Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 09.11.2005 yildagi PQ-220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz hamda koʻhna qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida oʻrin tutib kelgan, yurtimiz zaminidagi qadimiy sivilizatsiya beshiklaridan biri boʻlgan Margʻilon shahrining 2000-yillik sanasini munosib nishonlash, xalqimizning oʻlmas merosini asrab-avaylash, keng targʻib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini yanada kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. YUNESKO Bosh konferensiyasining 33-sessiyasi tomonidan Margʻilon shahriga asos solinganining 2000-yilligini nishonlashda ushbu tashkilotning ishtirok etishi haqida qaror qabul qilingani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha respublika tashkiliy qoʻmitasining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Margʻilon shahrining 2000-yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish yuzasidan tadbirlar dasturi 2-ilovaga*, shaharning ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* hamda Margʻilon shahridagi mahalliy korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1—4-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita Margʻilon shahrining bugungi qiyofasini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan qurilish, rekonstruksiya va obodonchilik ishlarining zamonaviy talablar asosida amalga oshirilishiga alohida ahamiyat bersin hamda yilning har choragida oʻz majlislarida mazkur qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar ijrosini koʻrib chiqib, uning natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari Margʻilon shahrining ijtimoiy-madaniy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha 3-ilovada belgilangan qurilish va obodonchilik ishlarini oʻz vaqtida va toʻliq mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzdavarxitektqurilish” qoʻmitasi Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda Margʻilon shahrida qurilayotgan hamda rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilib tasdiqlangandan keyingina mablagʻ bilan taʼminlanishi uchun masʼul ekani belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbek ipagi” uyushmasi, “Oʻzbekyengilsanoat” va “Oʻzdonmahsulot” davlat aksiyadorlik kompaniyalari, “Paxta bank” hamda Fargʻona viloyati hokimligi 4-ilovaga muvofiq Margʻilon shahrining mahalliy korxonalar ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha belgilangan vazifalarni tasdiqlangan smeta asosida toʻliq va oʻz muddatlarida bajarilishini taʼminlash uchun masʼul ekani belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tegishli mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanishga tushirishda, ularning faoliyatini takomillashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin hamda zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida moliyaviy mablagʻlarni, jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, “Madaniyat va maʼrifat” markazi, Fargʻona viloyati hokimligi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida, taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda, 2007-yil mart oyida “Margʻilon shahrining jahon sivilizatsiyasi tarixidagi oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya va tantanali bayram tadbirlarini oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. ”Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi, Fargʻona viloyati hokimligi bilan birgalikda, bir oy muddatda, Fargʻona vodiysining boy tarixiy-meʼmoriy obidalari va ziyoratgohlari, tabiiy jihatdan eʼtiborga molik soʻlim maskanlarini keng targʻib etish boʻyicha hududiy dastur ishlab chiqsin hamda uni xalqaro turistik yarmarkalarda reklama qilish chora-tadbirlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Margʻilon shahrining 2000-yilligiga bagʻishlangan yubiley tantanalariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-220-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 11-son, 404-modda)