Rozuqulov va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-son