Jizzax viloyati Zomin tumani hokimning
Qarori
Tuman hududida “Mehnat-rohat” markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi toʻgʻrisidagi PQ-1920-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil 8-son, 99-modda) ijrosini taʼminlash, xotin-qizlar va yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻibotini kuchaytirish, madaniy dam olishlarini tashkil etish va mavsumiy ish bilan taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi 1920-sonli qarori hamda viloyat hokimining 2013-yil 19-fevraldagi 39-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” viloyat Dasturining ijrosini hamda paxta yigʻim-terimi mavsumiga tayyorgarlik koʻrish va joylarda terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi “Gʻolib” suv isteʼmolchilar uyushmasi hududidagi foydalanilmayotgan 2 qavatli bolalar bogʻchasi binosida “Mehnat-rohat” markazi (keyingi matnlarda — Markaz deb yuritiladi) tashkil etilsin.
*Ilovalar berilmaydi.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari M. Eshanovaga:
tuman xotin-qizlar qoʻmitasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi tomonidan tumandagi 18—35 yoshgacha boʻlgan sogʻlom va ishchan, xalq taʼlimi, tibbiyot birlashmasi, kasb-hunar kollejlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati yetakchilari, mahalla xotin-qizlaridan iborat 250—300 kishidan iborat “Koʻmak” guruhi tuzilsin.
4. Markazni obodonlashtirish, hasharchi ayollar uchun yaratiladigan barcha shart-sharoitlar tumandagi homiylik istagini bildirgan tadbirkorlar mablagʻi hisobidan amalga oshirilsin.
5. Tuman ichki ishlar boʻlimi (E. Xusanov) markazda yashovchi xotin-qizlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqish, tuman tibbiyot birlashmasi (Sh. Qurbonov) malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etish, tuman elektr tarmoqlari korxonasi (M. Sarimsoqov) markazni uzluksiz elektr tarmogʻi bilan taʼminlash choralari koʻrilsin.
6. Tuman “Sharq tongi” gazetasi muharriri (X. Oʻrinboyev)ga ushbu qarorni chop etish va “Mehnat-rohat” markazi faoliyatini gazeta sahifalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari Sh. Jurayev va M. Eshanovalar zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Oʻ. AZIMOV
Zomin sh,
2013-yil 14-avgust,
1316-son